Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
602 subscribers
24K photos
4.59K videos
92 files
6.92K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#ANGREN_SHXTB
#18_maktab
#XUSHXABAR


🟢 XALQARO SERTIFIKAT SOHIBI!

⚡️ XAZRATOVA
GULAMDON XUSANOVNA - Toshkent viloyati Angren shahar MMTB tasarrufidagi 18-umumta’lim maktabining salohiyatli informatika fani o‘qituvchisi.

➡️ Mahoratli o‘qituvchimiz 3 yil davomida 20% ustama olish huquqini beruvchi ASTRUM CERTIFIED IT EDUCATOR" o‘quv kurslarini yakunlaganligi va xalqaro imtihonni topshirib, tan olingan "ASTRUM CERTIFIED" maqomiga ega bo‘ldilar.

📌 Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 202-yil 1-sentyabrdan boshlab umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
#XUSHXABAR

⚡️ 1-oktyabr — “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan Respublikamizda Xalq taʼlimi tizimida samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan, islohotlarni amalga oshirishda haqiqiy jonbozlik koʻrsatayotgan xodimlar “Xalq taʼlimi aʼlochisi” va "Xalq ta'limi fidoiysi" koʻkrak-nishonlari topshirildi.

👉  Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi
1. 13-umumta'lim maktabi direktori Umarova Yulduzoy Rahmonaliyevna “Xalq ta'limi a'lochisi”
2. 7-umumta'lim maktabi matematika fani o'qituvchisi Usmonova Jahonbuvi Begmatovna "Xalq ta'limi fidoiysi"
3. 29-umumta'lim maktabi matematika fani o'qituvchisi Xakimova Laylo Erkinbaevna "Xalq ta'limi a'lochisi"
4. 25-umumta'lim maktabi informatika o'qituvchisi Kulbayeva Mamlakat  "Xalq ta'limi fidoiysi"
5. 17-umumta'lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi Xasanov Xusnidin "Xalq ta'limi a'lochisi"
6. 73-maktab-internati jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Yuldashev Davron  "Xalq ta'limi a'lochisi"  ko'krak-nishonlari bilan taqdirlandi
#17_maktab
#XUSHXABAR

⚡️ Angren shahar MMTB tasarrufidagi 17-umumiy o'rta  ta'lim maktabining  10-b sinf   o'quvchisi Marajabova  Muslima IELTS-xalqaro sertifikatini 7,5 ball sohib bo'ldi.
#XUSHXABAR
#ANGREN_SHMMTB
#15_DMTT

⚡️ O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining 2023-yil 3-oktyabrdagi  02-01/1-1622-son xatining ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Toshkent viloyatiga qarashli tuman, shahar DMTT tarbiyalanuvchilari o'rtasida  2023-yil 24-oktyabr kuni "Gimnastikaga ilk qadam" musoboqasining viloyat bosqichi o'tkazildi.
Musobaqada Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi  bo'limi tasarrufidagi 15-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ,,Angren shahar'' guruhi tarbiyalanuvchilari  faxrli
I-o'rinni egalladi.
Jajji sportchilarimizni tabrikleymiz
.
#XUSHXABAR
43_IDUM

📖Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2023-yil 15-sentabrdagi "Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Kitobxonlik festivali" doirasida tadbir va ko'rik-tanlovlarni tashkil etish va o'tkazish to'g'risidagi 143-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyati Bolalar kutubxonasi tomonidan joriy yilning 24-oktabr kuni Nurafshon shahrida o'tkazilgan "Eng kitobxon maktab" ko'rik tanlovida Angren shahri 43-maktab kitobxonlar jamoasi ham ishtirok etib, viloyatdagi 22 tuman Ichida faxrli I-o'rinni egallashdi.
👏 Qimmatbaho sovg'a va kitoblar jamlanmasini qo'lga kiritishdi.
#ANGREN_SHMMTB
#XUSHXABAR

⚡️ "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida  maktab o‘quvchilari o‘rtasida  sport musobaqalarining viloyat bosqichida joriy yilning 23-oktyabr kuni Qibray tumani  sport maktabi bazasida o‘tkazilgan 7-10-yoshlilar o‘rtasida  "Quvnoq startlar" bo‘yicha Angren shahar 3-umumta'lim maktab o‘quvchilari, "Yengil atletika" bo‘yicha 21-umumta'lim maktabning 8v-sinf o‘quvchisi  Abdullayeva  Samira   faxrli 1-o‘rinni, 
📌24-oktyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani sport maktabi bazasida o‘tkazilgan  "Stol tennisi" bo‘yicha  21-umumta'lim maktabning  9-sinf o‘quvchisi Karimulin Marat faxrli 1-o‘rinni , "Shaxmat" bo‘yicha 11 -17-yoshlilar o‘rtasida 11 yoshli 18-umumta'lim maktabning 5-sinf o‘quvchisi   Azizov Bexroz 3-o‘rinni  egallashdi.
👏👏G'olib bo'lgan o'quvchilarimizni tabriklaymiz.
#ANGREN_SHMMTB
#XUSHXABAR
#34_internat

⚡️ Bugun alohida ta’lim ehtiyojlari maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida ilk bor tashkil etilayotgan “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo'lib o'tdi

.
  📖Ta’kidlash kerakki, ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu sport musobaqalarida yurtimizdagi jami 18 ta ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatlarida para yengil atletika, para shaxmat va para shashka, 20 ta kar va zaif eshituvchi hamda nutqida nuqsoni bor bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatlarida yengil atletika, stol tenisi va 5x5 futbol, 4 ta tayanch harakati shikastlangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatlarida para stol tennisi, para shaxmat va shashka, 50 ta aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida Quvnoq startlar musobaqalari o‘tkazildi.
#XUSHXABAR
#34_internat

👏Quvonarlisi ushbu Olimpiada Angren shaharidagi 34-maktab-internati o'quvchilari ham faol ishtirok etib :
🧍‍♀Stol tenisi bo'yicha qizlar o'rtasida I-o'rinni 10-sinf o'quvchisi  Gorpiyans Kamila
🧍‍♂Stol tenisi bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida III-o'rinni  Goreev  Mixail lar qo'lga kiritishdi.
Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi ushbu chempionlarimizni samimiy qutlaydi.
#5_maktab
#XUSHXABAR
#bayroq

⚡️ Toshkent viloyati Angren shahar MMTB tasarrufidagi 5-sonli umumta'lim maktabi direktori USMANOVA GULMIRA MARTAVALIYEVNA
💫18-noyabr "BAYROGIMIZ QABUL QILINGAN  KUN " munosabati hamda o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yuqori saviyada qo‘shgan hissalari va sohada erishgan yutuqlari uchun
💫 "YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH UCHUN"  medali va
" VAFO VA SADOQAT UCHUN " kókrak nishoni bilan taqdirlandilar. Mukofotni shahar hokimi A.A.Raimov topshirdi
.
#AngrenSHMMTB
#Xushxabar
#8_Maktab

Angren shahar 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-A sinf o‘quvchisi Saxodatillayev Azizbek G‘ayratovich Amerika Qo‘shma Shtatlarining 5 ta nufuzli universitetlariga muddatidan avval grant asosida o‘qishga qabul qilindi.Bular quyidagilar:

1. Long Island University, New York Shtati ( Yillik $20,000 grant )
2. University of Kentucky, Kentucky Shtati
3. Illinois Wesleyan University, Illinois Shtati ( Yillik $36,000 grant )
4. Barry University, Florida Shtati ( Yillik $20,000 grant )
5. University of Evansville, Indiana Shtati ( Yillik $35,000 grant )
#Xushxabar
#AngrenSh_MMTB
#8_maktab

Joriy yilning 20-iyun kuni Angren shahar MMTBga qarashli 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida
2023-2024 o‘quv yilini a’lo baholar bilan tamomlagan bir guruh bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Ushbu tadbirda Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi o‘quvchilari ham ishtirok etib , 57-nafar bitiruvchilardan 12 nafari umumiy o'rta ta'lim maktabini  "Oltin medal" va 2 nafar “Kumush medal” , jami 14 nafar o‘quvchi oltin va kumush medallar bilan maktabni yakunlashdi.Mazkur o'quvchilarni tabriklaymiz va oliy ta'lim muassasasining eng namunali va bilimli talabasi bo'lishlariga tilakdoshmiz. Bu yilgi 57-nafar bitiruvchilarimizga yurtimizning eng nufuzli OTM talabasi bo‘lishlariga omad tilaymiz.