Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
611 subscribers
23.4K photos
4.39K videos
92 files
6.86K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#ANGREN_SHMMTB
#Seminar

Joriy yilning 16-avgust kuni Angren shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 7-umumta'lim maktabida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida  rahbar  xodimlarga  o'quv-seminar bo'lib o'tdi.
     O‘quv –seminarda O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasiga farzand tarbiyasi va maktab ta’limi  masalalari yuzasidan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g'ayri-ijtimoiy  xatti-harakatlarning oldini olish, maktabda sog‘lom  ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati kabi  ustuvor masalalar Respublika  ma'naviyat va ma'rifat markazi Angren shahar bo'linmasi rahbari  A.Tog'ayev, Yoshlar  ishlari  agentligi Angren shahar kengashi rahbari A.Parpiyev, Jome  masjit  imomi o'z  yo'nalishlari bo'yicha ma'ruzalar  va davra suhbatlarida fikr yuritishdi.
#таълим

⭕️БУ ЙИЛ БИТИРУВЧИЛАРНИНГ 50 ФОИЗИ 56 БАЛЛ ЙИҒА ОЛМАДИ ФОРУМ ВАЗИЯТНИ ЎЗГАРТИРАДИМИ?

📍Айни пайтда Зангиота туманида Тошкент вилояти Мактабгача ва мактаб таълими тизимидаги педагог ходимлар учун навбатдаги “Устозлар миллий форуми” ўтказиляпти.

✔️Унда 2023-2024 ўқув йили олдидан тизимда фаолият юритаётган педагогларнинг касбий маҳоратларини янада ошириш, илғор тажрибаларни тарғиб қилиш, ўқув дастурлари ва дарсликлардаги янгиликлар, ўзгаришлар кўриб чиқиляпти.

🤝 Вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи Элёр Акбаровнинг ўзи жараёнда барчага мотивация беряпти.

🔼Форумдан кутилаётган натижалар катта. Йил фаоллари тақдирланди. Янги ўқув йили олдидан эса қилинадиган ишлар алоҳида шўбаларда кўриб чиқилмоқда.

🤔 Хўш, бошланаётган янги ўқув йили учун қилинаётган режалар ўз самарасини берадими?

Yoshlar kundaligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_BAYONOT

O‘qituvchi va pedagoglar uzluksiz kasbiy rivojlanishi, o‘z ustida mustaqil ishlashi uchun qanday ishlar amalga oshirilgan?

2023-yilda 40 ta yo‘nalish bo‘yicha “Uzluksiz kasbiy taʼlim” elektron platformasi orqali individual dasturlar asosida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Bunda 2 076 ta maʼruza, 2 112 ta taqdimot, 2 152 ta videodars, 7 840 ta qo‘shimcha adabiyotlar,
7 308 ta test savollari, shu bilan birga bugungi kunning dolzarb mavzulari bo‘yicha 23 ta turli yo‘nalishlardagi ommabop kurslar bo‘yicha 116 ta maʼruza, 116 ta taqdimot, 900 ta videodars, 748 ta test topshiriqlari yaratilgan va elektron platformaga joylashtirilgan.

Tabiiy fan bo‘yicha ham 72 ta videodarslar yaratildi va
uzlms.uz elektron platformasiga joylashtirildi.

⚠️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook |📹YouTube | 📸 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#forum

Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagog xodimlar uchun navbatdagi “Ustozlar milliy forumi” ga start berildi.

