Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
614 subscribers
23.7K photos
4.47K videos
92 files
6.89K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#Angren shahar
#30-maktab
#Jadidlar izidan haftaligi
#Ma'naviyat soati
*2024-yil 27-sentabr kuni Angren shahar 30-umumta'lim maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 273-sonli buyrug'ining 4-ilovasi tadbirlar rejasida ko'rsatib o'tilgan "Jadidlar izidan haftaligi"da Ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi tomonidan 6-sinfda "Ma'rifatparvar ajdodlar yodi"mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi .
*Tadbirda o'quvchilar ma'rifatparvar ajdodlarimizdan Abdurauf Fitrat ,Abdulla Avloniy,Mahmudxo'ja Behbudiy,Usmon Nosir,H.H.Niyoziy va boshqa jadidlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi
ko'rik-tanlov
#JADIDLAR IZIDAN

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirig'i asosida, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Jadidlar izidan" Respublika ko'rik tanlovining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarning boy ma'naviy merosini keng targ'ib qilish, ma'naviy dunyosini boyitish maqsadida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 6-8,9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida joriy yilning 31-oktyabr kuni Angren shahar 4-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida «Jadidlar izidan» Respublika tanlovining shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

📌Tanlov 2 ta shart (test, savol-javob) bo'yicha belgilangan Nizom asosida o'tkazildi. Xakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko'ra quyidagicha natija qayd etildi.

⚡️Tanlovda ishtirok etgan 6-7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida:
1⃣-o'rin 26-sonli umumta'lim maktabidan  8-sinf o'quvchisi Erkinova Charos;
2⃣-o'rin 6-sonli umumta'lim maktabi 8-sinf o'quvchisi Qodiraliyeva Muslima;
3⃣-o'rin 29-sonli umumta'lim maktabi 7-sinf o'quvchisi Maqsudxonov Avlodxon;

⚡️Tanlovda ishtirok etgan 9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida:
1⃣-o'rin 7-sonli umumta'lim maktabi 10-sinf o'quvchisi Abdug'aforova Bahoroy;
2⃣-o'rin 4-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi Kolbekova Sevinch, 2-sonli umumta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi Zokirjonova Naimaxon;
3⃣-o'rin 16-sonli umumta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi To'xtamurodov Asilbek egallashdi.

⚡️Tanlov yakunida g'oliblar Angren shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i S. Nuriddinovning faxriy yorlig'i bilan taqdirlandi.
Bugungi yutuqlar bilan g'olib bo'lgan o'quvchilarimizni tabriklaymiz!
📌Ma'lumot o'rnida: Shahar bosqichida 1-o'rinni egallagan 6-7-8, 9-10-sinf o'quvchilari viloyat bochqichida ishtirok etadi. Respublika bosqichida esa eng yuqori ball to'plagan 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta'lim sayohatini amalga oshirish imkoniyatini qo'lga kiritadi.