Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
102K photos
7.94K videos
116 files
20.7K links
Download Telegram
#Toshkent_viloyati
#Angren
#O'rganish

🔰 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Angren shahar bo‘linmasi hamda  shahar Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatini baholash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Xalk taʼlimi vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Angren shahardagi 6- maktabning  ish faoliyati o‘rganildi.

Tegishli soxa xodimlari tomonidan direktor o‘rinbosarining faoliyatini o‘rganish va baholash yuzasidan savolnoma ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu savolnoma o‘rqali ish faoliyati baholandi.

Urganish jarayonida ushbu maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar yuzasidan kamchiliklar borligi aniqlandi!
Ularga zarur bo'lgan tegishli maslahatlar va amaliy yordam berildi.

🔰Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Angren shahar bo‘linmasi

📲 Bizni kuzatib boring
:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#o'rganish
Angren  shahar  hokimi  Alisher  Rayimov boshchiligida shaharda obodonlashtirish ishlari boshlandi.

Xususan, shahar rahbari tomonidan "Navoiy",  "Bunyodkor",  "O‘zbekiston Mustaqilligi" ko‘chalarini tartibga keltirish, shaharsozlik talablariga mos bo‘lmagan noqonuniy qurilishlar,  yengil konstruksiyali  qurilmalarni aniqlash,  tadbirkorlarga va savdo-sotiq bilan shug‘ullanayotganlarga qulay sharoit yaratish kabi vazifalar belgilandi.

O‘rganish davomida shahar  hokimi tadbikorlar bilan uchrashdi va ularga yo'l va yo'laklar piyodalar uchun qulay bo'lishi, noqonuniy qurilmalarni olib chiqilishini tushuntirdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#ma'naviyat
#o'rganish

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati  bo‘limi  tomonidan Angren  shahardagi   "Angren  Issiqlik energiyasi"  DUKda      ma’naviy va ma’rifiy ishlarning olib borilishi o‘rganildi.

O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-apreldagi  "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish   chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 5040-sonli Qarori  ijrosining ta’minlanish holati ko‘zlan kechirildi.

O‘rganish jarayonida ma’naviy va ma’rifiy sohaga oid  ishlar tahlil qilindi. 2022-yil uchun  davriy nashrlar mavjud. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni olib borishda yo‘l xarita tuzish to‘g‘risida kelishib olindi hamda amaliy yordam ko‘rsatildi.

A.Yusupov,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  Angren shahar bo‘linmasi rahbari
📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#o'rganish

Ma’lumki,  Davlatimiz  rahbarining  2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-sonli Qarori asosida Angren  shahrida  39 ta ob’yektda kommunikasiya  infratuzilmasini  yaxshilash va rivojlantirish  bo‘yicha  keng ko‘lamli  ishlar olib borilayapti.

Mazkur jarayon biriktirilgan Ishchi guruh  tomonidan o‘rganilmoqda.

Xususan,  Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari Farruh Boborahimov, shahar prokurori Ulug‘bek Xabiljonov  hamda tegishli mutasaddi  tashkilotlar mas’ullari  Qaror ijrosining bajarilishini joyiga chiqib ko‘rdilar.

Hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ob’yektlarida olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan  kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan pudratchi-quruvchi tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berdilar va jarayonni nazoratga oldilar.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#o'rganish

Angren shahridan olis hududda  joylashgan  "Yangiobod" mahallasida turizm yo‘nalishida faoliyat  yuritayotgan tadbirkorlar hamda hudud aholisidan kelib tushayotgan murojaatlar sektor rahbari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Sektor rahbari Abid Aripov "mehmon uy"lar,  mehmonxonalarni kengaytirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashdi va hududdagi noqonuniy  qurilmalarni o‘rgandi.

" Yangiobod" MFY fuqarolarining hudud obodonchiligi, chiqindilarning olib chiqilishi bilan bog‘liq murojaatlarini tingladi. Hokim yurdamchisiga tegishli topshiriqlar berdi va nazoratga oldi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#o'rganish

Fuqarolarning Angren shahar hokimligiga  kelib tushayotgan har bir murojaat  doimiy  e’tiborda.

Shahar hokimining o‘rinbosari,  Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mavluda  Abduraxmonova hokimlikka va bo‘limga kelib tushgan "Jigariston"  mahallasida yashovchi xotin-qizlarning 10 ta murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganilgan va ko‘rilgan murojaatdagi muammolarni hal etish va ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Furqat Imanov bilan xonadonbay, fuqarobay ko‘rildi va sog‘lig‘ini mustahkamlash, tiklash bilan bog‘liq jarayonlar olib boriladigan bo‘ldi. Ayrimlariga maslahatlar berildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#o‘quv_amaliy_mashg‘ulot

Fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda aholiga yaqindan yordam berish jamiyatimizda muhim va ustuvordir.

Angren shahrida mazkur yo‘nalishda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq shahar hokimligi va hamkor tashkilotlar tomonidan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Xususan, shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq "Obod turmush" kuchasida joylashgan Angren markaziy uyingohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Navro‘z  -  umumxalq bayrami"ga bag‘ishlangan tantanalarni yuqori saviyada va ko‘tarinkilikda o‘tishi uchun  tayyorgarlik belgilangan bo‘lib, bugun tadbir tashkil etildi.

Unda shahar Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning maxsus va muhandislik texnikalari,  shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Saf ko‘rigi tadbirida Angren shahar IIB, FVB, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi boshliqlari va shahar hokimligi mutasaddilari yig‘ilganlarga zarur yuriqnoma berdilar.

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#O‘zgidromet xabariga ko‘ra 16-18-fevral kunlari respublikamizda havoning sovib ketishi kutilmoqda.

Bu esa iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishni talafotlarsiz va bir maromda tashkil etish, ijtimoiy soha ob’yektlari hamda aholi yashash xonadonlarida energiya ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini talab etadi.

"O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatida aynan shu mavzuda yig'ilish o‘tkazildi.

"Qurilish-montaj ishlari" filialida tashkil etilgan tadbirda iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga ko‘mir yoqilg‘isini barqaror yetkazib, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalarni tezkor bartaraf etish, baxtsiz hodisa va favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama etilib, dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Angren shahar hokimligi Axborot xizmati