ITMA Angren_IM
1.14K subscribers
1.24K photos
454 videos
302 links
Download Telegram
Bilimga chanqoq yoshlar diqqatiga!

Shahrimiz yoshlarining xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini inobatga olgan holda American Councils tomonidan ACCESS dasturi o'z faoliyatini boshlamoqda.

Umumta'lim maktablarining 7-8-9-10 sinflarida tahsil olayayotgan va ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bor o'quvchilar uchun mo'ljallangan bu dasturda o'quvchilar 2 yil davomida bepul ingliz tili darslarida saboq olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Darslar maktabdan tashqari vaqtlarda yetuk mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Dars jarayonlari shahar markazida joylashgan Angren shahar IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIda bo'lib o'tadi.

Agar siz ham ushbu dastur ishtirokchisi bo'lishni xohlasangiz, quyidagi link orqali ONLAYN ANKETANI to'ldirib yuboring!

UZB 👉 https://forms.office.com/r/dHmcSBr3n8

RUS 👉 https://forms.office.com/r/Z4FmiceF5e

ENG 👉 https://forms.office.com/r/LsxardzuVY

Guruhlarga o'quvchilar suhbat asosida qabul qilinadi! Shoshiling, o'rinlar cheklangan!

https://t.iss.one/angren_piima
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida 7-sinf o'quvchilari asosiy darslardan so'ng qo'shimcha KOREYS TILI mashg'ulotlarida faol ishtirok etishmoqda.

Ushbu darslarni malakali o'qituvchimiz Kamilova Mohira olib bormoqda.

https://t.iss.one/angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanparvarlik_tadbiri

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angren shahar Ixtisoslashtirilgan maktabining bir qator 10-11-sinf o'quvchilariga 27-noyabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 31-maydagi qaroriga binoan ta'sis etilgan "VATAN TAYANCHI" bolalar va o'smirlar harbiy-vatanparlik harakati emblemasini topshirish tadbiri o'tkazildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishiga beqiyos hissa qo'shishi shubhasizdir.

https://t.iss.one/angren_piima
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik
#ixtisoslashtirilgan_maktabda_bir_kun

Joriy yilning 28-noyabr kuni Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabiga 13-umumta'lim maktabining rus tili fani o'qituvchisi Sayyora Yusupova hamda 32 nafar 8-sinf o'quvchilari tashrif buyurishdi.

O'quvchilar ixtisoslashtirilgan maktabda bir kun davomida belgilangan dars jadvali asosida barcha darslarda ishtirok etishdilar. Dars jarayonlarida ikki maktab o'quvchilari o'zaro fikr va bilimlarini almashdilar.

Bunday yangicha tajriba o'quvchilar tomonidan yuqori e'tirof etildi. Kelgusida boshqa sinf o'quvchilari bilan ham shunday hamkorlik darslarini tashkil etishga maktab jamoasi bilan kelishib olindi.

https://t.iss.one/angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DTM_blok_test

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angren shahar Ixtisoslashtirilgan maktabining 11-B sinf o'quvchilariga 2-dekabr sanasida DTM testiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha maxsus blok testi o'tkazildi.

Bunda o'quvchilar o'zlarini kelajakdagi asosiy DTM testlarini topshirish jarayonini his qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

https://t.iss.one/angren_piima
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#anti_OITS

Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 10-"G" sinf o‘quvchilari 1-dekabr "Xalqaro OITS ga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan "Hayot shamingni so‘ndirma" deb nomlangan tadbir tayyorlashdi. Har bir yosh avlod o‘zi uchun xulosa olsa, biz oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishgan bo‘lamiz!!!!

https://t.iss.one/angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Maktabimiz o'quvchilari yaqin kunlarda bo'lib o'tadigan CEFR sertifikati imtihonining SPEAKING bo'limiga tayyorgarlik ko'rishmoqda!

To'g'risi maktab sinf xonalarida BILIM "qaynasa" MAZZADAAA...

https://t.iss.one/angren_piima
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Tez kunda... PREMYERA!

Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan "ISTIQLOL FIDOYILARI" nomli sahna ko'rinishining premyerasi bo'lib o'tadi!
#noananaviy_ped_kengash

Bugun Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida o'qituvchilar uchun noan'anaviy pedagogik kengash tashkil etildi.

Eng avval o'quvchilarning I-chorak baholari, olingan BSB va ChSB lar hamda fan olimpiadalarining natijalari tahlil qilindi.

Undan so'ng maktab direktori Abror Nazirov tomonidan barcha o'qituvchilarga "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" mavzusida trening bo'lib o'tdi.

P.S. Batafsil navbatdagi video roligimizda bilib olishingiz mumkin...

https://t.iss.one/angren_piima
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida 2-dekabr sanasida o'qituvchilar uchun "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Trening interfaol uslubda o'tkazildi. Bu kabi treninglar maktabda jamoa ruhini shakllantirish, masalalarga yakdillik bilan yondashish yo'lida xizmat qilishi shubhasizdir.

https://t.iss.one/angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DTM_blok_test

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angren shahar Ixtisoslashtirilgan maktabining 11-A va 11-V sinf o'quvchilariga 6-dekabr sanasida DTM testiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha navbatdagi maxsus blok testi o'tkazildi.

O'quvchilar yana bir bor o'zlarini DTM testlarini topshirayotgandek his qildilar. Test natijalari o'quvchilarning asosiy DTM testiga naqadar tayyor yoki tayyor emasliklarini ko'rsatib berdi.

https://t.iss.one/angren_piima
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

#Konstitutsiyamiz_31_yoshda

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida, o'quvchilar ishtirokida sahnalashtirilgan “ISTIQLOL FIDOYILARI” nomli sahna ko'rinishining PREMYERAsi bo'lib o'tdi.

To'liq videoni tez kunda youtube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi...

https://t.iss.one/angren_piima
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya_kuni

Joriy yilning 7-dekabr kuni Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Angren shahar jinoyat ishlari bo'yicha sudining sudyalari ishtirok etishdi. Davra suhbati tarzida boshlangan tadbir maktabning 11-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan bellashuv bilan davom etdi.

Unda maktabning 11-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan ikkita jamoa o'zlarining huquqiy bilimlarini aniqlash maqsadida bellashdilar.

Maktabning huquq fani o'qituvchisi Xurshid Salomov tomonidan tayyorlangan ushbu tadbir tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan yuksak e'tirof etildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.

https://t.iss.one/angren_piima
Tadbir jarayonidan lavhalar...