Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
#ehtirom

Angren  shahar hokimi Alisher  Rayimov hokimlik apparatida faoliyat  yuritayotgan xotin-qizlarni "8-mart  - xalqaro  xotin-qizlar kuni"  munosabati bilan tabrikladi.

Alisher Rayimov  -  shahar  hokimi:

Ayol...  Eng muqaddas zot. Bu  -  Ona, opa-singil, suyukli yor,  jondan aziz dilband...  Go‘zallik timsoli,  nafosat,  nazokat egalari azaldan e’zozlanib kelingan. Nozik  xilqat vakillari tabiatan oriyatli, sabrli, matonatli  va irodalidirlar. Jamiyatimiz, oilamiz ko‘rki bo‘lgan ayollar doimo e’zozda...
Barchangizni kirib kelayotgan xotin-qizlar kuni bilan sidqidildan tabriklayman!


📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Ehtirom #Mahalla_kuni

Olmaliq shahridagi “Marhamat” tantanalar majmuasida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu galgi muloqot mahalla tizimi xodimlari kunida tashkil etilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Muloqotga oʻz xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlarining ota-onalari, yaqinlari taklif etildi.

Viloyat hokimining farmoyishi bilan bugundan eʼtiboran 55 xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiylarning oila aʼzolariga beriladigan nafaqa berib borilishi yoʻlga qoʻyildi.

Viloyatda harbiy tuzilmalar, huquq-tartibot organlari bilan birgalikdagi keng qamrovli yoʻl xaritasi tasdiqlandi.

- Kirib kelayotgan Ramazoni sharif arafasida bunday xayrli muloqotni tashkil etilganida chuqur maʼno bor, albatta. Zotan, aziz farzandi Vatan tinchligi yoʻlida jon bergan ota-onalar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, jasorat va bukilmas iroda timsolidir, dedi Zoyir Mirzayev.

Jonli efirda koʻrish:

📱Facebook

🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
#ehtirom

Bugun Chirchiq shahrida Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Dunyoni maʼnaviy tanazzuldan qutqara oladigan mutafakkir” mavzusida  tadbir o‘tkazildi.
Tadbir  avvalida ulug‘ shoir siymosi poyiga gullar qo‘yildi.
Tadbir Chirchiq Davlat pedagogika universitetida davom etib, uni shahar hokim D.Xidoyatov ochib berdi.
Tadbirda universitet rektori G.Muxamedov, O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo’limi rahbari S. Fayziyeva, Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi R.Sheraliyevlar shoirning boy va serqirra ijodiy merosi, asarlarida ulug‘langan ezgu g‘oyalar xalqimiz, yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.
Tadbirda viloyat maqom ansambli xonandalari hamda universiitetning iqtidorli talabalari tomonidan Navoiy va Bobur ijodiga mansub g‘azallar va kuylar ijro etildi.


https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Xotira #Ehtirom

Viloyat hokimi boshchiligida Angrendagi II jahon urushi qatnashchilariga mukofotlar yetkazildi 

Davlatimiz rahbarining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, 9 may  -  Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan, Angren shahridagi II jahon urushi qatnashchilari va nogironlarning holidan xabar olindi.

Urush faxriylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, 20 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Angren shahrida to‘rt nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nikolay Prokoshin, Roza Jannazarova, Mariya Ovasapova, Elvira Yakimenko umrguzaronlik qilib kelmoqda.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ҳамроҳлигида "Янги Ўзбекистон" боғига ташриф буюрди ва Мустақиллик монументи пойига гулчамбар қўйди.

Президент Российской Федерации Владимир Путин в сопровождении Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева посетил парк «Янги Узбекистон» и возложил венок к Монументу Независимости.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #ehtirom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X