Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
614 subscribers
23.7K photos
4.47K videos
92 files
6.89K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#Angren_shahar
#20_maktab
#Texnologiya
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

27.01.2025

❄️Angren shahar MMTBga qarashli
20-umumiy o‘rta taʼlim maktabi 2-ʼʼVʼʼ sinf o‘quvchilari texnologiya fanidan ʼʼSuv osti olamiʼʼ mavzusida applikatsiya usulidan foydalangan holda o‘zlarining mahoratlarini namoyish etishdi.
❄️O‘quvchilar o‘zlarining mohirona yasagan ijod namunalarini taqdim etishdi.
❄️Dars davomida chiroyli ijod namunalarini taqdim etgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.

Sinf rahbari: Xudayquliyeva Zebiniso To‘raboyevna
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Rus _tili _fani _metodbirlashmasi.
Angren shahar MMTBga qarashli  20- umumiy o'rta ta'lim maktabi rus tili fani o'qituvchisi Gasimova F.F.  29.01. 2025-yil sanasida 6-"A"sinf o'quvchilari bilan  navbatdagi to'garak mashg'ulotlari o'tkazildi. To'garak mavzusi  "Мои интересы ".  Darsda o'quvchilar faol ishtirik etishdi. So'zlashuv nutqini rivojlantirish maqsadida og'zaki topshiriqlar, dialoglar olib borildi.
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Bo‘shliqlarni_to‘ldirish
#Matematika_fani
#Mavzu_Yuz_o‘lchov_birliklari
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

    📘Angren shahar MMTBga qarashli 
20-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ismatullayeva Nargiza Abdukarimovna tomonidan 2-"A"sinfida matematika fanidan o‘quvchilarni bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida joriy yilning 29-yanvarida qo‘shimcha mashg‘ulot tashkil etildi.
📕Bu mashg'ulotga sinfdagi barcha o‘quvchilar 💯% qamrab olindi.
📚Mashg‘ulot mavzusi: Yuz o‘lchov birliklari
📗Mashg‘ulotda o‘quvchilarga yana bir bor yuz o‘lchov birliklari haqidagi bilimlar berildi. Ularga oid misol va masalalar yechishda avval ularni bir xil o‘lchov birliklariga keltirish, hisoblash yo‘llari yana bir bor o‘quvchilarga taʼkidlab o‘tildi
.
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Ijodkorlik
#Tanlov
#Qish_fasli

⚡️Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli
20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ismatullayeva Nargiza Abdukarimovna tomonidan 29-yanvar 2025-yil kuni sinf rahbarlik qilayotgan 2-"A" sinf o‘quvchilari bilan birgalikda "‘Kumush qish-misoli oqqush" mavzusida rasm chizish tanlovi o‘tkazildi.
⚡️Bunda o‘‘quvchilar faol ishtirok etdilar.
⚡️O‘quvchilarning ijodiy ishlariga,  qo‘l mehnatlariga munosib o‘rinlar berildi
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Savodxonlik_sinovi

💥Bugun 30-yanvar kuni
maktab rahbari A.M.Gafurov 1-sinflarning alifbe darsligini yakunlagani munosabati bilan ularning bilim darajasini oʻrganib chiqdi.

💥Har bir oʻquvchining soʻzlarni toʻgʻri va aniq talaffuz qilishlarini tekshitish bilan birga oʻqish tezligini ham sinovdan oʻtkazdi.
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
# Tarix_Ingliz tili metodbirlashmasi
Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabi ingliz tili fanidan 5-"V" sinf o'quvchilari practice lesson (reading and writing)mavzusida turli xil vazifalar bajarishdi dars so'ngida oquvchilarni sinash maqsadida "running dictation" o'yini o'ynaldi. Bunda o'quvchilar eslab qolish qobilayatini oshirib, so'zlarni o'z o'rnida qo'llashni o'rganishdi
O'qituvchi: Abdumalikova Maftuna
#ANGREN_SHAHAR_MMTB
#20_MAKTAB
#TABRIK

⚡️Angren shahar
20-maktab 9-"A" sinf oʻquvchisi Mirzayev Dovud Osiyo chempiyanatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
⚡️Mirzayev Dovudni yutuqlar bilan tabriklaymiz.
⚡️Toshkent viloyati Angren shahar bollalar bilan ishlash boʻlim boshligʻi A.T.Yusupov Mirzayev Dovudni yutuqlari bilan tabrikladi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi .
⚡️Maktabning inspektor-psixologi Otaxonov Umid ham oʻquvchini tabriklab kelgusi ishlariga omad tiladi .

MMIBDOʻ: X.S. Jumanova
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Ommalashtirish
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

⚡️Angren shahar MMTBga qarashli 
20-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang‘ich taʼlim metodbirlashmasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Ko‘riladigan masala
1.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ish tajribasini ommalashtirish uchun yozilgan metodik tavsiyalari bilan tanishish.
⚡️Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan Ismatullayeva N.A. Gaynazarova M.A, Yuldasheva S.A, Eliboyeva D.F, Buriyeva D.A, Sheranova D.U, Matazova G.S. larning metodik tavsiyalari ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.
⚡️Muhokama xulosasiga ko‘ra, metodik ishlar pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun tavsiya etildi.
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Boshlang‘ich_taʼlim_metodbirlashmasi

  ✏️Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli
20-umumiy o'rta ta'lim maktabi 3-"A"sinf o'quvchilariga "Ifodali o'qish" to'garagi bo'lib o'tdi.
Toʻgarakda oʻqish tezligi  olindi.
  📖Tez o'qish me'yoriy tezlikda o'qish bo'lib, o'qish sur'ati bir-biridan farq qiladi. O'qish tezligi bir daqiqadan o'qiladigan so'zlar soni bilan belgilanadi. 2005-yilda e'lon qilingan O'qish dasturida 3-sinfning 2-yarim yilligida 70-80 so'z norma hisoblanadi.
  O'qish tezligini baholash ham DTS tartib-qoidalariga asosan baholandi. O'quvchilar o'rtacha 80ta so'z o'qishdi. Tez o'qish orqali o'quvchilarning xotirasi mustahkamlanadi, matn  mazmunini tushunish yanada osonlashadi va kamroq muddat ichida ko'proq ma'lumot esda qoladi. Bu orqali o'quvchilarning bilimi har tomonlama o'sadi.

👩‍🏫Sinf rahbari: Buriyeva Dilafruz Akobirovna
#Angren_shahar
#20_maktab
#Oʻqish_savodxonligi
#Boshlangʻich_taʼlim_metodbirlashmasi

31.01.2025

⚡️ Angren shahar MMTBga qarashli
20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 4-"V" sinf oʻquvchilari tomonidan oʻqish savodxonligi fanidan "Chumoli va bugʻdoy donasiʼʼ ertagi sahnalashtirildi.
⚡️Oʻquvchilar oʻzlariga berilgan rollarni mohirlik bilan ijro etishdi.
⚡️Ertak orqali tabiatni asrash, tabiat neʼmatlaridan oqilona foydalanish haqida oʻquvchilar ijobiy xulosalar chiqarishdi.

Sinf rahbari: Boborahimova Mohira Nurmaxatovna