ITMA Angren_IM
1.14K subscribers
1.24K photos
454 videos
302 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

💐 Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Marg'uba ustozdan bayram tabrigi.

https://t.iss.one/angren_piima
#bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

QULSOATOVA ZAYNURA
Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi. Xalqaro IELTS imtihonda umumiy 7,5 ballik sertifikatni qo'lga kiritdi.

Ta’lim-tarbiya bergan ota-onasiga, bilim bergan barcha ustozlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

O‘quvchimizning kelgusi o'qish va ishlariga omad tilab qolamiz.

https://t.iss.one/angren_piima
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Fakt 24 | Prezident maktabi oʻquvchisi IELTS imtihonidan 8.5, SAT imtihonidan 1480 ballni qoʻlga kiritdi
#uzbekiston24

🗺 Termiz shahridagi Prezident maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningga start berildi.

🗺Toshkent shahar Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev so‘zga chiqib, Davlatimiz Rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oldimizda turgan muhim maqsad va vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Kunning ikkinchi yarmi va ertaga ishtirokchilar uchun sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_19ta_òquvchimiz_bor

18 ta_B2 + 1 ta_C1

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 20 nafar o'quvchisi milliy CEFR B2 darajasidagi ingliz tilini bilish sertifikatlarini qo'lga kiritdi. 

Ushbu sertifikatni qo'lga kiritgan bitiruvchilar Oliy o'quv yurtlariga bo'ladigan test sinovlarida ingliz tilidan ozod etiladi va o'quvchiga maksimal ball beriladi.

O'quvchilarimizni ushbu sertifikat imtihoniga tayyorlagan maktabimizning ingliz tili o'qituvchisi Karima Xudoyberdiyevaga minnatdorchilik bildiramiz.

https://t.iss.one/angren_piima
#bizning_shunday_ustozimiz_bor

Suleymanova Nigoraxon Baxodirxonovna - Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi. Chet tilini bilish C1 daraja sertifikatini qo'lga kiritdi. Ustozimizning kelgusidagi ish faoliyatiga omad tilab qolamiz.

https://t.iss.one/angren_piima
📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishga tushirildi.

🗺Endilikda respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

🔔ESLATMA:
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 233-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bitta hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgandagina o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.

Yuqoridagi talablardan kelib chiqib arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SI-UK_ta'lim_ko'rgazmasi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 9-10-11-sinf o'quvchilari 15-Noyabr sanasida SI-UK tashkiloti tomonidan uyishtirilgan ta'lim ko'rgazmasiga qatnashdilar

Ko'rgazma doirasida o'quvchilar Yevropa davlatlarining nufuzli universitetlari vakillaridan to'g'ridan-to'g'ri ma'lumot oldilar.

Bundan tashqari o'quvchilar prezident maktablari, boshqa tuman va shahar ixtisoslashtirilgan maktablardan tashrif buyurgan, o'z tengdoshlari bilan suhbatlashib fikr almashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Bu kabi ko'rgazmalar o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish bilan birga o'z kelajaklarini yanada aniqroq tasavvur qilishga yordam berishi shubhasizdir.

https://t.iss.one/angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_kurash_musobaqasi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angren shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr, O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan Milliy kurash musobaqasi o'tkazildi.

Musobaqada shahrimizning uchta sport maktabi kurashchilari qatnashdilar.

Davlat ramzimiz qabul qilingan kunda o'tkazilgan musobaqa yoshlarning sog'lom turmush kechirishlarida va ularning vatanparvarlik ruhida ulg'ayishlarida xizmat qiladi.

https://t.iss.one/angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayroģim_faxrim

Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari kimyo fani o'qituvchisi Muhayoxon Xasanovaning darsida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan "Bayroq-kimyoviy ranglar jilosida" deb nomlangan tajribani bajarishdi.

https://t.iss.one/angren_piima