Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
614 subscribers
23.7K photos
4.47K videos
92 files
6.89K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#besh_tashabbus
#20_maktab

⚡️ Joriy yilning 11-sentabr kuni  20-umumiy o‘rta ta’lim maktabning  jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari  R.Xasanov va D.Qo‘shamatovlar  tomonidan  5 tashabbus olimpiadasining 7  yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan boshlang‘ich  sinflar  o‘rtasida Quvnoq  startlar   sport musobaqalari o‘tkazildi.
📌Musobaqa o‘quvchilarga talabchanlik, chaqqonlik, quvnoqlikni,  do‘stona munosabatda bo‘lishni   o‘rgatdi.
#ANGREN_SHMMTB
#zakovat
#besh_tashabbus

2023-yil 13-sentyabr kuni Angren shahar MMTBga tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilaridan tashkil topgan jamoalar o'rtasida "
Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Zakovat" intellektual o'yinining saralash (shahar) bosqichi bo'lib o'tmoqda.
#Angren shahar
# "Dorilfunun" MFY 14-maktab
#Besh_tashabbus

🏆 Besh tashabbus olimpiadasi maktab bosqichining uchinchi kuni🏐🏐🏐

🏓🏸Joriy yilning 13-sentabr kuni besh tashabbus olimpiadasining voleybol sport turi bóycha maktab bosqichi ótkazildi.
Musobaqa maxalla yoshlar yetakchisi ,maktab MMIBDO' lari va maktab jismoniy tarbiya o'qituvchilari xamkorligida tashkillashtirildi.
#Angren shahar
# "Dorilfunun" MFY 14-maktab
#Besh_tashabbus

🏆 Besh tashabbus olimpiadasi maktab bosqichining uchinchi kuni🏐🏐🏐

🏓🏸Joriy yilning 13-sentabr kuni besh tashabbus olimpiadasining futbol sport turi bóycha maktab bosqichi ótkazildi.
Musobaqa maxalla yoshlar yetakchisi ,maktab MMIBDO' lari va maktab jismoniy tarbiya o'qituvchilari xamkorligida tashkillashtirildi.
#besh_tashabbus
#zakovat

⚡️ Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvar “Zakovat” intellektual  o‘yinini  aholi  o‘rtasida  ommaviy-ma’rifiy  harakatga  aylantirish  va boshqa  intellektual  o‘yinlarni  rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-96-son qarori asosan, umumta’lim maktab o‘quvchilari  o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining  shahar bosqichida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘l olgan  13,18,23-maktab "Zakovat" intellektual o‘yini jamoalari  Zakovat Arenada (Yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua binosida)  ishtirok etishmoqda.
   👏13,18,23-maktab jamolariga  OMAD TILAYMIZ !
#ANGREN_SHXTB
#besh_tashabbus
#sport

⚡️ Bugun Angren shahar   Maktabgacha va maktab ta’limi  bo'limi tasarrufidagi  ta'limmuassasalarining  14-15-yoshli o'g'il-qiz bolalar o'rtasida Yengil atletika  bo'yicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ni maktab o‘quvchilari ishtirokidagi ikkinchi mavsumi shahar bosqichi "Kimyogar" stadionda o‘tkazildi. Unga ko'ra  qizlar o'rtasida 1-o'rinni   21-maktab, 2-o'rinni 28-maktab
3-o'rinni 41-maktab
o'g'il bolalar o'rtasida
1-o'rin 26-maktab
2-o'rin 18-maktab
3-o'rin 43-maktablar egallashdi.
#besh_tashabbus

⚡️ Bugun Angren shahar umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida 17-umumiy o'rta ta'lim maktabida besh tashabbus olimpiadasi doirasida "VOLLEYBOL" sport turidan qiz bolalar orasida shahar bosqichi musobaqasi o'tkazildi.
1-o'rin 26-maktab
2-o'rin 27-maktab
3-o'rin 39-maktab hamda 15 maktablar  egallashdi.
#besh_tashabbus


⚡️ Bugun  Angren shahar MMTB tassarufidagi ta’lim muassasalarida maktab bosqichida "Balli qizlar" ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘lgan  8-10-sinf o‘quvchi-qizlar o‘rtasida 10,13,16,18,25-maktablarda hudud bosqichi o‘tkazildi. Tanlov natijasiga ko‘ra 15,20,26,29,43-maktab o‘quvchi qizlari  g‘olib bo‘lib, shahar bosqichiga yo‘l olishdi.
#ANGREN_SHMMTB
#Besh_tashabbus

📖Bugun Angren shahar  MMTB faollar zalida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022–yil 11-apreldagi PF-201-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga  mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida sportning  📌“Shashka” (11-17 yosh), (o‘g‘il va qiz bolalar)
“Shaxmat” (1-11-sinf) (o‘g‘il va qiz bolalar).“Yengil atletika” (14-15 yosh) (o‘g‘il va qiz bolalar) “Voleybol” (16-17 yosh) ( qiz bolalar)
“Stol tennis” (14-17 yosh) (o‘g‘il va qiz bolalar) “Mini-futbol”  (16-17 yosh) (o‘g‘il bolalar). “Quvnoqlar va zukkolar” (8-11-sinf) (o‘g‘il va qiz bolalar) “Quvnoq startlar (7-10 yosh) (o‘g‘il bolalar) MMTB tassarufidagi ta’lim muassasalarining g'olib   bo'lgan o‘quvchilari diplom va estalik sovg'alar bilan  taqdirlandi
.
#ANGREN_SHMMTB
#besh_tashabbus
#taqdirlash

📖Bugun  Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi  TTTIMBM  Ma’mura  Usmanova   umumta’lim  maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni  hamda  15-noyabr kuni Nurafshon shahar Yoshlar markazida o‘tkazilgan "Maktablar ligasi" Shaxmat musobaqasining jamoaviy  g‘oliblikni ya’ni 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan 21-maktab o‘quvchilarini Diplom bilan taqdirladi.
#Angren_shahar
#Besh_tashabbus
#Yosh_kitobxon

🔰Angren shahar MMTB tasarrufidagi 24-maktabda tashkil etilgan "Jadid izidan" toʻgaragi aʼzolari oʻrtasida joriy yilning 12-dekabrida "Besh tashabbus" borasida "Yosh kitobxon" yoʻnalishi boʻyicha bellashuv tashkil etildi.Yosh kitobxonlar 3ta shart boʻyicha bellashishdi.

📌1-shart: Tanishtiruv
2-shart: Qissa asosida 3ta savoldan iborat test topshirigʻi
3-shart: Qissa yuzasidan tuzilgan 10ta savollarga yozma javob berish. Oʻquvchilar bergan javoblar sarhisobini hayʼat aʼzolar MMIBDOʻ M.Ernazarova hamda maktab kutubxonachisi belgilab bordilar. Bellashuvda 6,7,8,9-sinflarning yosh kitobxonlari oʻzbek adabiyotining yorqin yulduzi Mirkarim Osim qalamiga mansub boʻlgan "Jayhun ustida bulutlar" qissasi asosida bilimlarini sinab koʻrdilar.

🥇Bellashuv natijasiga koʻra
6-b hamda 8-sinf oʻquvchilari 1-oʻrinni, 9-a sinf oʻquvchilari 2-oʻrinni, 9-b sinf oʻquvchillari 3-oʻrinni egallashdi.

Gʻolib guruhlar kelasi haftaning seshanba kunida shahar bosqichi uchun bellashuvni davom ettirishadi.
Yosh kitobxon oʻquvchilarga omad tilab qolamiz.

Toʻgarak rahbari ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi N.X.Sultanova