Unda 2023-2024 oʻquv yili oldidan tizimda faoliyat yuritayotgan bir guruh pedagoglarni taqdirlash marosimlari boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, bir necha kun davom etadigan mazkur forumda yangi oʻquv yilida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida taʼlim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish, sohada ustivor yoʻnalishlarni belgilab olish, Prezident maktablarining ilgʻor tajribasini keng joriy etish, xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan oʻquv reja, dastur va oʻquv-metodik majmualarni samarali joriy qilish boʻyicha YANGI REJALAR, YANGI GʻOYALAR, YANGI TAKLIFLAR koʻrib chiqiladi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 28-29-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @natijalar_2023_1_bot
🤖 @natijalar_2023_2_bot
🤖 @natijalar_2023_3_bot
🤖 @natijalar_2023_4_bot
🤖 @natijalar_2023_5_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ANGREN_SHMMTB
#Seminar

📣 Umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 14-19-avgust kunlari tizimdagi  umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun ikki bosqichli o‘quv-seminarlar kaskad usulida o‘tkazib kelinmoqda.

18- avgust kuni Toshkent viloyati bolalar kutubxonasi tomonidan Angren shahardagi maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

📂 Ushbu o‘quv-seminarga tashrif buyurgan maktab kutubxonachilariga kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlama hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida so'z yuritildi.
#ANGREN_SHMMTB
#Seminar

     📖Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 14-iyuldagi 206-sonli buyrug‘i bilan joriy yilning kunlari “Sifatli ta’lim-kuchli jamiyat” shiori ostida boshlang‘ich sinf rahbarlari uchun uch bosqichli kaskad usulida treninglar tashkil etilgan edi.
📌 Angren shahar MMTB tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun joriy yilning 22-24-avgust kunlari 8-sonli umumta’lim maktabida uch kunlik o‘quv-amaliy seminari tashkil etilishi  rejalashtirilgan edi.
Bugun o'quv-amaliy seminarining birinchi kuni qizg'in amaliy mashg'ulotlar bilan o'tmoqda.
            

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
📣DIQQAT E'LON!

Maktablarda dars soatlari taqsimoti bo‘yicha soha xodimlari uchun vebinar
tashkil etiladi

Hurmatli soha xodimlari va o‘qituvchilar!

📣 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarida dars soatlar taqsimoti bo‘yicha soha xodimlariga to‘liq ma’lumot berish va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida vebinar o‘tkaziladi.

🔰Ushbu vebinarda:

umumiy o‘rta ta’lim muassasasi pedagog xodimining yillik ish yuklamasi;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi;
dars soatlarini taqsimlash mezonlari;
boshlang‘ich va yuqori sinflardagi mavjud sinflar misolida dars soatlari taqsimoti bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.

👉 Mazkur vebinarda vazirlikning rasmiy sahifasi orqali ishtirok etish mumkin.

Vebinar bugun 2️⃣2️⃣ avgust kuni soat 1️⃣1️⃣:0️⃣0️⃣da bo‘lib o‘tadi.

O‘TKAZIB YUBORMANG!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Poytaxtimizdagi 60-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan zamonaviy darsliklar ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva:
Yurtimizda ta’limga katta e’tibor berilayotganligi sababli ayni vaqtda maktablarimiz infratuzilmasi kundan-kun yaxshilanib boryapti. O‘qituvchilarni maktabga qaytarish Prezidentimizning armoni va orzusi edi. Bugun o‘qituvchi darsda.

Endi ularga tajriba, bilim va o‘qitish uchun dasturlar, metodika va darsliklar kerak. Bu yil boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsliklari tubdan yangilanyapti.

Shu bilan birga yangi metodika asosida Toshkentda 300 nafar ilg‘or pedagog o‘z malakasini oshirdi. Umid qilamanki, ustozlarimiz zamonaviy bilim va qo‘nikmalarni qunt bilan o‘zlashtirib, qolgan hamkasblariga
ham ularni yetkazishadi.

✔️ Tadbirda so‘z olgan vazir Hilola Umarova so‘nggi yillarda tizimda olib borilayotgan islohotlar natijasida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaxshilanib borayotgani hamda maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinayotganligi aytib o‘tdi.

❗️Tadbir davomida kimyo, biologiya va fizika fanlaridan tayyorlangan virtual laboratoriyaning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga “Global Teacher Prize” tanlovining milliy bosqichiga start berildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1207

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram