ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Samarqand_viloyati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-iyul kuni bo'lib o'tgan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida videoselektor yig‘ilishida Davlatimiz rahbari - "Vazirlik va idoralar o‘z yo‘nalishida eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq yechimlar topishi shart" ekanligini alohida ta'kidlab o'tgan edilar.

Yuqoridagi videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirish, har bir murojaatga individual yondoshish lozimligi taʼkidlandi. Bu bo‘yicha yig‘ilish qatnashchilariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.