Andijon IIB | Rasmiy kanal
8.06K subscribers
20.5K photos
5.9K videos
6 files
11.6K links
Andijon viloyati IIBning yangiliklari
Download Telegram
Navoiy merosi - millat xazinasi!

O‘zbekiston Respublikasi IIV Andijon akademik litseyida buyuk mutafakkir bobomiz Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan litsey o‘quvchilari tomonidan "Navoiy merosi - millat xazinasi" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu bayram tadbirida Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari mayor Barno Mirzayeva hamda viloyat musiqa va sanʼat maktabi sozandalari ishtirok etdilar.

Tadbirda A.Navoiyning g‘azal va ruboiylari o‘quvchilar tomonidan ijro etildi. Shuningdek, Navoiyga munosib avlod bo‘lishga intilayotgan bir guruh o‘quvchilar ham o‘z isteʼdodlarini namoyish etdilar.

Tadbir so‘ngida bir guruh sanʼatkorlar litsey maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларда хизмат кўрсатиш соҳаларини ривожлантириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития сферы услуг в регионах.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #xizmatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚨Erkatoy haydovchiga qonuniy chora ko’rildi.

Andijon shahar S.Zunnunova ko’chasida, haydovchi 2006 yilda tug’ilgan fuqaro oʻzining “Matiz” rusumli transport vositasiga ruhsat etilmagan qurilma (sirena) o’rnatib olganligi aniqlanib, unga YPX xodimlari tomonidan tegishli chora ko’rildi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
#mahorat_darsi

Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi

Bo‘lib o‘tgan tadbirda mutaxassislar o‘quvchi yoshlarga ekspert-kriminalistika markazi imkoniyatlari, hujjatlarni texnik tadqiqoti hamda xatshunoslik ekspertizalarini tayinlashga qo‘yiladigan savollar, tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarida kriminalistik videoyozuvdan foydalanish tartibi hamda jinoyatlarni ochishda kriminalistik fotografiya va videoyozuvlardan foydalanishning ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berishdi.

Mahorat darsi davomida o‘quvchi-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati ichki ishlar organlarining maxsus xizmatlari ishtirokida o‘tkazilgan vatanparvarlik ruhidagi tadbir tafsiloti
———
Андижон вилояти ички ишлар органларининг махсус хизматлари иштирокида ўтказилган ватанпарварлик руҳидаги тадбир тафсилоти

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Surxondaryo viloyatiga masʼul boʻlgan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov rahbarligida hisobot yigʻilishi oʻtkazildi

▶️ Batafsil
———
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «2025 йилда республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими самарадорлигини янада ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида»ги Қарори ижросини таъминлаш мақсадида Сурхондарё вилоятига масъул бўлган Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов раҳбарлигида ҳисобот йиғилиши ўтказилди

▶️ Батафсил

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV