10-BMSM,ANGREN
217 subscribers
2.7K photos
290 videos
8 files
479 links
Toshkent viloyati Angren shahar 10-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining rasmiy telegram kanali.

Maktabimiz rasmiy veb-sayti: angren10bmsm.uz

Instagram sahifamiz: https://www.instagram.com/angren10bmsm?igsh=amR0cW1mYWF3d2U5
Download Telegram
#tadbir

Angren shahrida joylashgan KIMYOGAR stadionida "30-iyun-Yoshlar kuni" munosabati bilan konsert boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda maktabimiz doira sinfi oʻquvchilari hamda torli cholgʻular sinfi oʻquvchilari oʻz ustozlari bilan birgalikda faol qatnashishdi.

Tadbirning asosiy sahnasida maktabimiz anʼanaviy xonandalik boʻlimi oʻquvchisi Abdumavlonova Robiyaxon ishtirok etdi. Shuningdek Angren shahar hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

✈️Telegram 🌐VEB-SAYT
🌐 Instagram 📍Geolokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏4🔥1🥰1
#qabul2025

🔠🔠🔠🔠🔠🔣2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣

Angren shahar 10-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi 7 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan o'quvchi yoshlarning musiqa va san'at sirlarini o'rganishlariga imkoniyat yaratgan holda, quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha 2025-2026 o'quv yili uchun qabul e'lon qiladi!

Fortepiano
Skripka
Doira
Qashqar rubobi
Dutor
G'ijjak
Nay
Akkordeon
Estrada xonandaligi
Akademik xonandalik
An'anaviy xonandalik
An'anaviy cholg'u ijrochiligi
Tasviriy san'at
Amaliy san'at
Teatr san'ati
Xoreografiya

💧Malakali mutaxassislar farzandingizga musiqa va san'at sirlarini o'rgatishadi.

‼️SHOSHILING QABUL CHEKLANGAN!

📞Murojaat uchun telefonlar:
+998978865681
+998933820727

✈️Telegram 🌐VEB-SAYT
🌐 Instagram 📍Geolokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏52👍1🔥1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv #viloyat #hisobot_konserti

2024-2025 o'quv yilida Toshkent viloyati Bolalar musiqa va san'at maktablarining hisobot konserti bo'lib o'tgan edi.

Ushbu hisobot konsertida maktabimiz o'quvchisi Ro'zimatov Anvar maktabimiz xalq cholg'ulari ansambli jo'rligida "Nay yallasi" kuyi ijro etgan.

Tinglang va orom oling!

✈️Telegram 🌐VEB-SAYT
🌐 Instagram 📍Geolokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1🥰1👏1
Musiqa bilan shug‘ullanishning 12 sababi
Musiqa bilan shug‘ullanish ortidan rivojlanadigan xislatlar

Musiqa bilan, umuman san’at bilan shug‘ullanish qator muhim xislatlarning rivojlanishiga yordam berishi sir emas. Quyida shularning ba’zilarunu ko‘rib chiqamiz.

1. Erta musiqiy ta’lim bilan shug‘ullanish miyaning nutq va mantiq uchun javob beradigan qismlari rivojlanishiga yordam beradi. Rivojlanish bola tug‘ilganidan so‘ng bir necha yil davomida amalga oshadi va so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, agar, bola doimiy ravishda musiqa bilan shug‘ullansa, masalan, vokal bilan yoki biron-bir misiqa cholg‘usida ijro etish bilan, miyaning nutq, mantiqiy fikrlash, matematika qobiliyatlariga javob beradigan chap yarim pallasi faol rivojlanadi. Musiqa va masofaviy intellekt orasida aloqa mavjud. Musiqa bilan shug‘ullanish tasavvur ifoda qilishni rivojlantiradi, bola xaritalarni, chizmalarni, diagrammalarni oson tushunishiga yordam beradi. Hamda tasvirni eslab qolish va “rang hissi” rivojlanadi.

2. Musiqa bilan shug‘ullanish tufayli o‘quvchilar qiziq yechimlarni topgan holda ijodiy fikrlashni o‘rganadi. San’atda bitta to‘g‘ri javob bo‘lmaydi.

3. Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, san’atning har qanday turi bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilar maktabda yaxshi o‘qishadi va standart imtuhonlarni muvaffaqiyatli topshirishadi.

4. San’atning har qanday turi (musiqa, tasviriy san’at) bilan shug‘ullanish bolada achinish hissini, rahmdillikni rivojlantiradi, boshqa odamlarga g‘amxo‘r bo‘lishni o‘rgatadi.

5. Bolaning ishni oxirigacha olib borish qobiliyati rivojlanadi. Resurslarni to‘g‘ri, savodli taqsimlashni o‘rganadi.

6. Musiqa asarini o‘rganish tezda amalga oshmaydigan ketma-ketlikda amalga oshadigan jarayondir. Bola o‘z oldiga vazifalar qo‘yishni va ularni teng miqdorda bajarishni o‘rganadi.

