ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.4K photos
863 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️

🔘 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 2-8 noyabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 991 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xalq_bilan_birga #Inson_qadri

⚜️"Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla" yilida kadastr tizimi xodimlari tomonidan har bir murojaat e'tibor bilan vakolat doirasida o'rganib chiqilishi davomida o'tgan 2022-yilning mos davriga nisbatan (802 ta) murojaatlar soni 119 taga kamaygan.

🏢Kadastr agentligining Andijon viloyati boshqarmasiga joriy yilning o'tgan davr mobaynida 683 ta murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar ijro holati tahlil etilganda;

💠 Ijobiy yechimini topganlar - 137 ta:

💠 Huquqiy maslahat va maʼlumot berish orqali hal qilinganlar - 476 ta:

💠 Umumiy tushuntirish berilgan - 52 ta:

💠 Koʼrmasdan qoldirilgan - 6 ta:

💠 Ma'lumot uchun qabul qilingan - 1 ta:

💠 O'rganish jarayonidagi murojaaatlar - 11 ta.

Shundan, takroriy murojaatlar soni - 12 tani tashkil qilmoqda.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#yer_nazorat_loyihasi #Andijon_kadastr

Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan noqonuniy qurilmalar to'g'risida bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#bilib_oling

Yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallab olmang.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (2-qismi)ga asosan;

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish:

Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari;

Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Tayinlov #DavKadastrPalata #Andijon

Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani filiali rahbari lavozimiga Abdukarimov Tojidin Abdujalilovich tayinlandi.

T.Abdukarimov tayinlovga qadar Davlat kadastrlari palatasi Shahrixon tumani filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat olib borgan.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi jamoasi Tojidin Abdujalilovichni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Самарқандда Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгашининг йиғилиши бошланди. Тадбирдан аввал иштирокчилар биргаликда суратга тушдилар.

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев раислик қилаётган йиғилишда Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев, Қирғизистон Президенти Садир Жапаров, Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев, Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоған, кузатувчи мамлакат Венгрия Бош вазири Виктор Орбан саммитнинг фахрий меҳмони - Туркманистон Миллий Кенгаши Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов, шунингдек, ташкилот бош котиби Бағдод Амреев иштирок этмоқда.

В Самарканде началось заседание Совета глав государств Организации тюркских государств. Перед мероприятием состоялось совместное фотографирование участников.

В заседании под председательством Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева принимают участие Президент Азербайджана Ильхам Алиев, Президент Казахстана Касым-Жомарт Токаев, Президент Кыргызстана Садыр Жапаров, Президент Турции Реджеп Тайип Эрдоган, Премьер-министр Венгрии (страны-наблюдателя) Виктор Орбан, в качестве почетного гостя саммита - Председатель Халк Маслахаты Милли Генгеша Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедов, а также генеральный секретарь организации Багдад Амреев.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
YANGI NAFAS

🔹 18 noyabr - O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 13-noyabrda mamlakatimizning 15 ta shahrida, shu jumladan, Andijon shahrida  bir vaqtda “Yangi nafas” sport musobaqalari o‘tkazildi.

🔹 Tadbirda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

🔹 Tadbir “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda - birga yuguramiz” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

@andijonkadastr
#Andijon_kadastr #Oylik_tahlil

Joriy yilning oktabr oyida yerqonunbuzilish holatlariga yo'l qo'ygan 362 ta shaxsga nisbatan maʼmuriy choralar ko'rildi.

🏢 Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining Ma'muriy amaliyot bo'limi tomonidan joriy yilning o'tgan 10 oyi mobaynida yerqonunbuzilish holatlariga yo'l qo'ygan 3 092 ta shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy choralar ko'rildi.

📈 Shundan, oktabr oyining o'zida 362 ta holat aniqlanib, qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'ygan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ma'muriy javobgarlikka tortildi.

Yuqoridagi holatlar MjTKning tegishli moddalari bo'yicha tahlil qilinganda:

💠 3 ta holatda (Yerlarni oʼzboshimchalik bilan egallab olish) 60-modda 2-qismi bilan;

💠 48 ta holatda (Yer tuzish loyihalaridan o'zboshimchalik bilan chetga chiqish) 68-moddasi 1-qismi bilan;

💠 311 ta holatda (Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik) 68¹-moddasi bilan jarimalar qo'llanilgan.
#Andijon #Kadastr #Yer_nazorati

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2022 yilning oʼtgan davri mobaynida 851 ta holatda 126,0 gektar yer maydoni oʼzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Batafsil: Infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon_kadastr #Yer_nazorati #Oylik_tahlil

Аndijon viloyatida oktabr oyida 19 ta holatda yer maydonlari oʼzboshimchalik bilan egallab olinganligi maʼlum boʼldi.

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o'tgan davri mobaynida 851 ta noqonuniy holat anqilandi shundan, oktabr oyining oʼzida 19 ta holatda 43,5 gektar yer maydonlari oʼzboshimchalik bilan egallab olingani ma'lum bo'ldi.

Yuqoridagi 43,5 gektar yer maydonlari tahlil qilinganda:

☑️ 43,3 gektar Qishloq xoʼjaligi yerlar;

☑️ 0,2
gektar Аholi punktlari yerlarini tashkil etmoqda.

💠 Shuningdek
, o'tgan oy davomida aniqlangan 19 ta holatdagi 43,5 gektar oʼzboshimchalik bilan egallab olingan holatlarning barchasiga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo'yicha yozma ko'rsatmalar yuborildi.

Bundan tashqari boshqarmaning yer va kadastr nazorati bo'limi tomonidan 19 ta holatdagi 40,7 gektardagi oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini majburiy bartaraf etish bo'yicha fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga daʼvo arizalar kiritildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Русланбек Қуролтайевич Давлетов Президентнинг ижтимоий-сиёсий ривожланиш масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси адлия вазири лавозимидан озод этилди.

Указом Президента Республики Узбекистан Русланбек Куролтайевич Давлетов назначен на должность советника Президента по вопросам общественно-политического развития и в связи с этим освобожден от должности министра юстиции Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|Twitter