Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
615 subscribers
23.8K photos
4.53K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#🔔"SO‘NGGI_QO‘NG‘IROQ"
#ILM_SAODAT_KALITI
#Angrensh_MMTB

🔴Bugun yurtimizning barcha viloyatlari , shahar , tumanlarida bo‘lgani kabi Toshkent viloyati Angren shahridagi barcha umumta’lim maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Mana shunday tadbirlardan biri shahrimizdagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham tantanalar o‘zgacha shukuhda o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Angren shahar bo‘linmasi rahbari Yusupov Alijon Togayevich ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng barcha bitiruvchilarni bugungi kun bilan tabriklab, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotganida zafarlar yor bo‘lishini tiladi.


📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#Xushxabar
#AngrenSh_MMTB
#8_maktab

Joriy yilning 20-iyun kuni Angren shahar MMTBga qarashli 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida
2023-2024 o‘quv yilini a’lo baholar bilan tamomlagan bir guruh bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Ushbu tadbirda Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi o‘quvchilari ham ishtirok etib , 57-nafar bitiruvchilardan 12 nafari umumiy o'rta ta'lim maktabini  "Oltin medal" va 2 nafar “Kumush medal” , jami 14 nafar o‘quvchi oltin va kumush medallar bilan maktabni yakunlashdi.Mazkur o'quvchilarni tabriklaymiz va oliy ta'lim muassasasining eng namunali va bilimli talabasi bo'lishlariga tilakdoshmiz. Bu yilgi 57-nafar bitiruvchilarimizga yurtimizning eng nufuzli OTM talabasi bo‘lishlariga omad tilaymiz.
#AngrenSh_MMTB
#Taekwondo_WT
#5_tashabbus
#8_maktab

Joriy yilning 13-15-sentabr kunlari Toshkent viloyati Bekobod shahrida sportning Taekwondo WT turi bo‘yicha Toshkent viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.Mazkur chempionatda Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari ham ishtirok etib , faxrli 1-2-3-o‘rinlarni egallab, medal , diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.Sportchi o‘quvchilarimizga bundan keyingi musobaqalarda ham omadlar tilaymiz.
#AngrenSh_MMTB
#8_maktab
#1_oktabr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni

Erta tongdan Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan 11-sinf rahbarlari va o‘quvchilari tomonidan ustozlar bayramona kayfiyatda kutib olindi.
#AngrenSh_MMTB
#Hosil_bayrami
#8_maktab

Bugun Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi 8-"B" sinf o'quvchilari tomonidan jannatmakon yurtimiz , betakror tabiatga ega ona zaminimiz turfa ne’matlaridan tashkil topgan  "Hosil bayrami" o‘tkazildi.
Tadbir davomida o'quvchilar sabzavot va mevalarga atab she'rlar yod olishdi hamda ma'lumotlar aytishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AngrenSh_MMTB
#Murojaatnoma
#8_maktab

Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori nomidan ota-onalarga murojaatnoma
.
#AngrenSh_MMTB
#8_maktab
#Prezident_murojaati

"Tarbiya biz uchun yo hayot , yo mamot , yo najot , yo halokat , yo saodat , yo falokat masalasidir
"

Joriy yilning 15-oktabr kuni 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 30-sentyabrdagi "Ustoz va murabbiylar kuni"ga bagʻishlangan yigʻilishidagi murojaatnomasi yuzasidan ota-onalar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Yigʻilish maktab direktori M.X.Usmanovaning kirish soʻzi bilan boshlandi.Prezident murojaatnomasi asosida maktab oʻquvchilari uchun tayyorlangan ota-onalarga murojaatnoma oʻqib eshittirildi.Shundan soʻng Angren shahar 8-maktabga biriktirilgan Milliy gvardiya inspektor-psixologi Otaxonov U.M. so‘zga chiqib, bugungi kunda taʼlim-tarbiya jarayonidagi muammolar, oʻquvchilar xulq-atvori haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.Yigʻilish davomida soʻzga Obliq jom’e masjidi noibi Kushbayev N.qori , MMIBDOʻ E.O.Abdunabiyev va maktab amaliyotchi psixologi M.O.Do‘stmatovalar ham soʻzga chiqishib oʻz fikrlarini bildirdilar.
#AngrenSh_MMTB

Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi tomonidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining  2024-yil  8-oktabrdagi 02-04/4-2022-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida maktablarning 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kim bo‘lsam ekan” mavzusida erkin-ijodiy insholar tanlovi oʻtkazildi.
    Tanlovning maktab bosqichida 1-oʻrinni egallagan oʻquvchilarning ishlari boʻlim tomonidan tuzilgan ishchi guruhiga taqdim etildi. Ishchi guruhi tomonidan tanlovning tuman bosqichi gʻoliblarini aniqlash maqsadida eng yaxshi insho ishlari saralab olindi.
       Tanlovning shahar bosqichida 1-oʻringa 29-umumta’lim maktabning 11-sinf oʻquvchisi Nimatullayeva Sevaraxonning insho ishi loyiq deb topildi va viloyat bosqishida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
🛑
Sevaraxonning ustoziga ,ota-onasiga va maktab psixologiga minnatdorchilik bildiramiz.

Angren shahar
MMTB.
#AngrenSh_MMTB
#8_maktab

Joriy yilning 24-oktabr kuni Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida maktab amaliyotchi psixologi Do‘stmatova Mahfirat Odiljonovna tomonidan 8-“B” sinf o‘quvchilari bilan birgalikda “Men va mening oilam” nomli trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
#AngrenSh_MMTB
#Vatan_tayanchi
#8_maktab

Joriy yilning 25-oktabr kuni Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan 42219-harbiy qismda maktab “Vatan tayanchi” guruhi  a’zolariga ko‘krak nishoni va guvohnomasi topshirish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.Marosimda Angren shahar MMTBga qarashli  8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.Shundan so‘ng o‘quvchilar harbiy qismda harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
#AngrenSh_MMTB
#Zo‘ravonlikdan_xoli_maktab
#8_maktab

Joriy yilning 11-noyabr kuni
Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Noyabr oyi
ZO‘RAVONLIKDAN XOLI MAKTAB shiori ostida o‘qituvchilar o‘rtasida maktab o‘quvchilari bilan munosabatlarini  yaxshilash va ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida “Ijobiy fikrlaydigan insonmisiz” metodikasi va “Ezgu tilaklar” yozilgan stikerlar taqdim etildi.
#AngrenSh_MMTB
#Xalqaro_olimpiada
#8_maktab

Joriy yilning 8-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida MEMA asotsiatsiyasi tomonidan ingliz tili fani bo‘yicha Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.Mazkur olimpiadada Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7-“G” sinf o‘quvchisi Avazova Obida Ulug‘bek qizi ham ishtirok etib , B1 darajali sertifikat va oliy darajali medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi
. O‘quvchimizga bundan keyingi olimpiadalarda ham omadlar tilaymiz.
#AngrenSh_MMTB
#8_maktab
#Taekwondo_WT

Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi 8-"V" sinf oʻquvchisi
Nazirov Imron sportning Taekwondo WT turi boʻyicha 1-Dan qora belbog' sohibi sertifikatini qo'lga kiritdi.Sportchi o‘quvchimizga kelgusi musobaqalarda ham omad tilab qolamiz.

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#AngrenSh_MMTB
#8_maktab
#Ota_onаlar_yig‘ilishi

Bugun 23 noyabr kuni Angren shahar 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ota-onalar ishtirokida “Yo'l harakati qoidalari” to'g'risida yig‘ilish o'tkazilib, yig‘ilishni Angren shahar 1-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik D.Yu.Xusanov olib bordi.Dastlab ota-onalarga mahsus tayyorlangan video lavhalar namoyish etildi.Shundan so‘ng farzandlariga  yo'l transport vositalaridan foydalanish , o'zboshimchalik bilan qonunga rioya etmasdan , ota- onasining avtoulovini olib haydash orqasidan kelib chiqadigan salbiy holatlar va ularning oqibatlari haqida keng tushunchalar berildi.
Shahar IIBB xodimlari tomonidan ota-onalarga o'quvchi , voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar haqida axborot berilib, keng qamrovli reydlar haqida ogohlantirildilar.
#AngrenSh_MMTB
#8_maktab
#Yo‘l_harakati_qoidalari

Bugun 23 noyabr kuni Angren shahar 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabida yuqori sinflar (8-9-10-11-sinflar) ishtirokida “Yo'l harakati qoidalari” to'g'risida yig‘ilish o'tkazilib, yig‘ilishni Angren shahar 1-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik D.Yu.Xusanov olib bordi.Yig‘ilishda shuningdek Angren shahar profilaktika inspektori katta leytenant J.Urazov ham ishtirok etdi.Dastlab o‘quvchilarga mahsus tayyorlangan video lavhalar namoyish etildi.Shundan so‘ng o‘quvchilarni o'zboshimchalik bilan qonunga rioya etmasdan , ota-onasining avtoulovini olib haydash orqasidan kelib chiqadigan salbiy holatlar va ularning oqibatlari haqida keng tushunchalar berildi.
Shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘quvchilarga o'quvchi , voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar haqida axborot berilib, keng qamrovli reydlar haqida ogohlantirildilar.
#AngrenSh_MMTB
#Biz zo'ravonlikka qarshimiz
#41_maktab

Toshkent viloyati Angren shahar 41-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi Uralova F, huquq fani o'qituvchisi Djumabayeva Z. hamda musiqa fani o'qituvchisi Kuyliyeva M. bilan hamkorlikda "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" aksiyasi doirasida yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida davra suxbati va tadbir o'tkazildi. Tadbirda "Oq lenta" aksiyasi, maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan rasmlar tanlovi, devoriy gazetalar ko'rgazmasi, videoroliklar tanlovi bo'yicha hamda "zo'ravonlik" (bulling) nima, uning turlari, sabab va oqibatlari haqida maktab psixologi Uralova F. tomonidan taqdimot qilindi. Zo'ravonlik tushunchasini huquqiy jihatdan asoslash bo'yicha Djumabayeva Z. ma'ruza qildi. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan zo'ravonlikka oid saxna ko'rinishlari ijro etildi. Tadbirda maktab MMIBDO' Mirzabayeva M.M. "Navbaxor", "Obod", "Zarbuloq" MFY raislari, xotin-qizlar maslahatchilari ishtirok etib o'quvchilar bilan savol-javob tarzida davra suhbati o'tkazdilar.
#AngrenSh_MMTB
#Biz zo'ravonlikka qarshimiz
#41_maktab

Toshkent viloyati Angren shahar 41-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi Uralova F, huquq fani o'qituvchisi Djumabayeva Z. hamda musiqa fani o'qituvchisi Kuyliyeva M. bilan hamkorlikda "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" aksiyasi doirasida yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida davra suxbati va tadbir o'tkazildi. Tadbirda "Oq lenta" aksiyasi, maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilayotgan rasmlar tanlovi, devoriy gazetalar ko'rgazmasi, videoroliklar tanlovi bo'yicha hamda "zo'ravonlik" (bulling) nima, uning turlari, sabab va oqibatlari haqida maktab psixologi Uralova F. tomonidan taqdimot qilindi. Zo'ravonlik tushunchasini huquqiy jihatdan asoslash bo'yicha  Djumabayeva Z. ma'ruza qildi. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan zo'ravonlikka oid saxna ko'rinishlari ijro etildi. Tadbirda maktab MMIBDO' Mirzabayeva M.M. "Navbaxor", "Obod", "Zarbuloq" MFY raislari, xotin-qizlar maslahatchilari ishtirok etib o'quvchilar bilan savol-javob tarzida davra suhbati o'tkazdilar.
#AngrenSh_MMTB
#Konstitutsiyaning 32 yilligi
#41 - maktab

Toshkent viloyati Angren shahar 41-umumiy o'rta ta'lim maktabining 4-"B" sinf o'quvchilari tomonidan O'zbekiston Respublikasining 32-yilligiga bag'ishlangan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi " deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirga ustozlar tashrif buyurishdi. Tadbirda Konstitutsiyamizning qachon qabul qilinganligi, uning yangi tahriri va unga kiritilgan o'zgartirishlar, moddalardan namunalar, qomusimizni madh etuvchi she‘rlar, qo‘shiq va chiroyli raqslar ijro etildi. Tadbir juda mazmunli o‘tdi.
Tadbir so'nggida ChQBT ustozi Yadgarov Husniddin o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Sinf rahbari: Ismailova M.T.
#AngrenSh_MMTB
#41_maktab
#Konstitutsiyaning_32yilligi

Toshkent viloyati Angren shahar 41-umumiy o'rta ta'lim maktabi huquq fani o'qituvchisi Djumabayeva Z. F. tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi" munosabati bilan maktabning yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida "KONSTITUTSIYA BILIMDONLARI" viktorinasi o'tkazildi. Davlat Konstitutsiyasidan berilgan savollarga to'g'ri javob bergan o'quvchilarga maxsus tayyorlangan emblema va sovg'alar berildi.
#AngrenSh_MMTB
#41_maktab
#Davra_suhbati

🇺🇿“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiya”sini tasdiqlash to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish Dasturda belgilab berilgan bayram tadbirlarining “YANGI OʻZBEKISTON ARMIYASI-MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXR I!” degan ustuvor g‘oya ostida Angren shahar 41- maktab ixtisoslashgan harbiy vatanparvarlik sinfi oʻquvchilari bilan xaftaning har juma kuni "Ma'naviy yuksalish va Vatanparvarlik kuni" doirasida davra suhbati o'tkazildi.

🔘Tadbir davomida o'quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish va ularda ona Vatanga bo'lgan muhabbatini oshirishga qaratilgan "Xalq va armiya -bir tanu bir jon !" g'oya ostida Qurolli Kuchlarimiz haqida batavsil ma'lumotlar berildi.Tadbir davomida o'quvchilar vatanni madh etuvchi she'rlar aytishdi.O'quvchilar tomonidan berilgan savollariga javob berildi.
🔹Sinf rahbari: Ahmadaliyeva M.A.