Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
864 subscribers
26.7K photos
4.92K videos
97 files
7.08K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.

Мурожаат учун: @angrenxtbaloqabot
Download Telegram
#AngrenAKM
#Tadbir

⚡️Bugun joriy yilning 1-mart kuni Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta ta'lim maktab bilan shahar axborot- kutubxona markazi xodimlari hamkorligida buyuk ayol, xassos shoira, misralari jahon minbarlarida yangragan, Zulfiyaxonim tavallud kuni munosabati bilan "Vafo va sadoqat kuychisi" mavzusida
tadbir bo‘lib o‘tdi.
⚡️ Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, albatta yosh avlodni o‘z ajdodlaridan faxrlanish va ularga munosib voris bo‘lishga intilishi, uning hayotidagi mеhnatsеvarligi, doimo olg’a intilishi, sеvgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchan­li­gi  hamda hayot qiyinchiliklarida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o’zini yo’qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg'otadi.
https://t.iss.one/Angren_AKM_01

📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#tadbir

Shahrimizda "MAʼNAVIYAT XIYOBONI" ochilishi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.

👉 Ushbu tadbirda maktabimiz oʻqituvchi va oʻquvchilari faol ishtirok etishdi.

🎚️Jumladan Zakirov Shamir boshchiligida skripkachilar ansambli, Ochilov Sunnatillo boshchiligida doirachilar guruhi kuylar ijro etishdi, shuningdek oʻqituvchilar Qoʻldoshev Oybek, Meliqoʻziyev Rahmonali tantanali ochilish marosimida oʻz qoʻshiqlarini tortiq etishdi, hamda xodimimiz Rustamjonov Azizbek tadbirning bezak ishlariga oʻz hissalarini qoʻshishdi.
#Angren_AKM
#Tadbir

🔶️Avlodlar davomiyligi, ularning porloq ertasini taʼminlashni Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan har bir nuroniy oʻzining muqaddas burchi deb biladi. Koʻnglida shunday ezgu-niyatlarni eʼzozlagan inson, hech qachon yomonlikni oʻylamaydi, gʻarazli niyatlardan nafratlanadi. Ertangi kunning qanday boʻlishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodning qay tarzda tarbiya topib, bilim olishiga bogʻliq.
🔶️Bugun Angren shahar axborot-kutubxona markazida "Qarisi bor uyning-parisi bor" mavzusida
tadbir bo‘lib õtdi.Tadbirda "Keksalar klubi" a'zolari, "Faol kitobxonlar" klubi a'zolari, 1-sonli kasb- hunar maktabi õquvchilari, 20-maktab kutubxonachisi D.Xaydarova o'z õquvchilari bilan qatnashdi.
🔶️Tadbirda maktab 4-"B" sinf õquvchilari õz raqs va she'rlari bilan qatnashdilar.
#ANGREN_SHAHAR
#20_MAKTAB
#TADBIR

💥9.10.2024 kuni davlatimiz tomonidan ilgari surilgan “Open byudjet” loyihasi boʻyicha Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining  sport zali va boshlangʻich bino taʼmiri oʻz nihoyasiga yetdi va foydalanishga toʻliq topshirildi.Yangi binoning ochilishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.Tadbirga bir qator mehmonlar jumladan, Angren shahar hokimi A.A.Rayimov tashrif buyurib, oʻz nutqida maktabning yutuqlari, oliy taʼlim qamrovi borasidagi mashaqqatli mehnatlari uchun maktab direktori A.Gafurovga va xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Bundan tashqari Angren shahar prokurori A.M.Xayriddinov, Angren shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi mudiri S.R.Niriddinov, "Nuroniy" jamgʻarmasi rahbari E.M.Karabayev, "Shahina" MChJ raisi N.N.Xaydarov,"Marko beton" MChJ rahbari Gʻ.A.Xudoynazarov, Bolalar bilan ishlash bo‘limi Angren shahar katta inspektor-psixolog kapitani A.T.Yusupov tashrif buyurib, oʻzlarining tabriklari bilan oʻrtoqlashdi
#Toshkent viloyati
#Angren shahar
#36- maktab
#Tadbir

