Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
617 subscribers
23.8K photos
4.53K videos
92 files
6.91K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#Seminar_trening

VAZIRLIK: RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O’QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILMOQDA

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Tadbir avvalida Navro’z ayyomi munosabati bilan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Unda Prezident maktabining musiqa to’garagi o’quvchilari kuy-qo’shiqlar bilan ishtirok etishdi.

❗️ Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o’quvchilari o’z loyiha ishlarini taqdimot qilishdi.

✔️Ma’lumot o’rnida, seminar mashg’ulotlari matematika va ingliz tili o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, o’zbek va rus tillarida o’tkazilmoqda.

📍 Treninglar ayni damda Respublikaning 14 ta hududida joylashgan Prezident maktabida bo’lib o’tmoqda.
_
📷
Fotolavhalarda Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.

#Президент_мактаблари_методикасини_ўрганамиз
#Сифатли_таълим

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Президент_мактаблари_тажрибаси_билан_бўлишамиз

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglardan video-lavha.
_
✔️ Videoda Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#ANGREN_SHXTB
#Seminar_trening

  Toshkent viloyati Angren shahar 22-umumta'lim maktabida 2023-yil
29-mart kuni maktab psixologlari ishtirokida "O'zbekistonda gender tengligi va gender masalalari" mavzusida 14-maktab psixologi Mamanazarova Manzuraxon ma'ruza qildi.
  ❇️ Ma'ruza mobaynida zo‘ravonlik va gender zo'ravonlik, zo'ravonlik haqidagi aqidalar va zo'ravonlik sikli, gender va oilaviy maishiy zo'ravonlik mazmuni, oilaviy nizo o'rtasidagi farqlar, bolalarga nisbatan zo'ravonlik haqida ma'lumot berildi.
   ❇️
Seminar mobaynida 29-maktab psixologi Shaismatova Nodira "Ideal ayol va ideal erkak" mavzusida, 7-maktab psixologi Abdillayeva Nilufar "Zanjir" metodikasi, 4-maktab psixologi Aydarova Mukarram "Oilada va maktablarda gender tengsizlik" mavzusiga oid trening mashg'ulotlarini o'tkazdilar.
Maqsad: mavzu bo'yicha keng doirada maktab psixologlariga ma'lumot va amaliy yordam berishdan iborat
.


📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#Seminar_trening

  📣Toshkent viloyati Angren shahar maktab psixologlari ishtirokida " Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini oldini olish va ularga qarshi kurarshish bo'yicha ta'lim muassasa xodimlarining vazifalari" mavzusida seminar trening bo'lib o'tdi.
⚡️
Seminar jarayonida maktab psixologlari:
Bolalarga nisbatan zo'ravonlik shakllari va uning va ularning oqibatlari
Bolalarga nisbatan zo'ravonlikning belgilari va alomatlarini aniqlash.
Zo'ravonlikni oldini olishga qaratilgan tadbirlar va zo'ravonlik holatlari ishtirokchilari bilan ishlash mazmuni haqida bilib oldilar.


📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#Seminar_trening

Joriy yilning 3-aprel kuni Toshkent viloyati Angren shahar XTB tasarrufidagi 5-umumta'lim maktabida Ingliz tili fani o'qituvchilari ishtirokida  "O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI LOYIHA ISHLARI ORQALI SHAKLLANTIRISH "mavzusida o'tkazilgan seminar- trening bo'lib o'tdi


📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#Seminar_trening

2023-yil  3-aprel kuni  Angren shahar XTB tasarrufidagi 13-umumta'lim maktabida matematika fani o'qituvchilari ishtirokida “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat
bo'ldi.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_AKT
#IT_MARKAZ
#SEMINAR_TRENING

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil 22-fevraldagi “Soha va hududlarda raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish” mavzusida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham so‘nggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy e’tibor natijasida ma’lum yutuqlarga erishilgani ta’kidlab o‘tildi. Albatta, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan IT sohasiga alohida e’tibor qaratilayotgani bu soha rivojida malakali, yetuk kadrlar ehtiyojini yuzaga keltirmoqda.

👉 Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining AKT ni joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi hamda shahar IT Markaz hamkorligida 2023-yil 11-may kuni hududdagi 28-, 29-, 35-sonli umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

💫 Seminar-treningda yoshlarni IT sohasiga yanada keng jalb qilish maqsadida bugungi kunda IT Park tomonidan yaratilgan imkoniyatlar hamda IT bilim, IT Park rezidentligi, xalqaro IT sertifikatlar, frilanserlik, dasturchilik singari bir qator muhim mavzularda taqdimotlar qilindi.

💫 Yakunda esa o‘quvchi-yoshlar ham mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha murojaat qilib, ularga atroflicha javob olishdi.

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari davom etmoqda.

📍 Bugun tadbir avvalida ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinining g’oliblari taqdirlandi.

✔️Shundan so’ng, boshqaruv xodimlarida ijobiy va samarali boshqaruv usullarini shakllantirish, faoliyat doirasida nizoli vaziyatlardan chiqish, strategiyalarni tanlash va xodimlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy trening boshlandi.

Shuningdek, o’quv seminari davomida spikerlar tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ma’ruzalar bo’lib o’tdi:

✔️ Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan kompetensiyalar to‘g‘risida
✔️
Umumta’lim maktablarida diniy-ma’rifat va dunyoviy axloq asoslarini o‘qitish masalalari
✔️
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron platformaga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish.

❗️ Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari” muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Seminar_trening
#Taqdimot
#Taqdirlash_marosimi

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo’lib o’tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan
Respublika o'quv seminari doirasida o’quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish yo’nalishida o’quv seminarlari bo’lib o’tdi.

Unda bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar, yangiliklar haqida so’z bordi. Seminar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tib, ishtirokchilarning savol va takliflari tinglandi.

❗️Kunning ikkinchi qismida esa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti va “Alifbo tartibidagi olam” – “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yaratilishi haqida qisqa film namoyishi bo’lib o‘tdi.

Taqdimot davomida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq tomonidan izohli lug’atning yaratilish jarayoni haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

✔️Shundan so’ng, tadbirning taqdirlash marosimi bo'lib o'tib, vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari hamda ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram