Andijon IIB | Rasmiy kanal
7.02K subscribers
17.9K photos
5.14K videos
6 files
10.2K links
Andijon viloyati IIBning yangiliklari
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Transport vositasini olib qochish 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi!

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 267-modda
———
Транспорт воситасини олиб қочиш 20 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади!

Ўзбекистон Республикаси Жиноят Кодекси 267-модда

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogoh bo‘ling! Plastik raqamlaringizni va SMSdan kelgan kodlarni hech kimga bermang!
———
Огоҳ бўлинг! Пластик рақамларингизни ва СМСдан келган кодларни ҳеч кимга берманг!

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 8-9 май кунлари амалий ташриф билан Москва шаҳрида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 8-9 мая посетит город Москву с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #OYII

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Buloqboshi tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 7-may kuni Buloqboshi tumanidagi 11-sonli sanatoriy maktab-internatida fuqarolarning sud-huquq masalalari yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda Andijon viloyati IIB boshlig‘i A.T.Rahmatullayev ham ishtirok etib, unda ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.

Xususan, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish, tergov-surishtiruv harakatlari hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushunchalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Inson xotirasi aziz va muqaddasdir. Uni yod etmoq, ezgu sifatlar bilan eslamoq esa tiriklar uchun ham farz, ham qarz hisoblanadi.

Bugun Paxtaobod tumanida joylashgan "Ko‘k olma" tantanalar saroyida 9 may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat vazifasini o‘tash jarayonida halok bo‘lganlarning oila aʼzolari taklif etildi.

To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan mehmonlar ularga ko‘rsatilgan ehtiromdan yurtimizda inson qadri har nedan ustun ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildilar.

Tadbirda qatnashgan 150 nafar ishtirokchiga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube