ANDIJON KADASTR
1.44K subscribers
7.44K photos
874 videos
6 files
4.95K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Кичик ёшдаги болаларга тарбия ва таълим бериш бўйича Бутунжаҳон конференцияси доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев БМТнинг Таълим, фан ва маданият масалалари бўйича ташкилоти (ЮНЕСКО) Бош директори Одри Азуле билан учрашув ўтказди.

В рамках Всемирной конференции по вопросам воспитания и образования детей младшего возраста Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев встретился с Генеральным директором Организации Объединенных Наций по вопросам образования, науки и культуры (ЮНЕСКО) Одри Азуле.

#Mirziyoyev #встреча #ЮНЕСКО #сотрудничество

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#bilib_oling

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-1(prim) -moddasiga asosan;

Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi uchun:

Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari;

Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Ma'umot uchun bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori 
(BHM 300 000 so'm)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Andijon

Xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan saʼyi - harakatlar, yurt tinchligi zamirida yotgan tinimsiz mehnatlar samarasini bermog‘i shart.

Buning uchun xalq oldidagi burchimizni sadoqat va halollik bilan bajarmog‘imiz lozim. Biz davlat korxonasidagi faoliyatimizni Vatanning bizga ishonchi deb tushunishimiz, bu ishonchga xiyonat qilmay, to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmay ishlashimiz lozim. Bu birgina o‘zimiz uchun emas, kelajak avlodlarimiz, farzandlarimiz to‘kinligini taʼminlash demakdir.

Bugun korrupsiyaga qo‘l urib davlat mulkini talon - taroj qilishga yo‘l qo‘ysak O‘zbekistonning qudratini, buyuk kelajagini yemirgan hisoblanamiz - deydi boshqarmaning Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi G'.Odilov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#OAV_biz_haqimizda #Andijon

Вилоят ҳудудидаги 2 минг 463 километр автомобиль йўлидан 1 минг 790 километр қисмининг кадастр паспорти тайёрланиб, белгиланган тартибда давлат рўйхатидан ўтказилди, – дейди Давлат кадастрлари палатаси Андижон вилояти бошқармаси бошлиғи ўринбосари Сайдулло Саидов

Батафси: УзА

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифамиз
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ishonchtelefoni #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang!

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya soʼnggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari

Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlariga guvox bo'lsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 hamda boshqarmaning 74-224-20-25 ishonch telefoni orqali xabar berishingizni so'raymiz.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi kafolatlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KECHA VA BUGUN ⌛️

🇺🇿 Andijon viloyati

🌐 Andijon viloyati hududi:
🔹tarix
: 420 000
▫️bugun: 430 000 gektar

📋 Nomlanishi:
🔹tarix
: 1926-1930-yillarda O'zbekiston SSRning Andijon tumani deb nomlangan
▫️bugun: Andijon viloyati (1941-yil 6-martdan)

🏘 Mahallalar soni:
🔹tarix: 536 ta MFY
▫️bugun: 889 ta MFY

📊 Aholisi:

🔹tarix: 1 mln 539 ming kishidan ortiqroq (2000-yil)
▫️bugun: 3 mln 253 ming kishidan ortiqroq (2022-yil)

Respublikamizning boshqa hududlari bo'yicha ana shunday ma'lumotlarga ega bo'lish uchun bizni kuzatib boring.

#DavKadastrPalata #kecha_va_bugun #Andijon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #kadastr_boshqarmasi #Bayroq_qabul_qilingan_kun

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonun tasdiqlanganiga 31 yil to‘ldi.

Ko‘kda hilpirar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i

Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i

“O‘z bayrog‘im” deb xalqim, dilda qilar iftixor

Undagi har bir rangning, o‘z ramzi, maʼnosi bor.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Bayroq_qabul_qilingan_kun

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari #MUQADDASDIR_VATAN_BAYROGI shiori ostida chellenjda ishtirok etishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️

🟪 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 8-17 - noyabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 20 885 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi

🏢 “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–425-son, 17.11.2022 y.) qabul qilindi.

📈 Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.

▫️2023-yil 1-yanvarga qadar qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi.

Batafsil➡️ https://t.iss.one/huquqiyaxborot/12736

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
ijtimoiy tarmoqlarda "Mana bu qurilma qonuniymi" sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Murojaatda keltirilgan manzil Andijon shahar hamda Andijon tumani chegarasida joylashgan bo‘lib yuqoridagi bino xech qanday hujjatlarsiz fuqaro G‘.M tomonidan (Shu yerda qurililayotgan ko‘p qavatli uylarda ishlayotgan ishchilar foydalanishi uchun) qurilganligi aniqlandi.

Hududiy jihatdan aniqlik kiritish va belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun joyida o‘rganilganda mazkur yer maydoni hozirda Andijon tuman hududi ekanligi va noqonuniy hojatxona bino-inshootlari qurib olganligi uchun Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi tomonidan fuqaro G'.Mga O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 60-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib fuqaroga ushbu noqonuniy qurilishlarni o‘z hisobidan bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi.

O‘z navbatida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy tarzda qurib olgan bino-inshootlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘z hisobidan bartaraf etmagan taqdirda vakolat doirasida majburiy tartibda buzdirish bo‘yicha Andijon tumanlararo fuqarolik sudiga davo arizasi kiritilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Ma_rifiy_soat

Barcha tahdidlarga qarshi faqatgina ilmu maʼrifat bilan kurasha olamiz.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari xodimlari o‘rtasida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida amaliy-seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi katta mutaxassisi B.Abbasova hamda Targ‘ibot guruh rahbari M.Qodirovalar ishtirok etishdi.

Seminar davomida tizimdagi barcha xodimlar o‘rtasida diniy-maʼrifiy, ijtimoiy-maʼnaviy muhitning barqarorligi va eʼtiqod erkinligiga tahdid qiluvchi omillarni o‘rganish, tahlil qilish va oldini olish choralarini ko‘rish, barcha xodimlarni oila va yaqin qarindoshlari o‘rtasida ham ommaviy madaniyat taʼsiriga immunitet hosil qilish, yod g‘oyalar taʼsiriga tushib qolish hamda ularni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi aytib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok