Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
614 subscribers
23.5K photos
4.4K videos
92 files
6.87K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
Forwarded from Gulichka📿📿 ❤️
#KASBIM_FAXRIM
#BOSHLANGICH_TA'LIM
#KUN_QAHRAMONI

Kambarova Nasiba Artikovna

Toshkent viloyati Angren shahridagi 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining birinchi toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

U izlanuvchan, jonkuyar va o‘z kasbining ustasi bo‘lgan mohir ustozlardan hisoblanadi. O‘quvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, noan'anaviy dars usullari asosida sifatli ta'lim-tarbiya berishga intiladi.  O‘quvchilari maktab va shahar miqyosida o‘tkazilgan kichik fan olimpiadalari va tanlovlarda doimiy g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishgan."Viloyat seminarlarida faol qatnashib, namunali ochiq darslarni tashkil qilgan.Ustozning darslari shahar va viloyat miqyosida ommalashtirilgan.Maktab metod birlashmasi raisi faoliyatida ham o'zining jonkuyarligi va talabchanligi bilan o'z hamkasblarini yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishga undaydi va o'z ishlarini  yuqori saviyada  olib boradigan fidoiy ustozlardan hisoblanadi.
Forwarded from Gulichka📿📿 ❤️
#KASBIM FAXRIM
#KUN QAHRAMONI
BOSHLANG‘ICH TA‘LIM

Shamsiddinova Dona Xakimdjanovna
Toshkent viloyati Angren shahridagi 17-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining birinchi toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
O‘z kasbining fidoyisi,barchaga birdek mehribon,ko‘p yillik tajribaga ega jonkuyar ustoz va qator muvaffaqiyatlar sohibasi.
2006-yildan shu kunga qadar Davlat Ta‘lim markazi bilan hamkorlik qilib kelmoqda.Ko‘plab darsliklarga taqrizchi vazifasini bajarib kelmoqda.2014-yilda "Alifbe" ( tojik tilida) yaratish tenderida ishtirok etib,g‘olib bo‘ldi. 2015-yildan 2020-yilgacha "Alifbe" kitobiga mualliflik qilib kelmoqda.
Shamsiddinova Donaning ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilgan.
Uzoq yillar davom etgan samarali mehnat faoliyati mobaynida Angren shahar XTB,Toshkent viloyati Xalq ta‘limi boshqarmasi,Respublika ta‘lim markazi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib kelmoqda
Forwarded from Gulichka📿📿 ❤️
#KASBIM_FAXRIM
#BOSHLANGICH_TA'LIM
#KUN_QAHRAMONI

Kushakova Dilnavoz Ismanaliyevna

Angren shahridagi 39-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining birinchi toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

U izlanuvchan, jonkuyar va o‘z kasbining ustasi bo‘lgan mohir ustozlardan hisoblanadi. O‘quvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, noan'anaviy dars usullari asosida sifatli ta'lim-tarbiya berishga intiladi. 35 yildan buyon boshlangich sinflarga dars berib keladi. O‘quvchilari maktab va shahar miqyosida o‘tkazilgan kichik fan olimpiadalari va tanlovlarda doimiy g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishgan."Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi" ko‘rik-tanlovida qatnashib, AQSH xalqaro tadqiqoti hamda "Milliy óquv dasturi"ni rivojlantirish bóyicha trening vazifasida ishtirok etgan. Boshlangich sinflarda ótilayotgan mavzular bóyicha metodik tavsiyalarni shahar bosqichiga tavsiya etgan.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#KASBIM_FAXRIM
#BOSHLANGICH_TA'LIM
#KUN_QAHRAMONI

Iroda Yakubjanovna Umarova

Toshkent viloyati Angren shahridagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining birinchi toifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi.

Iroda Umarova kasbiga mehr va sadoqatli, o'z ustida tinimsiz ish olib boruvchi, izlanuvchan, jonkuyar, shijoatli pedagoglar qatoridan o'rin egallagan.
U o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berishda har bir darsiga ijodkorlik bilan yondashib, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, qiziqarli metodlardan foydalanib borishga harakat qiladi.
O'quvchilari maktab va shahar miqyosida o'tkazilgan musobaqa va ko'rik-tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritib kelgan.
Shahar seminarlarida ishtirok etib, hamkasblari bilan tajriba almashishda, yosh mutaxassislarga metodik yordam ko'rsatishda o'z hissasini qo'shib kelgan. Ustozning darslari maktab, shahar, viloyat miqyosida ommalashtirilgan.

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Forwarded from Дили.
#KASBIM_FAXRIM
#BOSHLANGICH_TA'LIM
#KUN_QAHRAMONI
Yusupova Dilnoza Abdinazarovna

Toshkent viloyati Angren shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

U izlanuvchan, jonkuyar va o‘z kasbining ustasi bo‘lgan mohir ustozlardan hisoblanadi. O‘quvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, noan'anaviy dars usullari asosida sifatli ta'lim-tarbiya berishga intiladi. O‘quvchilari maktab va shahar miqyosida o‘tkazilgan kichik fan olimpiadalari va tanlovlarda doimiy g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishgan.Ustozning darslari shahar miqyosida ommalashtirilgan.


📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
Forwarded from Feruza Yuldasheva
#KASBIM_FAXRIM
#BOSHLANGICH_TA'LIM
#KUN_QAHRAMONI

Yuldasheva Firuza Ibragimovna

Toshkent viloyati Angren shahridagi
41-sonli umumiy o'rta ta'lim
maktabining oliy toifali boshlang'ich
sinf o'qituvchisi.

U ijodkor, izlanuvchan, jonkuyar, bolajon, mohir pedagog bo'lib,o'z kasbining ustasidir.Har bir darsni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib,noan'anaviy dars usullarida o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berib
kelmoqda.Darslarni tashkil qilishda
algoritm elementlaridan foydalanishga katta e'tibor beradi.
O'quvchilari maktab va shahar miqyosida o'tkazilgan kichik fan olimpiadalarda va tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritib kelishgan.,,Ochiq darslar festivali"da qatnashib shahar bosqichida faxrli orinlarni qo'lga kiritgan.Ustozning darslari shahar va viloyat miqyosida
ommalashgan.O'tgan yili o'qish va ona tili fanidan yozgan maqolalari xalqaro
jurnallarda chop etildi
O'quvchilarga bergan ta'lim tarbiyasi, samarali mehnati va xizmatlari uchun "Xalq ta'limi a'lochisi"ko'krak nishoni bilan taqdirlangan
Forwarded from Nasiba Kambarova
#KASBIM_FAXRIM
#BOSHLANGICH_TA'LIM
#KUN_QAHRAMONI
Eshboyeva Shohista Xolmatovna

Toshkent viloyati Angren shahridagi 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

U izlanuvchan, jonkuyar va o‘z kasbining ustasi bo‘lgan mohir ustozlardan hisoblanadi. O‘quvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, noan'anaviy dars usullari asosida sifatli ta'lim-tarbiya berishga intiladi. O‘quvchilari maktab va shahar miqyosida o‘tkazilgan kichik fan olimpiadalari va tanlovlarda doimiy g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishgan.
O'quvchilarning matematik bilimlarini oshirishda yetakchi ustoz sifatida faollik ko'rsatib kelmoqda.
Forwarded from Nasiba Kambarova
#KASBIM_FAXRIM
#BOSHLANGICH_TA'LIM
#KUN_QAHRAMONI

Abduraimova Shahlo Abdimannabovna

Toshkent viloyati Angren shahridagi 25-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi.
Shahlo Abduraimova, kasbiga mehr va sadoqatli, o'z ustida tinimsiz ish olib boruvchi, izlanuvchan, jonkuyar, shijoatli pedagoglar qatoridan o'rin egallagan.
U o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berishda har bir darsiga ijodkorlik bilan yondashib, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, qiziqarli metodlardan foydalanib borishga harakat qiladi.
O'quvchilari maktab va shahar miqyosida o'tkazilgan musobaqa va ko'rik-tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritib kelgan.
Shahar seminarlarida ishtirok etib, hamkasblari bilan tajriba almashishda, yosh mutaxassislarga metodik yordam ko'rsatishda o'z hissasini qo'shib kelgan. Ustozning darslari maktab, shahar, viloyat miqyosida ommalashtirilgan.
#KASBIM_FAXRIM
#BOSHLANG'ICH_TA'LIM
#KUN_QAHRAMONI

Tanishing Xusanova Gulchexra Julanovna Toshkent viloyati Angren shahar 41-umumiy o'rta ta'lim maktabining 1-toifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi, 25 yil ish stajiga ega.
📚Gulchexra Julanovna talabchan,izlanuvchan o'z kasbining mohir ustozlardan hisoblanadi.

Har bir darsni zamonaviy yangi ped texnologiyalar asosida o'tadi.Yosh avlodga ta'lim tarbiya berishda o'quvchilarning bilim samaradorligi yuqori bo'lishiga alohida e'tibor qaratadi.Shahar maktab semenarlarida faol qatnashib kelmoqda.
Maktab hayotida o'quvchilari bilan birgalikda ochiq dars va tadbirlarni o'tkazib , o'z bilimini ayamay kelmoqda.
Pedagog yosh avlodga bergan ta'lim tarbiyasi va samarali mehnati uchun Xalq ta'limi bo'limi va maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlangan.🏆🏆🏆

📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#ANGREN_SHXTB
#8_MAKTAB
#KUN_QAHRAMONI
#KASBIM_FAXRIM

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-mart kunidagi "Ilm-fan va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq , "Research and publications" ilmiy nashrlar markazi tomonidan konferensiya e'lon qilingan edi.Joriy yilning 6-yanvar kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida konferensiya g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Marosimda Toshkent viloyati Angren shahar XTBga qarashli 8-umumiy o‘rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sattarova Maqsuda Radjabovna "Ta'lim tizimida innovatsion yondashuvlar.Muammo va yechimlar" mavzusidagi ilmiy ishi bilan ishtirok etdi va ilmiy kengash tomonidan ko‘rib chiqilib , bir ovozdan ma'qullandi va "Ta'lim Fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Ustozimizga keyingi tanlovlarda ham omadlar tilaymiz.


📱Angren shahar XTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt