Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.28K subscribers
104K photos
8K videos
118 files
21K links
Download Telegram
#Hashar_elga_yarashar

Hashar - ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Xuddi mana shunday tadbirlardan biri Angren shahar XTBga qarashli 35-umumiy o‘rta ta'lim maktabida maktab direktori Xadicha Baltabayeva boshchiligida pedagog xodimlar bilan birgalikda o‘tkazildi.

Maktabga kirish yo‘laklari, sinf xonalari,hovlisi va atrofi obodonlashtirildi. Daraxtlar oqlandi va insonni baxr-u dilini ochuvchi nafis gullar o‘tqazildi. Obodonlashtirish,ko‘kalamzorlashtirish,daraxtlarga shakl berish ishlari sifatli tashkil etildi.

"Toza-ozoda, va obod joyda fayz-u baraka bo‘ladi", - deganlaridek, maktab jamoasining uyushqoqlik bilan harakat qilishi natijasida maktabga o‘zgacha shukuh va fayz kirdi.
#Hashar_elga_yarashar

📎Hududlarda hasharlar davom etmoqda.Mahalla raislari, hokim yordamchilari, shahar aholisi ushbu hasharda faol ishtirok etmoqda.

Shahrimiz obodligi hamda ko'kalamzorlashtirish ishlarida o'z hissalarini qo'shishmoqda.

Angren shahar Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi Axborot xizmati
#Angren_shahar
#Yoshlar_ishlari_bo'limi
#8-Mart_MFY
#Chinniobod_MFY
#Hashar_elga_yarashar

Mahalla obod - yurt obod!

Butun mamlakatimiz bo‘ylab “Mahalla obod - yurt obod!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Angren shahrining barcha  mahallalarida ham uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

8-Mart va Chinniobod mahallalaridagi musulmonlar qabristoni mahalla faollari va yoshlari tomonidan obod xolatga keltirildi.