Andijon IIB | Rasmiy kanal
7.77K subscribers
19.7K photos
5.65K videos
6 files
11.1K links
Andijon viloyati IIBning yangiliklari
Download Telegram
#Sarhisob

Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi birga kurashamiz!

———
Joriy yilning 23-avgust kuni Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Umumtaʼlim maktablarining o‘quvchilari tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatchilik sodir etilishini oldini olish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik" mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari K.Komilov, viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik M.Mamirjonov hamda boshqa bir qator hamkor tashkilotlarning mutasaddilari, shuningdek, milliy gvardiya inspektor-psixologlari ishtirok etdi.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning ahvoli tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
#sayyor_qabul

Andijon viloyatining
Shahrixon tumanida fuqarolarning sud-huquq masalalari yuzasidan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
—————
Fuqarolarning sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan bu galgi sayyor qabul Shahrixon tumanida tashkil etildi.

O‘tkazilgan ushbu sayyor qabulda Andijon viloyati IIB rahbariyati ham ishtirok etib, unda ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.  

Xususan, tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.

Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘lmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport_musobaqasi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida o‘tkazilgan mini futbol musobaqasida Andijon viloyati IIB terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
———
Ўзбекистон Республикаси мустақилликнинг 33 йиллиги муносабати билан ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ўртасида ўтказилган мини футбол мусобақасида Андижон вилояти ИИБ терма жамоаси ғолибликни қўлга киритди!

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#umumxalq_ xayriya hashari
#live

"Mahalla obod — yurt obod" shiori ostida ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Andijon viloyati IIB apparati xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube