Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.53K subscribers
120K photos
8.94K videos
137 files
23.3K links
Download Telegram
#2_sektor
#davra_suhbati PAYSHANBA - PROFILAKTIKA KUNI

Ma’lumki, har haftaning payshanba kuni - profilaktika tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning barvaqt oldini olish, ayniqsa, voyaga yetmaganlar, xotin-qizlar o‘rtasida turli noqonuniy harakatlarga barham berishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki keng jamoatchilik va mahalla faollari ham hissa qo‘shishlari lozim.

Bugun Angren shahar Prokuraturasi, shahar IIB bilan hamkorlikda profilaktika kuni munosabati bilan navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
#davra_suhbati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2022 yil 26 sentyabrdagi 07-2534-sonli topshirig‘iga asosan xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida joylarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

"Mustaqillik* mahallasida prokuror boshchiligida sayyor qabulda fuqarolarning bandlik, ijtimoiy yordam hamda hududdagi kommunal tizimga oid murojaatlari ko‘rildi.
#shahar_Kengashi
#davra_suhbati
Bugun Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq ellik ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining tegishli o‘rinbosarlari, shaharning tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi birinchi masala, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 6108-sonli Farmoni asosida 18-umumta’lim maktabining direktor lavozimi masalasi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni tanlovdan o‘tkazish natijalari muhokama qilindi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#Angren_shahar
#Davra_suhbati

❇️ Bugun "Yangi Go'shsoy", "Geolog" MFY aholisi bilan birgalikda 40-umumta'lim maktabida "Jaholatga qarshi ma'rifat" g‘oyasi doirasida "Biz yot gʼoyalarga qarshimiz!" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy vakili, shahr imom noibi, shahar IIB mas'ul hodimi ishtirok etdilar.

✳️ Davra suhbatida yurtimizda "Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari" bosh g‘oyasi asosida diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, olib borilayotgan islohotlar haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, "Din niqobi ostida g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan yot kuchlar", "Ommaviy madaniyat" unsurlaridan himoyalanish, milliy-diniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida mas'ullarning fikr-mulohazalari tinglandi.
https://t.iss.one/angrenhokimligi_7
#davra_suhbati

Ангрен шаҳрида Давлатимиз раҳбарининг 2024 йил 16 январда “2024 йилда макроиқтисодий барқарорлик ва иқтисодий ривожланишни таъминлаш бўйича устувор вазифалар” тўғрисида ўтказилган видеоселектор йиғилишида белгилаб берилган топшириқлар ижросини таъминлашга алоҳида эътибор қаратилди.

Шу мақсадда шаҳар Прокуратурасида Давлат солиқ инспекцияси  бошлиғи Ортиқбой Хамдамов ҳамда мутасаддилар иштирокида солиқ ва бошқа мажбурий тўловлардан қарздорлиги мавжуд бўлган айрим корона раҳбарлари ҳамда тадбиркорлик субъектлари масъуллари билан учрашув  ташкил қилинди.


Учрашувда давлат бюджети ва маҳаллий бюджет тушумлари ижросини таъминлаш бўйича амалга оширилаётган ишлар муҳокама қилиниб, мажбурий тўловдаги қарздорликларни қискартириш, “яширин иқтисодиёт”га қарши кураш, корхоналарни соғломлаштириш, фаолият юритишда тўловларни ўз вақтида амалга оширишнинг афзалликлари хусусида сўз юритилди.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube
#Angren_AKM
#Davra_suhbati
Sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz.
Bugun Angren shahar axborot -kutubxona markazi xodimlari O'zbekiston Mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan "Bir bõlsak -yagona xalqmiz, Birlashsak-Vatanmiz!"
shiori ostida Angren shahridagi 1-son kasb-hunar maktabining jismoniy tarbiya va sport rahbari,O'zbekiston "O'zbek jang san'ati" federatsiyasining ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha rahbari, "Qahramon" sport klubi murabbiysi, "Shuhrat" medali ko'krak nishoni sohibi Qahramon Sattarov bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.Suhbat davomida O'zbekiston Respublikasida õzbek jang san'ati sportini rivojlantirishda qõshgan xizmatlari hamda qanchadan qancha shogirdlari yutuqlari haqida gapirib õtdi.Kasaba uyushmasi qo'mitasi õrinbosari S.Yadgarova hamda xotin qizlar qõmitasi qoshidagi "Orasta qizlar" klubining raisasi D.Ermatovalar ish faoliyatidagi yutuqlari haqida gapirib o'tdi.Tadbir sòngida Ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.