ANDSTAT I Rasmiy kanal
1.75K subscribers
8.49K photos
256 videos
7 files
4.15K links
Andijon viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati

Savol va takliflar uchun
Admin: @MurodjonTurakulov

Tel: (+998) 74 2282970
Download Telegram
Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibi

📊 2025-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi umumiy hajmi (13 726,3 mlrd soʻm) ning tarkibida:

- yirik korxonalarning tovar aylanmasi - 1 065,7 mlrd soʻmni (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 100,3 %)

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi - 12 660,6 mlrd soʻmni (107,8 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 059,9 mlrd soʻmni (109,2 %) tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Viloyatimizda sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,1 % ga oshdi

📊 Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025- yil yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatida 48,4 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 7,1 % ga oshgan.


Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi korxonalar soni 180 taga koʻpaydi

📊 2025-yilning 1-iyul holatiga viloyatimizda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 1175 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 180 taga oshgan.

Soha korxonalarining 924 tasi yoki 78,6 % ini kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.


Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Bo'ston tumanida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni qanchaga yetdi?

📊 2025- yilning 1-iyul holatiga Bo'ston tumanida 1 784 ta korxona va tashkilot roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 925 tasi (51,8 %i) faoliyat yuritgan.

Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning 734 tasini (79,3 %i) kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.


Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

🔹Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 90 ta

🔹Sanoatda – 120 ta

🔹Qurilishda - 92 ta

🔹Savdoda – 288 ta

🔹Tashish va saqlashda – 45 ta

🔹Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 22 ta

🔹Axborot va aloqa – 9 ta

🔹Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 14 ta

🔹Boshqa turdagi xizmatlar – 245 taga to‘g‘ri keldi.


Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Chet mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish tartibi

Kop‘gina mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish qonun bilan tartibga solinishi mustahkamlab qo‘yilgan.
Masalan, Buyuk Britaniyada 1920 yilda Qo‘shma Qirollikda aholini ro‘yxatga olish qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunda aholini ro‘yxatga olishning barcha qoidalari, fuqarolar, uy xo‘jaliklari, korxonalar va muassasalarning qaysi toifalari ro‘yxatga olinishi, aholini ro‘yxatga olishni kim o‘tkazishi, so‘rov varaqalari qanday bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga oladigan hisobchilarni yollash qoidalari, ularning xizmat vazifalari hamda aholini ro‘yxatga olish qoidalari ko‘rsatilgan.

Batafsil...

Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Andijon viloyati statistika boshqarmasida I-yarim yillik yakuni bo‘yicha Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 29- iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida 2025-yil I-yarim yillik yakunlari boʻyicha kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari ishtirok etdi.

Kengash yigʻilishini boshqarma boshligʻi Toʻxtaboyev Nodirbek Gʻanijonovich ochib berdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining statistik tizim oldiga qoʻygan ustuvor vazifalari, shuningdek II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va yoʻl qoʻyilgan xato kamchiliklar yuzasidan axborot berildi.

Batafsil...

Axborot xizmati

Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
👍4
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida mahsulot yetishtirishning asosiy koʻrsatkichlari

📊 Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 19 297,3 mlrd soʻmni tashkil qildi.
Jumladan:
- dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar – 18 736,5 mlrd soʻm
- oʻrmon xoʻjaligi – 470,0 mlrd soʻm
- baliqchilik xoʻjaligi – 90,8 mlrd soʻm.

Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
📌“Siyosiy ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati”da qatnashib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinayotgan materiallar bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, Milliy statistika qo‘mitasi media markazi tomonidan yaratilgan “Intervyuyerning bir kuni “, “Eng namunali hisobot topshiruvchi tadbirkorlik subyektlari”, “Ortga qaytmas islohotlar”, “Kun uz” sayti muxbirlari bozorda narx kuzatuvlarida qatnashdi” videoroliklar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishdan so‘ng soha mutaxassislari roliklar bo‘yicha o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Avtomobil transportida 6 oyda tashilgan yuk hajmi 25 mln tonnadan oshdi

📊 2025- yilning yanvar-iyunida viloyatimizda avtomobil transportida 25,9 mln tonna yuk tashilgan.

2024- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʻati 103,6 % ni tashkil qildi.

Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Xonobod shahrida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni qanchaga yetdi?

📊 2025- yilning 1-iyul holatiga Xonobod shahrida 1 003 ta korxona va tashkilot roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 492 tasi (49,0 %i) faoliyat yuritgan.

Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning 398 tasini (80,9 %i) kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.


Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

🔹Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 12 ta

🔹Sanoatda – 109 ta

🔹Qurilishda - 29 ta

🔹Savdoda – 143 ta

🔹Tashish va saqlashda – 10 ta

🔹Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 42 ta

🔹Axborot va aloqa – 3 ta

🔹Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 11 ta

🔹Boshqa turdagi xizmatlar – 133 taga to‘g‘ri keldi.


Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Meva va sabzavot eksporti oshdi

📊 Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatidan xorijga 28,3 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi.

Bu koʻrsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 42,6 % ga koʻpaydi


Rasmiy sahifalar👇
Facebook | Telegram | Web sayt
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 Ўзбекистонда қанча парранда гўшти етиштирилган?

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2024 йилда республикамиздаги барча тоифадаги хўжаликлар томонидан 310,9 минг тонна парранда гўшти (тирик вазнда) етиштирилган.

📊 Хўжалик тоифалари бўйича уларнинг ҳажми қуйидагича:

фермер хўжаликларида – 50,9 минг тонна;

деҳқон ва томорқа хўжаликларида – 63,9 минг тонна;

қишлоқ хўжалиги фаолиятини амалга оширувчи ташкилотларда – 196,1 минг тонна.


———

🇺🇿 Lotin
🇷🇺 Русский
🇬🇧 English

———

📢 Расмий саҳифалар | Официальные каналы
| 🔝Telegram | 🔝Instagram |🔝Facebook | 🔝Youtube | 🔝X | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM