Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.33K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
Angren shahar  hokimi  Alisher  Rayimov,  shahar prokurori  Ulug‘bek  Xabiljonov, shahar  IIB boshlig‘i  Abid Aripov,  Xalq qabulxonasi  mudiri Nasiba Gafurovalar nuroniylar bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash  bo‘limi  boshlig‘i Jahongir Hasanov, okrug deputati Abdumannob Ergashev, mahalla raisi,  hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli qatnashdilar.

Unda Angren shahar "Yangi bog‘i surh"  mahallasining yoshi ulug‘lari  hamda  faollari bilan yuzma-yuz muloqotda  mahalladagi mavjud  guzardan samarali foydalanish, hududda monomarkaz  tashkil etish orqali aholi, ayniqsa, ayollar bandligini ta’iinlash,  xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan  vazifalar hamda tatbiq etiladigan loyihalar muhokama  qilindi.

Mahalla keksalari va faollarining taklif va tavsiyalari e’tiborga olinib, mahalladagi guzardan samarali foydalanishga kelishildi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#bandlik

Ayni damda Angren shahrida  bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarkasi"  bo‘lib o‘tmoqda.

Unda shahar hokimi Alisher Rayimov ishtirok etdi va  ko‘plab korxonalar ishga tushirilganligi nvtijasida yangi ish o‘rinlari yaratilganligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Mehnat yarmarkasida mahalla xotin-qizlar faollari, hokum yordamchilari hududdgi ishsiz ayollarni ish o'rinlari bilan tanishtirdilar.
#2_sektor
#Angren

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti Administrasiyasining 2022-yil 26-sentyabr kunidagi tegishli topshirig‘iga  asosan Xalq bilan muloqot tizimini  yanada takomillashtirish,  aholi  uchun dolzarb bo‘lgan  muammolarni tezkor  hal etish maqsadida joylarda sayyor qabullar o‘tkazilmlqda.

Angren shahar  prokurori,  2-sektor rahbari Ulug‘bek Xabiljonov jismoniy  va yuridik shaxslarning murojaatlari,  ayniqsa,  mahallabay tizimi asosida joylarda o‘tkazilayotgan fuqarolar qabuli davomida kelib tushayotgan murojaatlarga ijobiy yechim topishiga alohida e’tibor qaratmoqda.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7