Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
102K photos
7.91K videos
115 files
20.7K links
Download Telegram
#yernazorati #ishonchraqam #infografika

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Angren #yernazorati

⚡️Joylarda yer nazorati xatlov ishlari davom etmoqda

Toshkent viloyatida 2023 yilda yer qonunchiligiga rioya etilish ahvolini o‘rganish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash hamda noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan tasdiqlangan Yo‘l xaritasiga muvofiq, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari prokuratura organlari bilan hamkorlikda Angren shahrida xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishchi guruh vazifalari joylarda yer turidan qatʼiy nazar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, ularda amalga oshirilgan noqonuniy qurilmalarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish etib belgilangan.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Angren #yernazorati

⚡️Noqonuniy qurilmalar ixtiyoriy bartaraf etilmoqda

Avval habar qilganimizdek, joylarda ishchi guruh yer nazorati tadbirlari xatlov ishlari bo‘yicha Angren shahrida o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Ishchi guruh tomonidan yer qonunbuzilish holatlarini aniqlash bilan bir qatorda noqonuniy qurilmalarni bataraf etish choralari ham ko‘rilmoqda.

✔️Tadbir davomida fuqarolar bilan suhbat olib borilib, yer qonunbuzilish holatlari oqibatlari haqida tushunchalar berilishi natijasida qurilmalarning fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
#Angren #yernazorati #OAV_biz_haqimizda #UzA

⚡️Angrenda olib borilayotgan nazorat tadbirlari

Maʼlumki joylarda yer nazorati monitoringi tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan Angren shahri hududlarida ham Kadastr agentligi Angren shahar bo‘limi tomonidan yer nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

🔎Monitoring davomida mahalliy aholi tomonidan hovli yer maydonlariga qo‘shimcha ravishda yer maydonlari devorlar, sim setkalar yordamida o‘rab olinganligi, noturar joy qurib olish holatlari aniqlangan.

🔹Ushbu sodir etilgan holatlarning hech birida yerga egalik qiluvchi asoslarning yo‘qligi va bir qancha qonun buzilish holatlari mavjudligi maʼlum bo‘ldi.

🔹Mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, joyning o‘zida qonun buzilish holatlari bartaraf etildi.

❗️Monitoring tadbirlari joylarda davom etmoqda, ushbu holat bugun maʼlum bo‘lmasa, ertaga kun kelib aniqlanishi muqarrar edi.

👉 Boshqa holatlar: Uza qisqa xabarlarida

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

O‘ZBOSHIMCHA QURILMALAR QILMANG !

Ayni kunlarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi aholi orasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ular orasida mazkur Qonun loyihasi “Aksiya” mazmunini to‘liqligicha bilmay turib, noto‘g‘ri talqin qilish holatlari va shuning asnosida yerlarni o‘zboshimcha egallash, pala-partish va poydevorsiz qurilishlar qilib, tom qismini yopib olishga urinishlar soni ortmoqda. Bu kabi holatlar dronlar yordamida aniqlanib, kosmik suratlar bilan taqqoslanmoqda va o‘z-o‘zidan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik oqibatlarini kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Kadastr agentligi tomonidan eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida bu kabi qurilmalar bartaraf etilmoqda va yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rilmoqda.

Hurmatli fuqarolar va viloyat aholisi !
Sizlardan “Aksiya”da hujjat qilib olaman deb o‘zboshimcha qurilishlar qilmasligingizni, amalda hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadon egalaridan esa Qonun imzolanishini va rasman kuchga kirishini kutishlarini so‘rab qolamiz !


Ayni paytda mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilinganligini, biroq hukumat tomonidan tasdiqlanmaganini, tasdiqlanib rasman eʼlon qilingachgina kuchga kirishini maʼlum qilamiz.  (Jarayonda loyihaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin)

Shuni unutmangki, yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud !

Kadastr agentligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati

#murojaat #yernazorati
#muhim
❗️O‘ZBOSHIMCHA QURILMALAR QILMANG !

Ayni kunlarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning Senat tomonidan maʼqullanganligi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ular orasida mazkur Qonun mazmunini to‘liqligicha bilmay turib, noto‘g‘ri talqin qilish holatlari va shuning asnosida yerlarni o‘zboshimcha egallash, pala-partish va poydevorsiz qurilishlar qilib, tom qismini yopib olishga urinishlar soni ortmoqda. Bu kabi holatlar dronlar yordamida aniqlanib, kosmik suratlar bilan taqqoslanmoqda va o‘z-o‘zidan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik oqibatlarini kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Kadastr agentligi tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida bu kabi qurilmalar bartaraf etilmoqda va yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rilmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar va viloyat aholisi !

Sizlardan “Aksiya”da hujjat qilib olaman deb o‘zboshimcha qurilishlar qilmasligingizni, amalda hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadon egalaridan esa Qonun imzolanishini va rasman kuchga kirishini kutishlarini so‘rab qolamiz !


🔖Ayni paytda mazkur Qonun Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan maʼqullanganligini, biroq hukumat tomonidan tasdiqlanmaganini, tasdiqlanib rasman eʼlon qilingachgina kuchga kirishini maʼlum qilamiz.

❗️Shuni unutmangki, yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud !

Kadastr agentligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati

#murojaat #yernazorati

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM