ITMA Angren_IM
1.13K subscribers
1.28K photos
484 videos
302 links
Download Telegram
#maktab_jarayoni

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida 2022-2023 o'quv yilining III-chorak natijalari sarhisob qilindi.

Jumladan o'quv yili davomida Agentlik tomonidan olingan 1,2 3 - CHSB (chorak summativ baholash) imtihonlari natijalari sinflar kesimida tahlil qilindi.

Tahlil natijasiga ko'ra yuqori natijalarni qo'lga kiritgan sinflar munosib taqdirlandilar.

Bundan tashqari maktabning 10-11 - sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan INGLIZ TILI ochiq olimpiadasida hamda "O'zbekiston tarixi" telekanalining "EVRIKA" bilimlar bellashuvi dasturida faol ishtirok etgan o'quvchilar ham taqdirlandilar!

O'quv jarayonida erishgan yutuqlari, o'zining namunali hulqi bilan boshqa o'quvchilarga o'rnak bo'layotgan va maktab sha'nini viloyat va respublika darajasida munosib himoya qilib kelayotgan 4 nafar o'quvchilarga maktab rahbariyati jamoasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

https://t.iss.one/angren_piima
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktab_jarayoni

Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabida bugungi kunda o'quvchilar sifatli bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Malakali va tajribali o'qituvchilar belgilangan dars jadvali asosida o'quvchilarga bilim berib kelishmoqda.

Shu bilan bir qatorda maktabda asosiy dars mashg'ulotlaridan tashqari turli xil to'garaklar tashkil etilgan. Biron bir muhim mavzuda ingliz tilida munozara olib borish, ingliz tilida notiqlik san'atini namoyish etish to'garaklari shular jumlasidandir.

Kuni kecha maktabning 6-sinf o'quvchilari o'rtasida ingliz tilida omma oldida gapirish yo'nalishida "notiqlik san'ati" tanlovi bo'lib o'tdi.

Bizni kuzatib boring, bir ozdan so'ng ushbu o'quvchilarimizning chiqishlarini telegram guruhimizda e'lon qilamiz! Agar o'quvchilarimizning bu yo'nalishdagi iqtidorlari sizga yoqqan bo'lsa bitta LIKE 👍 bilan qo'llab-quvvatlab qo'yasiz degan umiddamiz! 😊

https://t.iss.one/angren_piima
#maktab_jarayoni

Toshkent viloyati, Angren shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida bugun 03.02.2024 yil, "Bir oyda bir kitob" nomli kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Angren Universiteti talabalari, N. Ibragimova, Z. Abdurazzoqova va N. Axmedovalar tashrif buyurishdi, taqdimot juda qiziqarli, mazmunga boy bo‘lib o‘tdi.

@angren_piima