Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.33K subscribers
102K photos
7.92K videos
115 files
20.7K links
Download Telegram
#Angren_AKM
#Tanlov
🔷️Bugun Angren shahar axborot - kutubxona markazi xodimlari  FVV bilan hamkorlikda zakovat intellektual o'yini o'tkazdi.Tanlovda Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvi, sarkardalik mahorati va harbiy san’ati, dono va oqil siyosati, madaniyat va ma’rifat homiysi, kuchli siyosati borasidagi fikrlarini o‘zida jamlagan "Temur tuzuklari" memorial asari bòyicha xodimlarning  bilimlari tezkor savol-javoblar asosida sinaldi. 
🔷️Tanlovda 1 -guruh Avariya -qutqaruv bo'limnasi, 2 -guruh Qutqaruv bo'linmasi, 3-guruh Yong'in- qutqaruv bo'linmasi, 4-guruh FVV boshqarma bo'linmasi ishtirok etdi.Tanlov bosqichlari bo'yicha hakamlar tomonidan baholab,g'olib guruh aniqlandi.Tanlovda eng faol qatnashgan  1-guruh Avariya -qutqaruv bo'linmasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
#Angren_AKM
#Tadbir
Yurtimizda yosh avlodning ma’naviy - intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda, Angren shahar Ma'naviyat xiyobonida aholining bõsh vaqtini mazmunli tashkil etish, aholi õrtasida ijtimoiy ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirish maqsadida "Bir bõlsak - yagona xalqmiz, Birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida "Kitob- insonni komillikga yetaklaydi!" mavzusida tadbir bõlib õtdi.Tadbirda Angren shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari "Yangi adabiyotlar " kõrgazmasini tashkil etdi.Tadbir davomida qiziqarli viktorina o'yinlari o'tkazildi.Viktorina g'oliblariga sovg'alar topshirdi.Bu esa bolajonlarda kitobga bo'lgan mehr va qiziqishni uyg'otdi.
#Angren_AKM
#Davra_suhbati
Sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz.
Bugun Angren shahar axborot -kutubxona markazi xodimlari O'zbekiston Mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan "Bir bõlsak -yagona xalqmiz, Birlashsak-Vatanmiz!"
shiori ostida Angren shahridagi 1-son kasb-hunar maktabining jismoniy tarbiya va sport rahbari,O'zbekiston "O'zbek jang san'ati" federatsiyasining ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha rahbari, "Qahramon" sport klubi murabbiysi, "Shuhrat" medali ko'krak nishoni sohibi Qahramon Sattarov bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.Suhbat davomida O'zbekiston Respublikasida õzbek jang san'ati sportini rivojlantirishda qõshgan xizmatlari hamda qanchadan qancha shogirdlari yutuqlari haqida gapirib õtdi.Kasaba uyushmasi qo'mitasi õrinbosari S.Yadgarova hamda xotin qizlar qõmitasi qoshidagi "Orasta qizlar" klubining raisasi D.Ermatovalar ish faoliyatidagi yutuqlari haqida gapirib o'tdi.Tadbir sòngida Ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
#Angren_AKM
#Taqdimot
🔷️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi sifatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish belgilangan. Shu negizda ayni yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🔶️Joriy yilning 20- sentyabr kuni  Angren shahar axborot - kutubxona markazida yuridik fanlari doktori , professor Komil Sindarovning "Hidoyat ortidagi zalolat"deb nomlangan kitob taqdimoti bõlib õtdi.
🔶️Tadbirda Angren shahar ma'naviy- ma'rifiy ishlar bòlimi boshliĝi  A.Yusupov, Milliy gvardiya qòriqlash bòlimi,FVV bõlinmasi,Yoshlar agentligi bõlim rahbari A.Parpiyev Angren Universiteti talabalari ishtirok etdi.
🔶️Universitet kafedra mudiri F.Eshbayeva kitob qahramonlarining sof psixologik holati, jinoyat ishiga sabab bòlgan vaziyat ,inson ichki kechinmalari bilan bòĝliq har bir jarayon mohirona kòrsatilganligi haqida ta'kidlab òtdi.Tadbir qiziqarli savol- javoblar hamda bahs va munozaralarga boy bõldi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Angren_AKM
#Kitobsevar_millat
   Angren shahar axborot -  kutubxona markazi xodimlari tomonidan  1-oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuniga tayyorlangan "Fan bog'ining bog'bonlari"  nomli videoroligi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Angren_AKM
#Kitobsevar_millat
   Angren shahar axborot -  kutbxona markazi xodimlari tomonidan  1-oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuniga tayyorlangan videoroligi.
#Angren_AKM
Toshkent viloyati Angren shahar Axborot kutubxona markazida 2024–yil 21 oktabr kuni "INFOLIB O'ZBEKISTON–2024" XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimiga start berildi. “Infolib O‘zbekiston 2024” haftaligi “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan "Oʻzbekiston oʻzligim"  nomli til bayramiga bag'ishlangan ma'naviy-maʼrifiy tadbirda Angren shahar 8- sonli maktabning 11- va 7-sinf o'quvchilari sinf rahbari Sattorova Maxsuda boshchiligida ishtirok etdi. Tadbirda   o'zbek tilining kelib chiqishi, tarixi bugungi kundagi nufuzi va ayni damda O'zbekistonda nishonlanayotgan o'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan mavzuda  boʻlib oʻtdi.
#Angren_AKM
  Toshkent viloyati Angren shahar axborot - kutubxona markazida 2024-yil 21 oktyabr kuni "INFOLIB O'ZBEKISTON–2024" haftaligi "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan 25-sonli maktabning boshlanĝich sinf òquvchilari  óqituvchilar Kambarova N, Mamadaliyeva D, Abduraimova Sh, L.Rahmonovalar tashrif buyurib, "Tilni asramoq millatni asramoq " mavzusida ma'naviy - ma'rifiy tadbir òtkazildi. Tadbirni AKM rahbari G.Safarova ochib, o‘zbek tili nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati,  tarixi hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz bizga ona tilimiz yordamida meros bo‘lib qolganligi , o‘zbek tilimiz hech qaysi tildan kam emasligi to‘g‘risida ta’kidlab òtdi.Tadbir davomida òquvchilar til haqidagi she'rlari va sahna kòrinishlari bilan ishtirok etishdi.
#Angren_AKM
#Kitobsevar_millat
23-oktabr sanasida "INFOLIB O‘ZBEKISTON-2024" haftaligi doirasida Angren shahar axborot-kutubxona xodimlari Angren shahar bolalar shifoxonasiga tashrif buyurib, tibbiyot xodimlari bilan birga ,,Yurt sog'lig'i- el boyligi " mavzusida davra suhbati o'tkazdi. Shu bilan birgalikda ,,Sog‘lom hayot sari " nomli ko‘rgazma  tashkil etildi. Suhbat davomida kutubxona xodimlari mamlakatimizda sog'liqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlar, salomatlikni mustahkamlash, sog'lom millat-sog‘lom avlodgina buyuk ishlarga qodir ekanligi haqida gapirib o'tdi.
#INFOLIB_2024_haftaligi_doirasida
#Angren_AKM
#Davra_suhbati

   Joriy yilning 25-oktyabr sanasida Angren shahar axborot-kutubxona markazi tomonidan  "INFOLIB O'zbekiston- 2024" haftaligining yopilishi doirasida 8-sonli maktabning 11-b sinf o'quvchilari bilan "Ma'naviy go'zallik va kitobxonlik madaniyati" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
     Suhbat davomida AKM xodimlari Ma’naviyat – eng kuchli qurolligi,  ma'naviyati yuksak insonlar hech qachon birovga qaram bo'lmasligi,  buning uchun esa biz maʼnaviy-ma'rifiy tadbirlarni targ'ibot ishlarini ko'proq tashkil qilishimiz kerakligi haqida  gapirib o'tildi.
Suhbat yakunida axborot-kutubxona markazida oʻtkazilgan ma'naviy-ma'rifiy,  "INFOLIB - 2024" haftaligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlarda o'quvchilari  faol ishtiroki uchun   maktab direktori M.Usmonova hamda  11-"b"- sinf rahbari, ona-tili va adabiyot o'qituvchisi M.R.Sattarovalar  Angren shahar ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Angren shahar AKM tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
#Angren_AKM
#Kitobsevar_millat
📚Bolalar va yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirishdan iborat.
📌Bugun Angren shahar axborot-kutubxona markazida shahar bosqichida  "Yosh kitobxon” tanlovi bõlib õtdi.Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan respublikamizning eng yirik tanlovi hisoblanadi. Tanlovda õndan ortiq kitobxon ishtirok etdi.G'oliblar esdalik sovg'alarni  qo’lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.