Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
615 subscribers
23.8K photos
4.53K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
Navoiylik o'quvchi 20 million so'mlik pul mukofoti sovrindori!

🏆 Bugun "Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning fizika fanidan final bosqichida Navoiy viloyati Nurota tumanidan kelgan Ma'mur Xushvaqtov mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Shuningdek, Respublikamizning Buxoro, Namangan, Xorazm va Samarqand kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi bo'lishdi. Ularga ham 2 million so'mdan pul mukofoti va "Yangi O'zbekiston" universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so'mlik grantlar taqdim etildi.

🎗 Olimpiada barcha uchun unutilmas tarzda ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

#olimpiada #fizika #final

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram