Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
102K photos
7.91K videos
115 files
20.7K links
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-2326-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-noyabr kuni Yangiyo‘l tumani Barkamol avlod markazida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etish bo‘yicha
ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tanlovda Angren shahridan 5 nafar faol qizlarimiz ishtirok etishdi.
"Ёнғин хавфсизлиги ойлиги" доирасида Ангрен шаҳрида аҳоли турар-жойлари ва ижтимоий соҳа масканларида фуқароларга ис газидан заҳарланишнинг ҳамда газ ҳаво аралашмаси каби фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш юзасидан профилактика тадбирлари ўтказилди.

Ангрен шаҳар ФВБ томонидан жойларда тарғибот тадбирлари кенг кўламда олиб борилаяпти.
#фуқаролар_қабули

Ангрен шаҳар "Кимёгар" маҳалласида фуқаролар қабули бўлди.

Шаҳар ҳокимининг ўринбосари Салим Анарбоев, коммунал ташкилотлар ва муассасалар раҳбарлари иштирокида ўтган қабулда уй-жой, бандлик, соғлиғи учун моддий ёрдам ва кўп қаватли уйларда бошқарув сервис компания ва ширкатлар фаолияти билан боғлиқ мурожаатлар кўрилди ва мутасадди ташкилотлар раҳбарларига йўналтирилди.

Ҳар бир мурожаат назоратга олинди.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
Forwarded from ANGRENMADANIYAT (ИЛҲОМ МАҲКАМОВ)
Navqiron va betakror azim shahar Samarqandda 19-20-noyabr kunlari xalqaro miqyosda ''INTERNATIONAL STUDENTS CONFERENCE 2022'' konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada yurtimizning turli hududlaridan hamda Hindiston va Turkiyalik yoshlar ishtirok etishdi. Konferensiya besh yoʻnalishda tashkil etilib, ilmiy ish yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Davlat konservatoriyasi Akademik ijrochilik fakulteti Xalq cholg'ulari talabasi  Ergashev Mirvohid ham "Musiqa va nay" mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etdi. Dastlab Liberal demokratik partiyasi deputati Shoxruh Alibekov tomonidan ishtirok etganligi toʻgʻrisidagi sertifikat bilan taqdirlangan boʻlsa yakunda esa  ''THE BEST ARTICLE '', "THE BEST SPEAKER " , "THE BEST DELEGATE" naminatsiyalari bo'yicha 150 dan ortiq  ishtirokchilar  ichida  gʻolib deb topildi. Unga esdalik uchun konferensiyaning maxsus statuetkasi ham berildi.

@angrenmadaniyat
Forwarded from Jamshid
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 maydagi PQ-5118-son qarori asosida 2022-yil 24-noyabr kuni "MANO NOVO PROJECT" MCHJ pudratchi tashkiloti tomonidan Angren shahri Amir Temur ko`chasida o`rnatilgan lotok beton qopqoqlarining stiklarini sement qorishmasi bilan yamash ishlari, d-273 mm o`lchamli quvurlarni 50 m masofada himoya qoplami bilan o`rash ishlari hamda d-273 mm o`lchamli quvurga 2 dona mustaxkam tayanch o`rnatish ishlari amalga oshirildi.