Angren shahar hokimligi Axborot xizmati
6.3K subscribers
102K photos
7.92K videos
115 files
20.7K links
Download Telegram
#Hokim_farmoyishi

TOSHKENT VILOYATIDA "XAYR-EHSON OʻN KUNLIGI" DEKADASI OʻTKAZILADI

Joriy yilning 7-noyabridan 17-noyabriga qadar viloyatda "Xayr-ehson dekadasi" hamda "Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotining insonparvarlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash xayriya oʻn kunligi" etib belgilandi.

Bu haqda, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi imzolandi.

Mazkur dekadani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad – Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyatini qoʻllab-quvvatlash, favqulodda vaziyatlar yuz bergan holatlarda aholiga toʻlaqonli insonparvarlik ishlarini amalga oshirish hamda buning uchun homiylar tomonidan ixtiyoriy va begʻaraz yordam koʻrsatish ishlarini tashkil qilishdan iboratdir.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

Viloyatdagi tashqi reklama shitlariga reklama bannerlari joylashtiriladi

Toshkent viloyati hududidagi boʻsh turgan tashqi reklama shitlariga targʻibot bannerlari joylashtirilishi belgilandi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Targʻibot bannerlarini chop etish va joylashtirish xarajatlari uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 73 million so'mdan ortiq mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokim_farmoyishi

Ангрен шаҳрида Наврўз умумхалқ байрамини кўтаринкиликда нишонлаш ҳамда Муборак Рамaзон  ойини муносиб тарзда ўткaзиш, маҳаллалар, аҳоли турар-жойлари, хиёбонлар, болалар майдончалари,  зиёратгоҳлар, қабристонларни ободонлаштириш,  "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида  кўкаламзорлаштириш тадбирларини давом эттириш, соғлом турмуш тарзи ҳамда санитария-гигиеник маданиятни тарғиб қилиш, шунингдек, аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламларини қўллаб-қувватлаш, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2024 йил 6 мартдаги 137-сонли ҳамда Тошкент вилояти ҳокимининг 2024 йил 11 мартдаги 73-10-0-F-24-сонли фармойишлари ижросини таъминлаш мақсадида жорий йилнинг 15 март куни Ангрен шаҳар ҳокимининг  "Тошкент вилояти ҳокимининг 2024 йил 11 мартдаги 73-10-0--F-24-сонли фармойиши ижроси тўғрисида"ги фармойиши эълон қилинди.

📲 Bizni kuzatib boring:👇
Sayt | Telegram | Facebook | Youtube
#Hokim_farmoyishi

Harbiy xizmatda halok boʻlgan xizmatchilarning oila aʼzolariga yordam koʻrsatiladi

Toshkent viloyatidagi harbiy xizmatda halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlari olib boriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 241 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga maxsus texnikalar yetkazib beriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Texnikalar xarajati uchun 2 milliard 300 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Viloyatda qoʻl jangi sport musobaqalari oʻtkaziladi

2024-yilning 24-aprel kunidan 28-aprel sanasiga qadar Chirchiq shahrida qoʻl jangi sport musobaqalari bo'lib o'tadi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Musobaqada 18 yoshdan yuqori boʻlgan ishtirokchilar oʻzaro kuch sinashadi. Mazkur sport tadbirini yuqori saviyada tashkillashtirish uchun viloyat mahalliy byudjetining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 150 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Batafsil🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM