Andijon IIB | Rasmiy kanal
6.92K subscribers
18.1K photos
5.2K videos
6 files
10.3K links
Andijon viloyati IIBning yangiliklari
Download Telegram
Andijonda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan "Dolzarb 40 kun" maxsus profilaktik tadbiri boshlandi
———
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda profilaktik tadbirlarning o‘rni va ahamiyati katta. Shu boisdan Andijonda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha "Dolzarb 40 kun" maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilishi belgilanib, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.Ismanov hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik M.Mamirjonovlar boshchiligida viloyatdagi barcha profilaktika (katta) inspektorlariga ertalabki yo‘riqnoma videoselektor tartibida o‘tkazildi.

Yo‘riqnomada profilaktika (katta) inspektorlariga huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishda xonadonbay va fuqarobay ish tashkil qilishlari yuzasidan topshiriqlar berildi.

"Dolzarb 40 kun" maxsus profilaktik tadbiri doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorijga ishlash maqsadida borgan Sodiqov Dilshod Abdurahmonovich xalqaro teroristik tashkiloti aʼzolarining taʼsiriga tushgan va yashirin jamoatlarda ishtirok etgan

Shu o‘rinda chet davlatlarida yurgan barcha yurtdoshlarimizdan bilib bilmasdan turli uyushma va birlashmalarga qo‘shilmasliklarini so‘rab qolamiz!
———
Хорижга ишлаш мақсадида борган Содиқов Дилшод Абдураҳмонович халқаро терористик ташкилоти аъзоларининг таъсирига тушган ва яширин жамоатларда иштирок этган


Шу ўринда чет давлатларида юрган барча юртдошларимиздан билиб билмасдан турли уюшма ва бирлашмаларга қўшилмасликларини сўраб қоламиз!

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jinoyat qurboni bo‘lib qolishdan ehtiyot bo‘ling!
———
Жиноят қурбони бўлиб қолишдан эҳтиёт бўлинг!

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan "Dolzarb 40 kun" maxsus profilaktik tadbiri doirasida Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.Ismanov boshchiligida Asaka tumanida xonadonbay ish tashkil etildi

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishda xonadonbay va fuqarobay ish tashkil qilishlari yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berilib, aholini qiynab kelayotgan masallar bo‘yicha mahalla faollari bilan suhbatlar olib borildi
———
Жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларни барвақт олдини олишга қаратилган "Долзарб 40 кун" махсус профилактик тадбири доирасида Андижон вилояти ИИБ бошлиғи ўринбосари I.Ismanov бошчилигида Асака туманида хонадонбай иш ташкил этилди

Ҳуқуқбузарлик ва жиноятчиликни барвақт олдини олишда хонадонбай ва фуқаробай иш ташкил қилишлари юзасидан масъулларга топшириқлар берилиб, аҳолини қийнаб келаётган масаллар бўйича маҳалла фаоллари билан суҳбатлар олиб борилди

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Andijon viloyati IIB JXX JTSB hamda YHXB xodimlari tomonidan "Dolzarb 40 kun" maxsus profilaktik tadbiri doirasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish choralari ko‘rilmoqda
———
Avval xabar qilinganidek, Andijonda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha "Dolzarb 40 kun" maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilishi belgilanib, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida o‘tkazilgan tungi yo‘riqnomada huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xususan, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda 5 ta hamkor yo‘nalishlar tashkil qilinib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Андижон вилоятида жами 585 519 ta хонадонлар мавжуд бўлиб, ушбу хонадонларда яшовчи фуқароларнинг тинчлик ва осойишталигини таъминлаш ҳамда уларнинг ҳушёрлигини ошириш мақсадида ҳар-бир ҳовли ва кўп қаватли уйларга аҳолини огоҳликка чақирувчи “ESLATMALAR” yopishtirilib chiqilmoqda.

Бундан кўзланган асосий мақсад жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларни барвақт олдини олишдир. Ҳозирда "Долзарб 40 кун" махсус профилактик тадбири доирасидаги тадбирлар давом эттирилмоқда.
———
Andijon viloyatida jami 585 519 ta xonadonlar mavjud bo‘lib, ushbu xonadonlarda yashovchi fuqarolarning tinchlik va osoyishtaligini taʼminlash hamda ularning hushyorligini oshirish maqsadida har-bir hovli va ko‘p qavatli uylarga aholini ogohlikka chaqiruvchi “ESLATMALAR” yopishtirilib chiqilmoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishdir. Hozirda "Dolzarb 40 kun" maxsus profilaktik tadbiri doirasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube