Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
865 subscribers
26.8K photos
4.92K videos
97 files
7.09K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.

Мурожаат учун: @angrenxtbaloqabot
Download Telegram
#ANGREN_SHAHAR
#20_MAKTAB
#HUNARMANCHILIK
#QO‘L_MEHNATI

⚡️
Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta taʼlim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ismatullayeva Nargiza Abdukarimovna tomоnidan  2-"A" sinfida o‘quvchilarni kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida 2025-yilning 13-may kuni "Men ham kulol bo‘laman" nomli tanlov tashkil qilindi.
      ⚡️O‘quvchilarning ishlarini baholash uchun boshlang‘ich sinf ustozlaridan Ermatova R.J, Boborahimova M.N, Sobirova X.X, Yuldasheva S.A, Eliboyeva D.F. lar yaqindan yordam berdilar.
⚡️Tanlovda o‘quvchilarning ish unumdorligining sifatli va murakkablik darajasi hamda ijodkorligiga ko‘ra xolisona o‘rinlar berildi.

⚡️1-2-3-o‘rinni olgan o‘quvchilar" Maqtov yorlig‘i" bilan mukofotlandi.
#Angren_shahar
#20_maktab
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

14.05.2025

Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta taʼlim maktabi 1-ʼʼBʼʼ sinf o‘quvchilari o‘rtasida ʼʼKULOLCHILIK-OTA MEROSʼʼ mavzusida tanlov o‘tkazildi.
Kulolchilik va sanʼat o‘zaro bog‘liqligi madaniy meros ekanligi haqida tushunchalar berildi.
O‘quvchilar o‘zlari yasagan buyumlari haqida maʼlumotlar berishdi.
Tanlovdagi o‘rinlar o‘quvchilarning qarsaklari yordamida baholandi.
1-o‘rin Naziraliyev Yaxyobek va Abdunabiyeva Dildora
2-o‘rin Oktamov Shaxram, Nematjonova Sahina va Abdullayeva Komila
3-o‘rin Djurayev Behruz, Anvarova Shodiyona va Abdulxamitova Madina
Tanlov orqali o‘quvchilarning madaniy merosga va sanʼatga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.

Sinf rahbari: Sheranova Dilorom Uralovna
#Angren_shahar
#20_maktab
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

🍀
Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta taʼlim maktabi 2-ʼʼVʼʼ sinf o‘quvchilari tomonidan O‘zbek xalq ertagi ʼʼZumrad va Qimmatʼʼ ertagi sahnalashtirildi.
🍀Ertakni sahnalashtirish jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining aktyorlik mahoratlarini namoyish qilishdi.
🍀O‘quvchilarning qo‘g‘irchoq teatriga va ertaklarga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi.

Sinf rahbari: Xudayquliyeva Zebiniso To‘raboyevna
#Angren_shahar
#20_maktab
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta taʼlim maktabi 4-ʼʼBʼʼ sinf o‘quvchilari ʼʼSholg‘omʼʼ ertagini sahnalashtirishdi.
Ertakni sahnalashtirish jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki nutqi rivojlantirildi.
O‘quvchilarning ertaklarga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi.

Sinf rahbari: Yuldasheva Saida Abdubannayevna
#ANGREN_SHAHAR
#20_MAKTAB
#ZAKOVAT
#2_A_SINF
#4_TURNIR
   
⚡️
Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ismatullayeva Nargiza Abdukarimovna 2-"A" sinfi o‘quvchilari bilan tashkil qilgan "ZAKOVAT" klubining oxirgi 4-turnirini o‘tkazdi.
⚡️Bugungi turnir savollari o‘zgacha bo‘ldi va o‘quvchilar yuqori kayfiyatda ishtirok etishdi.