Joriy yilning 18-oktyabr kuni Angren shahar MMTBga qarashli 1
36-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 21-oktyabr Oʻzbekiston Respublikasi oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Ona tilim -iftixorim" mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda o'quvchilar ona tilimizni madh etuvchi she'rlar ,qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari namoyish etishdi.Tadbir davomida Ona tilimizning qanday iftixorga ega ekanligi, bizning shonli tariximiz, ulugʻ allomalarga ega oʻzbek xalqi, ona tilimizni qadrlashimiz, uning rivoji,nufuzini oshirishdek savobli va xayrli ishlarda doim faol boʻlishimiz kerakligi oʻquvchilarga taʼkidlab oʻtildi. Tadbir ko'tarinki ruxda o'tkazildi ,namoyish etilgan barcha chiqishlar hammani mamnun qildi .
#kun_xabari
#tadbir
#35-maktab


🏢 Angren shahar MMTBga qarashli 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabida
🎗️ 21-oktabr OʻZBEK TILIga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan
🛑 "Til - millat faxri" mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

🟢 Tilimizni madh etuvchi sheʼrlar va qoʻshiqlar oʻquvchi yoshlar nutqida oʻzgacha yangradi.
🕯️ Milliy oʻzligimizni va oʻzbek tilimizni koʻz-koʻz etuvchi kuy-qoʻshiqlar barchani mamnun etdi.


📌 Ushbu kun maktabda koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

📍Siz tilni asrangiz har nedan ortiq,
Yagona zaminni asragansimon.
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,
Toki avlodlarga yetolsin omon.
#kun_xabari
#tadbir
#Angren_shahar
#35-maktab

🏢 Angren shahar MMTBga qarashli 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabining
🌈 Boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida
🥬 Mehrjon bayrami 🎃 koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

🍁 Kuzgi ne'matlardan tuzalgan dasturxonlar barchani e'tiborini tortdi.
🍈 Meva va sabzavotlarni barcha oʻquvchilar oʻz tasavvurlariga koʻra qiziqish bilan bezatishdi.
🎗️ Oʻquvchilar tomonidan yaratilgan kuzgi ne'matlarning obrazlari tomoshabinlarga manzur boʻldi.

🍉🍈🥦🥒🥕🍆🍊🍇🫑
📌 Ne'matlarga boy oʻlkamiz haqida Oʻquvchilarda oʻzgacha hissiyot paydo boʻldi.
#Tadbir
🇺🇿Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
🇺🇿18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kuni munosabati bilan bugun Angren shahar axborot-kutubxona markazida shahrimizdagi 25-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari bilan hamkorlikda "Muqaddas Vatan bayrog'i " haftaligi doirasida "Ranglarda aks etgan Vatan bayrog'i " rasmlar tanlovi bo'lib oʻtdi.
🇺🇿Tadbir davomida o'quvchilar o'zlari chizgan rasmlari, yod olgan she'rlari hamda kuy va raqslari bilan barcha ishtirokchilarda xush kayfiyat uyg'otdi.Tadbir so'ngida g'oliblar tanlov diplomlari bilan taqdirlandi.
#ANGREN_SHAHAR
#20_MAKTAB
#TADBIR

💥Bugun 9-oktabr 2024-yil davlatimiz tomonidan ilgari surilgan “Open byudjet” loyihasi boʻyicha Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimiga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining  sport zali va boshlangʻich bino taʼmiri oʻz nihoyasiga yetdi va foydalanishga toʻliq topshirildi.Yangi binoning ochilishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirga bir qator mehmonlar tashrif buyurishdi.Jumladan, Angren shahar hokimi A.A.Rayimov tashrif buyurib, oʻz nutqida maktabning yutuqlari, oliy taʼlim qamrovi borasidagi mashaqqatli mehnatlari uchun maktab direktori A.Gafurovga va xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Bundan tashqari Angren shahar prokurori A.M.Xayriddinov, Angren shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi mudiri S.R.Niriddinov, "Nuroniy" jamgʻarmasi rahbari E.M.Karabayev, "Shahina" MChJ raisi N.N.Xaydarov, "Marko beton" MChJ rahbari Gʻ.A.Xudoynazarov va boshqa mutasaddilar ham tashrif buyurib, oʻzlarining tabriklari bilan oʻrtoqlashdi.