Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
614 subscribers
23.9K photos
4.55K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#5_tashabbus
#19_maktab

Angren shahar
19-sonli umumta'lim maktabida 2023-yil 12-sentyabr kuni
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish tog'risidagi" qarorining va Angren shahar MMTBning 2023-yil 5-sentyabrdagi 01/4-541 xatining ijrosini ta'minlash maqsadida "Besh  tashabbus olimpiadasi" doirasida
maktab bosqichida yuqori sinf o'quvchilari oʻrtasida shashka sport musobaqalari o'tkazildi.

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari

👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#DIQQAT_TEMIR_YOL
#19_maktab
#Jarayon
  
⚡️ Joriy yilning 20-sentabr kuni Toshkent mintaqasidagi temir yo‘l transportida XTB “Angren” bekatidagi bo‘limi HPG inspektorlari  katta leytenant  B.U. Qo‘shmonov va I. Sh. Dehqonovlar tomonidan temir yo‘llarda poyezdlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, Angren shahar MMTBga qarashli 19-sonli umumta'lim  maktabda "DIQQAT TEMIR YO‘L”, Qoradori-2023 mavzusida profilaktik yig‘ilish tashkillashtirildi. Yig‘ilishda o‘quvchi yoshlarga temir yo‘lni belgilanmagan joylaridan kesib  o‘tmaslik, temir yo‘l yaqinida chorva mollarini boqmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik, harakatdagi poyezdlarga osilmaslik va relslarga begona jismlarni qo‘ymaslik tushuntirib o‘tildi.

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#19_maktab
#xon_atlas

🌸Angren shahar 19- umumta'lim maktabi 1-11 sinf o'quvchilari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 22- sentyabrdagi 06-06/1-2320-sonli xati ijrosini ta'minlash, hamda milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o'tmishi, urf-odati va an'analarini, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida "Xon atlas" festivali o'tkazildi.
#ANGREN_SHMMTB
#19_maktab
#balli_qizlar
🌸Joriy yilning 10-oktabr kuni Angren shahar MMTB tasarrufidagi 19-sonli umumta'lim maktabida "Qizlar- millat tayanchi" shiori ostida "Balli qizlar" tadbiri bo'lib o'tdi.‌‌ 📌Tadbirda qizlar 3-bosqich shartlari bo'yicha bellashdilar. Salomlashish, she'rxonlik va erkin mavzu shartlarida ğolib bólgan qizlarni ertalabki saflanishda MMIBDO' rahbari Masaitova Bibiniso Nurmatovna va ChQBT rahbari Yuldashev Xilol tomonidan estalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
#19_maktab
#tanlov

📖Angren shahar MMTB tasarrufidagi 19-umumta'lim maktabida ma'naviyat marafoni doirasida yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida "Go'zal Hayot" shiori ostida  rasmlar tanloviga o'tkazildi hamda "Quvnoq startlar" musobaqalariga start berildi. Hozirda o'quvchilar ishlari hay'at a'zolari tomonidan jamlanib  borilmoqda.
#19_maktab
#bayroq

⚡️ Bugun 1991-yil 18 noyabr "Davlat bayrogi tòģrisida"gi qonun tasdiqlangan kun munosabati bilan"Ma'naviyat marafoni doirasida" "Biz bir bòlsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!" ma'naviyat marafon tadbiri MMTB tassarufidagi
19-umumiy òrta ta'lim maktabida "Hilpra bayroģim"shiori ostida òtkazildi.
#Angren_shahar
#19-maktab
📚MEN_HAM_HARBIY_BO'LAMAN
kitobining taqdimoti

•Armiya faqat qurol va aslaha bilan emas, ona vatan uchun jonini ayamaydigan harbiylar bilan qudratlidir.
•Shavkat Mirziyoyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti,Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni

🇺🇿Angren shahar 19-umumta'lim maktabida navbatdagi " Men ham harbiy bo'laman!" kitob taqdimoti 10-11-sinflar, "Vatan tayanchi" a'zolari hamda " Yosh Gvardiyachilar" harbiy vatanparvarlik sinfi o'quvchilari bilan CHQBT fani o'qituvchisi H.Yuldashev tomonidan slaydlar,videoroliglar orqali o'tkazildi.

📖Ushbu kitob matonatli harbiylar hayotiga,bu yo'lga kirish orzusidagi yoshlarga bag'ishlangani bilan ahamiyatli.Aynan ushbu kitob vatanparvarlik,yurtga sadoqat bilan xizmat qilish,o'z taqdirini yurt taqdiri bilan uzviy bog'lash kabi ezgu g'oyalarga asoslangani bilan ahamiyatlidir.

📙"Vatan tayanchi" a'zolari kitob o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'ularini yuksaltirib,harbiy sohaga hurmat va qiziqish hisini oshirishini aytib o'tdi.
#Angren shahar
#19-maktab
# Ota-onalar yig‘ilishi

Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir" A. Avloniy
📌 Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 19-umumta'lim maktabida  2024-yil 12-oktabr kuni Prezidentimizning 2024-yil 30-sentabrdagi "Ustoz va murabbiylar kuni" murojaatnomasi boʻyicha ota-onalar yigʻilishi oʻtkazildi.
📌 Yigʻilishda Toshkent viloyati Angren sahar, "Grum" MFY faollari, maktab Milliy gvardiya inspektor-psixologi Imonov Bekzod Mirzomiddin òĝli va ota-onalar ishtirok etishdi.
Yigʻilishda maktab direktori X.Djurayeva Yurtboshimizning murojaatnomasini mazmun-mohiyatini yigʻilish ishtirokchilariga oʻqib eshittirdi hamda maktab MMIBDÒ. B.N.Masaitova maktab pedagoglar jamoasi murojaatnomasi bilan tanishtirib o‘tdi.
♻️ Yigʻilish davomida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha videorolik ko‘rsatildi, ota-onalardan "Farzand bilan ota-ona munosabatini aniqlash" so‘rovnomasi olindi.
#kun_xabari
#Angren_shahar
#19-maktab
#qatagʻon_qurbonlari_haftaligi
#273_buyruq

🏢 Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabining
🌈 7-sinf oʻqivchilarida sinf soatida
🕯️ "Qatagʻon qurbonlarini yod etish" xaftaligi doirasida

🟢 Vatanparvarlik
📚 Ma'rifatparvarlik, kitobga muhabbat, ajdodlarimizga hurmat tushunchalari haqida keng maʼlumotlar berildi.

🎗️ Bir qator jadid namoyandalari, ularning hayoti haqida alohida toʻxtalib oʻtildi.
📚 Oʻquvchilarda jadid namoyandalari ijodiga qiziqish paydo boʻldi.

📌 Oʻqituvchi: Pardayeva. Muborak
#Angren shahar
#19-maktab
#Hosil bayrami

Angren shahar MMTB ga qarashli 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 1-11-sinf oʻquvchilari tomonidan jannatmakon yurtimizda , betakror tabiatimizda pishib yetiladigan turfa neʼmatlaridan tashkil etilgan "HOSIL BAYRAMI" boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan sabzavot va mevalarga oid maʼlumotlar berildi va she'rlar, topishmoqlar hamda tez aytishlar aytib yigʻilganlar koʻnglini hushnud qildilar.
#kun_xabari
#Angren_shahar
#19-maktab
#davra suhbati
#282_buyruq


ANGREN SHAHAR MMTBga QARASHLI 19-UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABIDA 2024-YIL 31-OKTABR KUNI 5-11-SINF OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA "ERTA TURMUSH ", DAVOMOT, MAKTAB FORMASI, ODOB-AXLOQI, QIZLARNING MAKTABDA UZINI TUTISHI MAVZUSI YUZASIDAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI. DAVRA SUHBATIDA MAKTAB MMIBDÒ B.N.MASAITOVA, ONA TILI VA ADABIYOT FANI ÒQITUVCHISI K.T.RUSTAMOVA OʻQUVCHI QIZLARGA MAVZU YUZASIDAN TUSHUNCHALAR HAMDA ZARUR TAVSIYALAR BERDILAR.
MAQSAD: OʻQUVCHI QIZLAR KELAJAKDA ERTA TURMUSH VA ERTA TUGʻRUQ MUAMMOLARIGA DUCH KELMASDAN OʻZ YOʻLLARINI ADASHMASDAN TOPA OLISHGA OʻRGATISH.🌸🌸🌸🌸🌸
#Angren shahar
#19-maktab
#Mehrjon bayrami

Angren shahar MMTB ga qarashli 19-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2-sinf oʻquvchilari hamda sinf rahbari L.Axmedova tomonidan jannatmakon yurtimizda , betakror tabiatimizda pishib yetiladigan turfa neʼmatlaridan tashkil etilgan "MEHRJON BAYRAMI" boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan sabzavot va mevalarga oid maʼlumotlar berildi va she'rlar, topishmoqlar hamda tez aytishlar aytib yigʻilganlar koʻnglini hushnud qildilar.
#Angren shahar
#19-maktab
#Keksalar va ijtimoiy-himoyaga muhtoj fuqorolarni holidan xabar olish

Аngren shahar MMTBga qarashli 19-umumiy òrta ta'lim maktabida 2024-yil 1-noyabr kuni 9-sinf òquvchilari hamda sinf rahbari M.X.Mòminova bilan birgalikda Grum MFY mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriylaridan biri M.Maroziqovaning uylariga borib soĝliklaridan xabardor bòlib, uy ishlariga kòmaklashib kelishdilar.
#Toshkent_viloyati
#Angren_shahar
#19-maktab
#Ertalabki_saflanish

♻️ 2024-yil 25-noyabr kuni Angren shahar 19-sonli umumiy òrta ta'lim maktabida ertalabki saflanish o'tkazildi.

🇺🇿 Saflanishda maktab direktori X.E.Djurayeva va maktab MMIBDÒ B.N.Masaitova tomonidan "Muqaddasdir vatan bayrog'i" haftaligi davomida ko'rik-tanlovlarda  faol ishtirok etib, yutuqlarga erishgan o'quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan "kitob"lar bilan taqdirlanishdi.

📌Bundan tashqari o‘quvchilariga yo'l harakati qoidalariga hamda odob-axloq qoidalari, tartib-intizomga rioya qilishlari lozimligi uqtirildi.
#Angren_shahar
#19_maktab


🇺🇿Angren shahar MMTBga qarashli maktabida o'quvchilar bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida " ARMIYA - JASORAT, MATONAT VA BILIM MASKANI " shiori ostida davra suhbati o'tkazildi.

⬜️ Qiziqarli o'tgan tadbirda mahoratli pedagog X.Yuldashev tomonidan ôquvchilar rağbatlantirildi.
#Angren shahar MMTB
#19-maktab
#Vatanparvarlik haftaligi
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Toshkent viloyati Angren shahar
19-umumiy ôrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani ôqituvchilari M.Pardayeva va K.Rustamovalar rahbarligida "14 yanvar -Vatan himoyachilar kuni"ga bagʻishlangan ma'naviy -ma'rifiy tadbir oʻtkazildi.  Tadbirda oʻquvchilar tomonidan vatan himoyachilari , yurtni sharaflovchi sherlar,qo'shiq va raqslar ijro etildi.Bolalar tomonidan tayyorlangan badiiy kompozisiya tadbirga o'zgacha shukh bahsh etdi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