Shartlar nihoyasiga koʻra:
🥇-oʻrin: "ЕVEREST"
🥈-oʻrin: "WUNDERKING"
🥉- oʻrin:"ZAKONAVT" guruhlari egallashdi.
#Angren_shahar
#20_maktab
#2_ʼʼVʼʼ_sinf
#Zakovat_intellektual_tanlovi

🏆
Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta taʼlim maktabi 2-ʼʼVʼʼ sinf o‘quvchilari o‘rtasida ʼʼZAKOVATʼʼ bo‘lib o‘tdi.
🏆O‘quvchilar jamoalarga bo‘linib, berilgan qiziqarli, mantiqiy, topqirlik va fikrlashni talab qiladigan topshiriqlarga javob berishdi.
🏆O‘yin davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilar o‘zlarining bilimdonligi va tezkor fikrlashi bilan ajralib turdi.
🏆O‘quvchilar o‘rtasida bahs-munozaralar qizg‘in tus oldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin: ʼʼChaqqonlarʼʼ
2-o‘rin: ʼʼTopqirlarʼʼ
3-o‘rin: ʼʼZukkolarʼʼ jamoalari egallashdi.

Sinf rahbari: Xudayquliyeva Zebiniso To‘raboyevna
#Toshkent_viloyati
#Angren_shahar
#Eʼtirof

Bugun 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Ibratli oila" ko'krak nishonlari butun Respublikamiz bo‘ylab o‘z egalariga topshirildi.

Mazkur sana munosabati bilan
Angren shahar Istiqbol mahallasida istiqomat qiluvchi, Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi O‘IBDO‘ Djurayev Abdumannob Baymakovich hamda turmush o‘rtoqlari Djurayeva Buviniso Abduvalovnalar uzoq yillar davomida umrguzaronlikda yashab, yosh avlodga o'rnak bo'lib kelayotganliklari uchun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Toirovich Mirzayev tomonidan “Ibratli oila” ko'krak nishoni bilan munosib taqdirlandilar.Ustozlarni yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz!

📱
Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#Angren_shahar_MMTB
#20_maktab
#Olimpiada
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

📚14-may kuni boshlang‘ich 1-2-3-4-sinflarda iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish va maktab ichki olimpiadasini o‘tkazish maqsadida
Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta taʼlim maktabi v.v.b Topilova S. A. tashabbusi bilan olimpiadaning 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada 1-sinf o‘quvchilaridan 10ta matematika va 10 ta ona tili fanlaridan, 2-3-4-sinf o‘quvchilardan matematikadan 20ta, tabiiy fandan 5ta test sinovi asosida blokli testlar olindi.

Tarix fani o‘qituvchisi Ismoilova D. Y. nazoratchi bo‘lib ishtirok etdi.
#Angren_shahar
#20_maktab
#ZAKOVAT

📚Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta taʼlim maktabi 1-ʼʼBʼʼ sinf o‘quvchilari o‘rtasida ʼʼZAKOVATʼʼ intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
📚O‘quvchilar o‘zlarining bilimi, iqtidori va chaqqonligi bo‘yicha bellashdilar.
📚Bellashuvni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning zehnini va kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish.
📚Shartlar bo‘yicha bahs-munozaralar qizg‘in tus oldi.
📚Bellashuv so‘ngida g‘olib jamoalar taqdirlandi.
1-o‘rin: ʼʼTopqirlarʼʼ
2-o‘rin: ʼʼZukkolarʼʼ
3-o‘rin: ʼʼChaqqonlarʼʼ jamoalari egallashdi.

📚Kelgusida bilimli yoshlarimiz safi yanada kengayaversin!

Sinf rahbari: Sheranova Dilorom Uralovna
Forwarded from Халида Юлдашевна
#Angren shahar MMTB

"GIMNASTIKAGA ILK QADAM"
SARALASH BOSQICHI

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 dekabrdagi "Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to'g'risida"gi PQ-449-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 20-may kuni Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi tasarrufidagi Davlat maktabgacha talim tashkilotlarining 6-7 yoshli tarbiyalanuvchilari o'rtasida
"GIMNASTIKAGA ILK QADAM"  musobaqasining shahar saralash bosqichi  bo'lib o'tdi.

Musobaqa natijasiga koʻra,
🥇1-o'rin 10-DMTT tarbiyalanuvchisi Nuriddinova Yasmina
🥈2-oʼrin 36-DMTT tarbiyalanuvchisi Akilxanova Afruza
🥉3-o'rini  40-DMTT tarbiyalanuvchisi Saydaliyeva Dinara faxrli oʻrinni egallashdi.

1-oʼrin sohibasi Yasmina Nuriddinova viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.

Sportning nafis sanʼati gimnastika gʻolibasi boʻlgan Yasminaxonga Viloyat bosqichida omad tilaymiz.