Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
615 subscribers
23.8K photos
4.53K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
ISHGA MARHAMAT❗️

🚀Alter Ego o‘quv markazi kuchlilarni izlamoqda💪

Quyidagi yo‘nalishlarga VAKANSIYALAR e’lon qilamiz:👇

📚 #INGLIZ_TILI
📖 #RUS_TILI
🧮 #MENTAL_ARIFMETIKA
📐 #MATEMATIKA
📝 #MAKTABGA_TAYYORLOV
*Professional o‘qituvchilar*

🔥Imkoniyatlar:👇

💵 Vaqtida beriladigan oylik maosh;
💎 Bonuslar, premiyalar;
💡 Kuchli, ruhlantiruvchi JAMOA;
Ish jadvali sodda va sizga qulay belgilanishi;

😎Talablar:👇

Mas’uliyat bilan ishlash;
😃 Doim yuqori kayfiyatda ishlash;
🤝 Kompaniyaga sodiq bo‘lish;

❗️Diplomga kelsak😃, diplom bo‘lsayu qobiliyat yetmasa ham bo‘lmaydi.🤓 QOBILIYATINGIZ KUCHLI BO‘LSA YETARLI😊

🕹Ish vaqti; Sizga qulay vaqt kelishiladi💡

P/S: Tanlov juda qiyin, faqat eng kuchlilari qoladi 🔥

Agar siz munosibmiz deb hisoblasangiz, o'zingizning rezyumengizni @AlterEgoUzb kanali menejeri: @Menejer_AE ‘ga jo‘nating!

📞 93 169 21 20
☎️ 93 119 21 25

📍 Angren shahar, 5/5-dahasi(vakansiyalar esa yangi filial uchun😉)

#Vakansiya #Õquvmarkaz #Angren #Repetitor #Sifatlitalim #Kuchlijamoa #Ishonchli
#Olimpiada
#Matematika

📍O’zbekiston terma jamoasi ilk bor Bolqon
Matematika Olimpiadasida ishtirok etadi

Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida 40-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada Albaniya, Aljir, Ozarbayjon, Bosniya va Gersogoviniya, Chernogoriya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Kipr, Fransiya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Turkmaniston, Turkiya mamlakatlaridan jami 132 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.

❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda. Olimpiada bir bosqichda tashkil qilinib, Ishtirokchilarga xalqaro olimpiadalar metodologiyasi asosida yaratilgan kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriya va algebra yo’nalishlarida 4 ta masala taqdim qilinadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4,5 soat vaqt ajratiladi, har bir masala 10 balldan baholanadi.

Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:

Raxmatov Anvarbek
-Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
Xalilov Suxrob - Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
G‘afforov Rasulbek-Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;

Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Olimpiada

Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Eslatib o’tamiz, Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Fotoreportaj #Matematika

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Matematika_yozgi_oromgohi
#Pekin

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida tashkil etilgan “Birinchi xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023”da ishtirok etishmoqda.

🔴 Mazkur oromgoh doirasida olimpiada tashkil etilib, unda ishtirokchilar 2 kun davomida 3 ta topshiriq asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

❗️Olimpiada jarayonlari, ertaga 2-iyul kuni yakunlanadi va ishtirokchilarning ishlari tahlil qilinib, ballari e’lon qilinadi.

✔️Ma'lumot uchun, mazkur oromgohda 25 mamlakatidan 200 nafarga yaqin o‘quvchilar va terma jamoa trenerlari ishtirok etishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Matematika_fani
#Loyiha
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

Angren shahar 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 4-"A"sinf oʻquvchilari oʻrtasida 17-yanvar kuni
matematika fanidan lego o'yinchoqlari detallaridan "Mening eng zamonaviy uy loyiham" nomli auksion dars oʻtkazildi.
Auksionda oʻquvchilar o'z loyihalari haqida to'liq ma’lumot berib, o'z loyihalarini reklama qildilar.
Har bir o'quvchining yasagan uy loyihalariga o'rinlar berilib, o'quvchilar taqdirlandilar.
Lego konstruktori o'yinlari orqali o'quvchilar ziyraklik, zukkolik, topqirlik kabi hislatlari rivojlanadi.
O'quvchilar o'z loyihalarini himoya qilib, reklama qilish orqali o'zlariga bo'lgan ishonchlari ortadi. Mustaqil fikrga ega bo'ladilar va kelajakka yanada ishonchi ortadi.

Sinf rahbari: Sabirova Xayriniso Xasanovna
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Bo‘shliqlarni_to‘ldirish
#Matematika_fani
#Mavzu_Yuz_o‘lchov_birliklari
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

    📘Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ismatullayeva Nargiza Abdukarimovna tomonidan 2-"A"sinfida
matematika fanidan o‘quvchilarni bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida joriy yilning 29-yanvarida qo‘shimcha mashg‘ulot tashkil etildi.
📕Bu mashg'ulotga sinfdagi barcha o‘quvchilar 💯% qamrab olindi.
📚Mashg‘ulot mavzusi: Yuz o‘lchov birliklari
📗Mashg‘ulotda o‘quvchilarga yana bir bor yuz o‘lchov birliklari haqidagi bilimlar berildi. Ularga oid misol va masalalar yechishda avval ularni bir xil o‘lchov birliklariga keltirish, hisoblash yo‘llari yana bir bor o‘quvchilarga taʼkidlab o‘tildi
.
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#To‘garak
#Matematika
#Boshlang‘ich #taʼlim #metodbirlashmasi

04.02.2025.

  🏫Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ismatullayeva Nargiza Abdukarimovna tomonidan 2-"A"sinfida har haftaning seshanba kuni soat 12:25-13:10 gacha
matematika fanidan "Qiziqarli matematika" to‘garagi tashkil etilgan.
📕Bu to‘garakka sinfdagi barcha o‘quvchilar 💯% qamrab olingan.
📗To‘garakda o‘quvchilarga "Ko‘paytirish va bo‘lish" mavzusi o‘tildi.
📚"Zanjir", "Tushuntirish" metodlaridan foydalanib, ko‘paytirish va bo‘lishga oid misol va masalalar yechishga o‘rgatildi
.