Andijon IIB | Rasmiy kanal
8.06K subscribers
20.5K photos
5.9K videos
6 files
11.6K links
Andijon viloyati IIBning yangiliklari
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_bolalar

Andijon tumani hududida “Damas” avtotransport vositasining haydovchisi odam tashish qoidasini buzib, jami 32 nafar bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga olib ketayotgan vaqtida to‘хtatilib, qoidabuzar haydovchiga nisbatan qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shu o‘rinda barcha ota-onalardan farzandlarining taqdiriga befarq qaramasliklarini, haydovchilardan esa belgilangan tartib-qoidalarga doimo amal qilishlarini so‘rab qolamiz!

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#o‘quv_mashg‘uloti

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari va jangovar qurollarning taktik-texnik xususiyatlari yuzasidan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

———
Андижон вилояти ИИБ аппарати шахсий таркиби учун саф тайёргарлиги машғулотлари ва жанговар қуролларнинг тактик-техник хусусиятлари юзасидан амалий ўқув машғулотлари ўтказилди

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘ston tumani IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan Gulshan mahallasining ichki ko‘chalarida aholi murojaatlariga asosan shebenlashtirish ishlari olib borilmoqda
———
Бўстон тумани ИИБ бошлиғининг ташаббуси билан Гулшан маҳалласининг ички кўчаларида аҳоли мурожаатларига асосан шебенлаштириш ишлари олиб борилмоқда

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
#muhokama_yig'ilishi

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasida shahar-tuman IIB JXX Probatsiya bo‘lim va guruhlari xodimlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali yig‘ilish o‘tkazildi.


Unda viloyat IIB Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Jasurbek Xudoyberdiyev tomonidan xodimlarning xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishlari, "Probatsiya oyligi" davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, kelgusida amalga oshrilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib olindi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида электротехника соҳасида ишлаб чиқариш, экспорт ва инвестиция ҳажмини кўпайтириш масалалари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам увеличения объемов производства, экспорта и инвестиций в электротехнической отрасли.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #elektrotexnika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#oʻquv_mashgʻuloti

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 22-sentyabr kungi "Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risidagi"gi tegishli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Andijon viloyati IIB va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan bevosita mashg‘ulotlarga masʼul bo‘lgan xodimlar ishtirokida dastlabki o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan o‘quv mashg‘uloti davomida kelgusidagi mashg‘ulotlarni samarali hamda sifatli o‘tkazilishi yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Joriy yilning 5-sentyabr kuni "Profilaktika kuni" tadbiri doirasida  Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan Andijon shahar, Andijon, Asaka, Buloqboshi, Oltinko‘l va Shahrixon tumanlarida nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borildi.

Xususan, ushbu hududlarda probatsiya hisobidagi yoshlar bilan sektor rahbarlari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilib, jami 6 nafar yoshlar tadbirkorlikka yo‘naltirildi.

Shuningdek, tadbirlar davomida 8 marotaba "Ishga marhamat" mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, unda 91 nafar  shaxslar ishga joylashtirildi.

Bundan tashqari, probatsiya hisobida turuvchi 98 nafar kam taʼminlangan shaxslar mahalladagi maxsus daftarlarga kiritildi.

Hozirda bu kabi profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube