ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.39K photos
863 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Assalomu alaykum sizlarga murojaatim bor men Andijon viloyati Bo‘ston tumanidan yozayabman" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatdagi holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlandi.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ассалому алайкум ! Мен Андижон шаҳар кадастр идорасининг айрим мутасаддилари устидан шикоят қилмоқчиман" sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatdagi holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshlandi.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Facebook You tube
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Assalomu alaykum sizlarga murojaatim bor men Andijon viloyati Bo‘ston tumanidan yozayabman” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

O‘rganishda Kadastr agentligi Bo‘ston tumani bo‘limi bosh inspektori M.Abdullajonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
21-fevral kungi PQ-138-sonli qarori ijrosini ta’minlash, tumanda yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish, yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer nazorati tadbirlari davomida tumanning Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaro M.K tomonidan 0,10 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatini aniqlangan.

Holat bo‘yicha o‘rganilganda fuqaro M.Kga tuman hokimining 12.08.2017 yil kungi 540-sonli qaroriga asosan 0,25 gektar yer maydonlari "Savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi" qurish maqsadida ajratib berilgan, lekin o‘rganish kunida amalda 0,35 gektar yani huquqiy hujjatlardan 0,10 gektar ortiqcha yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab, shundan 348,1 kv.m yer maydoniga qurilish qurib olganligi aniqlangan.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan 0.10 gektar yer maydoni tahlil qilinganda tuman hokimining 24.10.2017-yil kungi 717-sonli qaroriga asosan tumanning Obod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro M.Sga “Chevarchilik sexi” bino-inshoatlari qurilish maqsadida ajratilgan 0.06 gektar hamda shu mahalla hududida bo‘sh turgan tuman zahirasidagi 0.04 yer maydonlari ekanligi tasdiqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha inspektor tomonidan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 60-modda 3-qismi (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda fuqaroga o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni o‘z hisobidan ixtiyoriy bartaraf etish bo‘yicha qonuniy tushuntirishlar berilganligi aniqlandi.

Shu o‘rinda murojaatdagi yana bir masalaga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz kadastr agentligining asosiy vazifalaridan biri bu yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olinish holatlarini oldini olish, aniqlash va belgilangan tartibda chora ko‘rish bo‘lib, murojaatda ta’kidlanganidek Agentlikning Bo‘ston tumani bo‘limi hodimlari bu joyda o‘z manfatlarini o‘ylab emas balki belgilangan xizmat vazifasini bajarayotganligini ta’kidlash joiz. Zero Yer umummilliy boylik uni asrab avaylash esa barchamizning burchimiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Murojaatchining ortiqcha to'lagan puli qaytarildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri Murabbiylar ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan o'zi yashab kelayotgan uy-joyidan tashqari nomida boshqa yer maydoni birikib qolganligi va soliq to'lovlarining ko'p hisoblanganligidan noroziligi mazmunida murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o'rganilganida, Davlat kadastrlar palatasi Andijon shahar filiali tomonidan fuqaro S.Xalilova nomiga 2013-yil 10-yanvardagi notarial tartibda amalga oshirilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan Andijon shahar, Murabbiylar ko‘chasi, 26-uyda joylashgan 38-raqamli kvartiraga kadastr raqami berilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hamda soliqqa tortish soliq idoralariga yuborilgan.

Shuningdek o'rganishda fuqaro S.Xalilova nomiga Andijon shahar, Murabbiylar ko‘chasi, 26-uy umumiy holda kadastr raqami hovli-joy sifatida noto'g'ri biriktirilganligi ma'lum bo'ldi. Mazkur kadastr raqamini biriktirishni bevosita amalga oshirgan Davlat kadastrlar palatasi Andijon shahar filiali mas’ul xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi hozirda bekor qilinganligi aniqlandi.

Hozirda fuqaro S.Xalilova nomiga noto'g'ri biriktirilgan kadastr raqami belgilangan tartibda “Ko‘chmas mulk-3” dasturidan o‘chirilganligi hamda fuqarodan ortiqcha ushlab qolingan soliq to'lovlarini qaytarish masalasi ijobiy hal etilib pul mablag'lati fuqaroga to'liq qaytarilganligi ma'lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumani Bo'ston MFY A373 yo'nalishida qurilgan avtomoyka masalasida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan murojaatning tegishli qismi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumani Bo'ston MFY A373 yo'nalishida qurilgan avtomoyka masalasida berilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

O'rganishda Shaxrixon tumani, Bo'ston mahalla fuqarolari yig'ini hududidan o'tuvchi Toshkent O'sh (A373) avtomagistral yo'lining ximoya mintaqasiga tumanning Navbaxor MFY xududida yashovchi fuqaro O.A. tomonidan 100 kv.metr yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab avtomo'yka kurib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr agentligi Shahrixon tuman bo'limi tomonidan belgilangan hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro tomonidan noqonuniy qurililgan bino inshootlarni o‘z ixtiyori bilan bartaraf etishi bo‘yicha tushuntirish hamda yozma ko‘rsatma berildi.

O‘z o‘rnida fuqaro tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino inshootlar ixtiyoriy bartaraf etmagan taqdirda, majburiy bartaraf etish bo‘yicha sud organlariga davo arizasi kiritilishi ma'lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda ''Assalomu alaykum xurmatli admin iltimos shuni yoritib berishingizni so‘rayman'' sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan murojaatdagi holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Ijtimoiy tarmoqlarda Fuqaroning ko‘p qavatli uy-joyining oldi-sotdi shartnomasini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklaridan noroziligi bo‘yicha tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

O‘rganishda fuqaro tomonidan ko‘p qavatli uy-joyni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuborgan murojaati boshqarmaning Ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi mutaxassisi tomonidan ijro etilishi davomida ko‘p qavatli uydagi xonadonning umumiy foydali maydoni 58,12 kv.metr o‘rniga 58,15 kv.metr (3 kv.sm farq) texnik xatolik bilan ko‘chirma shakllantirilganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni, texnik xatolarni tuzatish, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan berilgan, bunday xatolar mavjud bo‘lgan hujjatlarni almashtirish bepul amalga oshirilishi belgilangan.

Yuqoridagi qonun talablariga muvofiq fuqaroga ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reyestridan ko‘chirmaga to‘lov undirilmagan holda tuzatish kiritib berilishi taʼminlandi.

O'z o'rnida Ko'chmas mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazishda xatoga yo'l qo'yganligi uchun xodimga xayfsan chorasi ko'rilganligi ma'lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida "E-auksion" platformasida sotib olingan bino-inshoоtlarni taqiqqa qo‘yilganligi sababli tegishli hujjatlarini rasmiylashtirishda muammolar yuzaga kelayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaatning tegishli qismi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi quydagilarni ma’lum qiladi.

O‘rganishda Andijon shahar Mashal MFY hududi Do‘stlik ko‘chasi 1-manzilda joylashgan murojaatda keltirilgan Qozonxona binosi 17.11. 2022-yildagi Elektron-onlayn auksion natijalariga (092-609461-sonli g‘oloblik bayonnomasi) asosan fuqaro A.N g‘olib deb topilganligi ma'lum bo'ldi.

Murojaatda keltirilgan taqiqqa olinganlik masalasi o'rganilganida, mazkur qozonxona binosi "Ko‘chmas mulk-3" dasturida murojaatda keltirilganidek Andijon viloyatidan emas aksincha Navoiy viloyati Soliq boshqarmasi hamda Navoiy viloyati Majburiy ijro byurosi tomonidan taqiqqa olinganligi aniqlandi.

Shu o'rinda bino-inshootga qo‘yilgan taqiqni yechish faqat yuqoridagi vakolatli tashkilotlar tomonidan yechilishi mumkinligini hamda "Ko‘chmas mulk-3" dasturidagi mazkur binoning taqiq holatini yechilishida Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filialining vakolatlari yo‘qligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jalaquduq tumanidan fuqaroning sobiq kadastr xodimiga pul mablag‘i berganligi va boshqarmaning Telegram tarmog‘idagi “boti” faoliyati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaatda ismlari keltirilgan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Jalaquduq tumani filiali sobiq xodimlari, yaʼni G.A va uning o‘g‘li A.Shlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining tegishli buyruqlariga asosan belgilangan tartibda bekor qilingan.

Jumladan, 1-fuqaro (sobiq xodim) A.Sh bilan olib borilgan suhbatlar va o‘rganishlar natijasida korrupsiya va boshqa salbiy holatlar sodir etishga moyilligi borligi sababli Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining 14.03.2022-yildagi buyrug‘iga asosan Jalaquduq tuman filiali kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash bo‘limi kadastr muhandisi A.Sh bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

2-fuqaro (sobiq xodim, A.Shni dadasi) G.A bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining 16.10.2023-yil kungi buyrug‘iga asosan bekor qilingan va hozirgi kunda tizim xodimi hisoblanmaydi.

O‘z navbatida yuqoridagi fuqarolar (sobiq xodimlar) bilan tuzilgan mehnat shartnomalari belgilangan tartibda bekor qilinganligi sababli murojaatda keltirilgan muammoli holat bo‘yicha boshqarmalar tomonidan ularga taʼsir choralari ko‘rish imkoni yo‘qligi, fuqarolar ushbu holatlar bo‘yicha huquqni muxofazi qiluvchi organlarga murojaat qilishlari maqsadga muofiq bo‘ladi.

Murojaatdagi yana bir masala yana boshqarmaning Telegram tarmog‘idan kelgan murojaatlarga masʼul bo‘lgan xodim hamda murojaat muallifi ishtirokidagi suhbatlarda muomala madaniyati va murojaatni qabul qilib olishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun belgilangan tartibda qatʼiy ogohlantirish berilganligini maʼlum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

⚡️Kecha va bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Uyingizni kadastr hujjatlarini yo‘qotib qo‘yib arxivdan ham topa olmayotgan bo‘lsangiz siz uchun foydali tavsiya” mazmunidagi postda ayrim ma'lumotlar noto‘g‘ri ekanligi bo‘yicha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ogohlantirib, mazkur video orqali batafsil ma'lumotlarni taqdim etadi.

Shu o'rinda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va faollaridan ommaga taqdim etayotgan ma’lumotlar huquqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini, davriy o‘zgarish va yangilanishlarga mosligini tekshirib olishlarini so'rab qolamiz!

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM