Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Таълим_ислоҳоти
#Direktorlar_kengashi
Hilola Umarova: “Ta’lim tizimini bir kunda isloh qilib bo'lmaydi, ammo bir jamoa bo’lib harakat qilsak, maqsadlarimizga albatta erishamiz”
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun “Zamonaviy ta’lim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda.
Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, tizimda yangilik bo’lgan ushbu islohotning ahamiyati haqida so’z yuritdi:
➖ Tizimda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlar bugun ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.
Bu yo’ldagi ishlarimizdan yana biri sifatida endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu ta’lim tizimini rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.
❗️Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda o'z ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim bo'ladi.
Bugungi trening ayni shu yo’lda yana bir qadam bo’ladi, deb o’ylayman.
Tizimni bir kunda o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin, bir jamoa bo’lib harakat qilsak, albatta rejalarimizni ro’yobga chiqara olamiz.
👉 Seminar-treninglar va “Direktorlar kengashi” haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1398
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram