Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.33K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
#onlayn_NKM #imtiyoz

Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?

2022-yil 1-yanvardan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishga o‘tdi PF-5813.

Bunda, tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovkani to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) hamda onlayn nazorat-kassa mashinalarining har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirish huquqi berilgan (PQ-5252-son 4.10.2021).

Mazkur huquqdan foydalanishda xarajatlarni:
foyda solig‘i summasiga;
aylanmadan olinadigan soliq summasiga;
YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasiga
bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish tarzida foydalanish mumkin.
Imtiyoz 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz: 2022-yil 1-yanvardan onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari aks ettirilishi shart.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram