Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

Kecha, 3-avgust kuni "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig'i polkovnik Bobonov Xasan Alisherovich, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Angren shahar Kengashi raisi Xaitkulova Iroda Gulamovna ishtirokida Angren shahridagi umumiy o'rta ta'lim hamda kasb-hunar ta'limi o'quvchilari bilan “Rahbar va yoshlaruchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida boshqarma boshlig'i polkovnik X.Bobonov yoshlarga kasbga ega bo'lgan har bir inson o'z kasbini sevishi, unga sadoqatli bo'lishi va albatta o'z ustida ishlashi orqali yuksak marralarga erisha olishi mumkinligini ta'kidlab, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida yoshlarga bo'lgan e'tibor, ularni qutqaruvchilik sharafli kasb ekanligi va tizimda olib borilayotgan islohatlar bilan bir qatorda yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar bo'yicha gapirib o'tdi.

Tadbir davomida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar va qutqaruvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlarni tomosha qilishdi.