Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.31K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
#2_sektor

MUAMMO BARTARAF ETILADIGAN BO'LDI

Angren shahar  prokurori,  2-sektor  rahbari  Ulug‘bek  Xabiljonov "Bobotog‘"  mahallasida  bo‘lgan chog‘ida hududda aniqlangan muammolarni  bartaraf etish choralarini belgilagani to‘g‘risida  xabar bergan edik.

Bugun mahallada ko‘p qavatli uylar oldida mavjud bo‘lgan, yaroqsiz holga kelib qolgan yengil konstruksiyali qurilmani rekonstruksiya qilish zarurligi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan muhokama qilindi.

Aholiga qulay sharoit yaratish va o'yingoh, maydonlarni tartibga keltirish bilan bog‘liq masalalarga shu yerning o'zida eychim topildi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#2_sektor
#sayyor_qabul

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2022 yil 26 sentyabrdagi 07-2534-sonli topshirig‘iga asosan xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida joylarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Angren shahrida aholi murojaatlari, ularni qiynab kelayotgan muammolarni xal etishga alohida e’tibor qaratilgan. Bugun shahar prokurori,
2-sektor rahbari Ulug‘bek Xabiljonov shahardan chekka hududda joylashgan "Grum" mahallasida bo‘ldi. Dastlab aholi murojaatlarini tinglash va muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabulda ishtirok etdi. Sayyor qabulda fuqarolarning bandlik, ijtimoiy yordam hamda hududdagi kommunal tizimga oid murojaatlari ko‘rildi.

Sayyor qabulidan so‘ng fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
@angrenhokimligi_7
#2_sektor
#davra_suhbati PAYSHANBA - PROFILAKTIKA KUNI

Ma’lumki, har haftaning payshanba kuni - profilaktika tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning barvaqt oldini olish, ayniqsa, voyaga yetmaganlar, xotin-qizlar o‘rtasida turli noqonuniy harakatlarga barham berishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki keng jamoatchilik va mahalla faollari ham hissa qo‘shishlari lozim.

Bugun Angren shahar Prokuraturasi, shahar IIB bilan hamkorlikda profilaktika kuni munosabati bilan navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
#2_sektor

Angren shahar prokurori 2-sektor rahbari Ulug‘bek Xabiljonov "Obliq" mahallasi "2-Lashkarak" ko‘chasida bo‘ldi.

Hokim yordamchisi bilan birga hududda amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

Sektor rahbarining sa’y-harakati bilan ko‘chalar yo‘larini shag‘allashtirish uchun maxsus transport vositalarida shag‘al qoplamasi keltirildi.

Sektor rahbari ko‘cha yo‘llarini tekislash va shag‘al bilaye qoplash ishlariga bosh-qosh bo‘lmoqda.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#2_sektor

Angren shahrida "mahallabay"  ishlash,  fuqarolar murojaatlari va muammolarini hal etishda xalq bilan muloqot  mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu kunlarda sektorlar rahbarlari joylarda fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib,  muammolarini o‘rganib,  ijobiy hal etishga yo‘naltirilmoqda.

Xususan,  shahar prokurori,  2-sektor  rahbari  Ulug‘bek  Xabiljonov  "Obliq"  mahallasida bo‘ldi va aholi bilan uchrashdi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#2_sektor

Angren shahrida Davlatimiz  rahbarining  2022 yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli Qarori asosida mahallalar kommunikasiya  infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shahar prokurori, 2-sektor rahbari Ulug‘bek Xabiljonov, hokim o‘rinbosari Salim Anarboyevlar "Gulbog‘"  MFYda 408-Qarori asosida Angren  shahrida jami 13 ta mahallada 42 km. suv quvurlarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlari bajariladi.

Xususan,  "Gulbog‘" MFY hududida 2 dona yer osti qudug‘i qazish, 2 dona suv minorasi o‘rnatish,  4,2 km. ichimlik suvi tizimlarini qurish belgilangan. Quruvchi tomonidan yer qazilgan va zarur quvurlar keltirilgan.

Sektor rahbari, hokim o'rinbosari, mahalla raisi bilan olib borilayotgan ishlarini joyiga chiqib kuzatdilar.

Sektor rahbari ushbu jarayonning sifatini ta’minlash  yuzasidan  zarur  tavsiyalar  berdi va jamoatchilik nazoratini o'rnatish zarurligini ta'kidladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#2_sektor

Angren shahrida Davlatimiz  rahbarining  2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli Qarori asosida mahallalar kommunikasiya  infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

"Do‘stlik "  MFYda 408-Qarori asosida boshlangan ishlar davom etаyapti.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2_ sektor

Angren shahrida "Sumalak  sayli" tadbirlari  qizg‘in o‘tmoqda.

Shahar prokurori rahbarligidagi 2-sektor kesimida 11 ta mahalla  fuqarolar yig‘ini xodimlari (beshtalik) ahillik,  bahamjihatlik bilan "Sumalak sayli" tashkil qildilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Angren #2_sektor Angren shahar "Hamkorbank" tomonidan 2-sektorga qarashli "Bobotog' MFY hududidagi bo'sh yer maydonga 60 tup" yapon saforasi" daraxtining ko'chati ekildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Angren
#Beshtashabbus
#2_sektor

Angren shahar 10-umumta'lim maktabida (IIB sektorining)volebool
bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Musobaqaning sektor bosqichida Hakkarman-Yangi jigariston MFY volebool jamoasi g'alaba qozondi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

🔶Musobaqalar orqali yoshlarning iste'dodlari namoyon bo'lmoqda.