7. Musiqadagi xato - bu katta xatodir. Cholg‘u asbobi yo sozlangan, yo sozlanmagan. Musiqa bilan shug‘ullanish og‘ir ish bo‘lib oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun doimo qattiq mehnat qilish kerakligini talab qiladi.

8. Musiqa jamoada ishlashni o‘rgatadi. Bu ansamblda, orkestrda ijro etishda o‘z aksini topgan. O‘quvchilar bir-birini eshitishni, bir vaqtda ijro etishni, solistlik qilishni o‘rganishadi.

9. Musiqa - bu birinchi o‘rinda o‘z fikrini ifoda qilish vositasidir! Uning sharofati bilan bolaning hayoti ancha qiziqarli va ma’noli.

10. Musiqa bilan shug‘ullanish ishda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Bola diqqat e’tiborini biron-bir ishni, vazifani tomosha qilib turishga emas, balki bajarishga qaratadi.

11. Qo‘rquvni yutish qobiliyati ham juda muhim sifatdir. Omma oldida ijro etishdan qo‘rqish - bu eng kuchli qo‘rquvlardan biri bo‘lib, bola bu bilan doimo kurashib kelishi lozim.

12. Musiqa cholg‘usida chalish koordinatsiyani rivojlantiradi.
4🔥1
#DOLZARB90KUN

Maktabimiz o'qituvchilari Xasanov Rahmatjon Firdausovich va Mamatov Muhammadali Abdumannobovich o'quvchilari bilan birgalikda 22-DMTTda bolajonlar uchun MILLIY CHOLG'ULAR mavzusida konsert o'tkazishdi.

Konsertda o'zbek milliy cholg'ulari haqida tushunchalar berish bilan bir qatorda kuylar ijro etishdi.

✈️Telegram 🌐VEB-SAYT
🌐 Instagram 📍Geolokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏3🔥1💯1
#Yangilik
#ERP_madaniyat

Hurmatli ota-onalar sizlar uchun qulaylik yaratishda davom etamiz!

➡️Tez kunlarda "ERP madaniyat" yagona boshqaruv tizimi doirasida my.gov.uz portali orqali:

✔️O‘qishni Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlaridan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati;

✔️Bolalar musiqa va san’at maktabiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati;

✔️O‘qishni bolalar musiqa va san’at maktabidan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

🔅 Bizni kuzatib boring, qulaylik yaratishda davom etamiz...

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1💯1
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Hurmatli ota-onalar!

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari uchun oʻqishga qabul qilishni roʻyhatga olish 20 avgust kuni yakunlanadi!

https://oldmy.gov.uz/oz/service/1115
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
51👍1
#qabul2025

🔠🔠🔠🔠🔠🔣2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣

Angren shahar 10-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi 7 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan o'quvchi yoshlarning musiqa va san'at sirlarini o'rganishlariga imkoniyat yaratgan holda, quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha 2025-2026 o'quv yili uchun qabul e'lon qiladi!

Fortepiano
Skripka
Doira
Qashqar rubobi
Dutor
G'ijjak
Nay
Akkordeon
Estrada xonandaligi
Akademik xonandalik
An'anaviy xonandalik
An'anaviy cholg'u ijrochiligi
Tasviriy san'at
Amaliy san'at
Teatr san'ati
Xoreografiya

💧Malakali mutaxassislar farzandingizga musiqa va san'at sirlarini o'rgatishadi.

‼️SHOSHILING QABUL CHEKLANGAN!

📞Murojaat uchun telefonlar:
+998978865681
+998933820727

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Hurmatli ota-onalar!

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari uchun oʻqishga qabul qilishni roʻyhatga olish 20 avgust kuni yakunlanadi!

https://oldmy.gov.uz/oz/service/1115

✈️Telegram 🌐VEB-SAYT
🌐 Instagram 📍Geolokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#yubiley

Maktabimiz xalq cholg'ular bo'limi o'qituvchisi XASANOV RAHMATJON FIRDAUSOVICHning tabarruk 65 yoshga to'lishi munosabati bilan tadbir o'tkazildi.

Bunda maktabimiz jamoasi qatnashib, samimiy tabriklarini izhor etdilar.
Maktab boshlang'ich kasaba qo'mitasi tomonidan sovg'alar topshirildi.
Rasmiy tabriknomani maktabimiz rahbari Vohidjon Abduvaliyev o'qib eshittirdi
.

Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin, Rahmatjon Firdausovich!

✈️Telegram 🌐VEB-SAYT
🌐 Instagram 📍Geolokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82👏2🎉2🔥1😍1