Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.59K subscribers
115K photos
8.7K videos
133 files
22.7K links
Download Telegram
#FVB

Angren shahri "Mustaqillik" MFYda fuqarolarning gaz-havo chaqnashi, is gazidan zaharlanish kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2022 yilning 3 yanvar kuni shahar FVB, hokimlik, uy-joy va kommunal xo‘jalik, gaz va elektr ta’minoti korxonalarining ma’sullari ishtirokida keng qamrovli profilaktik tadbir tashkillashtirildi.

Ushbu profilaktik tadbir davomida mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylar va ulardagi xonadonlar, yakka tartibdagi aholi turar uylari xonadonma-xonadon yurish usuli yordamida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha tushuntirish va yo‘riqnomalar berildi.

10-daha 18-uydagi xonadonlarning birida oshxonada gaz plitasi yonida parda tortilgan, aniqlangan kamchilik joyida bartaraf qilindi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#Profilaktika #FVB

⚡️🚒 Angren shahar Dehqon bozori hududida favqulodda vaziyatlar hamdan yong`inlar kelib chiqish xavfining oldini olish maqsadida Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan bozor hududida joylashgan oshxonalar va savdo rastalarida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
⚡️ #Profilaktik ishlar davomida Angren shahar Dehqon bozorida faoliyat yurituvchi fuqarolarga tegishlicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Angren shahar FVB
#FVB profilaktika
🚒 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyul kunidagi tegishli farmoyishiga muvofiq Angren shahar FVB xodimlari tomonidan shahar hududdagi mavjud avtombillarga gaz to‘ldirish shaxobchalari va AYoQShlarda yong‘inlarning oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
🔥 Profilaktik tadbirlar davomida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va ishchi hodimlarga yong‘inlarning oldini olish yuzasidan tegishlicha ko‘rsatma hamda yo‘riqnomalar berib kelinmoqda.
🚒 Angren shahar FVB
📞 tel: "101" va "1050"
#FVB

“Dolzarb 90 kunlik” dasturi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog'lom turmush tarziga targ'ib etish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Ushbu davrda sog‘lom turmush tarzini o'zida aks ettirgan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan 2-sonli Politexnikumda o'tkazildi.

Unda, asosiy maqsad - yosh avlod vakillarini harbiylik kasbiga qiziqtirish, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat bo'lib, tadbir davomida bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi hamda qutqaruvchilarning maxsus asbob-anjomlari va yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyishi tashkillashtirildi.