ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.88K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Xo‘tanariq mahallasi xududida noqonuniy qurilgan qurilmalarga chora ko‘rilmayotganligi holati bo‘yicha tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Mazkur noqonuniy qurilmalar murojaat tarmoqlarda tarqalishidan ancha avval Kadastr agentligi Andijon shaxar bo‘limi tomonidan o'rganilgan bo‘lib bunda, Andijon shahar Chorguzar ko‘chasi 2/B-manzilda joylashgan 87,05 kv.metr yer maydoni fuqaro M.T. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy qurilish qilganligi aniqlangan va Ma’muriy Javobgarlik To‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy jarima qo‘llanilgan hamda fuqaroga qonun buzilish holatini ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.

Biroq, fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilgan bino-inshootlarini ixtiyori bartaraf etmaganligi sababli bo‘lim tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida qurilgan noqonuniy qurilmani buzdirish hamda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasini shahar zaxirasiga qaytarish to‘g‘risida da’vo arizasi kitilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limining da’vo arizasi qanotlantirilgan hamda fuqaro T.M tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar buzilishi va yer maydoni shahar zaxirasiga qaytarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat tumanida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati bo'yicha tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.

O‘rganishda “Yangi hayot” mahallasi, Amir Temur ko‘chasida joylashgan “O‘qchi” PTZga qarashli bo‘lgan “Marhmat paxta tayyorlash maskani” bino inshoatlarining to‘la mulkiy huquqlari «Jahon rieltor» MChJ tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan tashkillashtirilgan ko‘chmas mulk ob’ektlari va ularga bo‘lgan huquqlarining savdolari natijasida tuzilgan savdo bayonnomasiga asosan sotib oluvchi “Baraka Exsport 2020” MChJga sotilgan va davlat ro‘yxatiga olingan.

Bundan tashqari olib borilgan o‘rganish ishlari davomida “Baraka Exsport 2020” MChJ tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirish, obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma olish maqsadida Marhamat tumani qurilish bo‘limiga murojaat etgan va qurilish bo‘limi tomonidan ruxsatnoma berilganligi aniqlandi.

Shuningdek shu hududda o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari natijasida MChJning oldi qismiga tutash bo‘lgan yer maydonidan fuqaro N.N tomonidan noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi va ushbu holat yuzasidan Ma’muriy Javobgarlik To‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Kadastr agentligi Marhamat tuman bo'limi tomonidan fuqaroga qonun buzilish holatini ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, holat alohida nazoratga olinganligi ma'lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Xo‘jaobod tumanda fuqaroni yashash xonadoning kadastr hujjatlari bilan bog'liq muammolari borligi to'g'risida tarqalgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur holat to'liq o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Xo‘jaobod tumanida fuqaroning kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolari borligi yuzasidan tarqalgan video murojaatining tegishli qismi o‘rganilib quyidagilar ma’lum qilinadi.

Murojaatda ta'kidlangan uy-joy Xo‘jaobod tuman “Mustaqillikni 27-yilligi” mahallasi, Obod ko‘chasi 657-tartib raqamli kottej tipidagi turar-joy tegishli vakolatli o‘rganlarning ruxsatnomalari asosida fuqaro M.Turg‘unboyevaga egalik huquqi belgilangan va hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Murojaat muallifi B.Atamurzayeva onasiga tegishli bo'lgan Andijon shahar Mustaqillik MFY A.Xaydarov ko‘chasidagi 21- uy-joyi Shahar hokimining 2018-yildagi qaroriga asosan buzilishga tushgan, lekin o‘rganish ma'lumotnomalariga asosan yuqoridagi uy-joy amalda buzilmaganligi ma'lum bo‘ldi.

Mazkur murojaatda keltirilgan uy-joylarga kadastr hujjatlari belgilangan tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirilgan. O‘z navbatida fuqaro tayyorlangan hujjatlardan norozi bo‘lsa yuqori turuvchi organlarga belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Izboskan tumanida fuqaroning yer maydoni bilan bog'liq muammolari borligi yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Izboskan tumanida fuqaroning yer maydoni bilan bog‘liq muammolari borligi yuzasidan tarqalgan murojaatning tegishli qismi o‘rganilib quyidagilar maʼlum qilinadi.

Murojaatdagi yer maydoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorga asosan 4 nafar fuqaroga ajratib berilgan.

Yuqoridagi fuqarolar ajratib berilgan yer maydonlari dastlab veterinariya bo‘limiga tegishli bo‘lib tuman hokimining tegishli qarori bilan zaxiraga qaytarilgan lekin zaxiraga olish qarori belgilangan tartibda Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi sababli Veterinariya bo‘limi balansidan chiqarilmagan.

Hozirda Veterinariya bo‘limi balansida bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari va ularning foydalanishida bo‘lgan yer maydonlariga vakolatli tashkilotlar tomonidan “taqiq” qo‘yilganligi aniqlandi.

Tashkilotning ko‘chmas mulk va yer maydonlariga qo‘yilgan taqiqi yechilgan so'ng fuqarolar foydalanishida bo‘lgan yer maydonlari veterinariya bo‘limi balansidan chiqarilib, «UzKad» elektron dasturi orqali foydalanuvdagi fuqarolar balansiga o‘tkazilishi mumkinligi maʼlum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning kadastr xizmatlaridan foydalanishda muammolar yuzaga kelayotganligi va soha xodimlari o'rtasida amalga oshirilayotgan rotatsiya ishlaridan norozilik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo'yicha quyidagilar ma'lum qilinadi

Murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan holat bo‘yicha o‘rganib chiqilganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 492-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan Respublikadagi barcha ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari alohida-alohida shakllantirilishi hamda mazkur kadastr raqami takrorlanmas bo‘lishi belgilab berilgan.

Bundan tashqari ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘ma jildlarni shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini to‘g‘ri va sifatli tashkil etilishini taʼminlash maqsadida tegishli hujjatlar tasdiqlanib, hududlarda ko‘chmas mulk obyektlariga yangi kadastr raqami shakllantirish uchun belgilangan tartibda Davlat kadastrlar palatasi bilan kelishish lozimligi belgilangan. Shunga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektlariga yangi kadastr raqami shakllantirish hamda biriktirilgan kadastr raqamlarini maʼlumotlar ba'zasidan o‘chirish uchun Davlat kadastrlar palatasiga yuborilishi amaliyotda qo‘llanilib kelinmoqda.

Shuningdek, murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan, Davlat kadastrlar palatasi hududiy tuman shahar filiallari xodimlarini rotatsiya qilish holati Davlat kadastrlar palatasing korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi kurashish yuzasidan topshiriq xatiga asosan boshqarmaning tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirilganligi, buyruqga asosan ishchi guruh tuzilib hududlarda xodimlarning roziligi olingan holda ishlar olib borilayotganligi maʼlum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrixon tumanida yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallanib noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo'yicha o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi.

@andijonkadastr
#munosabat

💭 Ijtimoiy tarmoqlar orqali Shahrixon tumanida yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallanib noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar maʼlum qilinadi.

🖍 O‘rganishda fuqaro S.M tuman hokimining qaroriga asosan Qipchaqo‘rg‘on mahallasi hududidan 0,35 gektar yer maydoni “Davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim maskani tashkil etish” uchun ajratib berilgan. Lekin yuqoridagi qaror Shahrixon tumani prokuraturasi protestiga asosan bekor qilingan.

▫️ Fuqaro S.M tomonidan unga ajratib berilgan yer uchastkasida yuqoridagi qaror prokuror protesti asosida bekor qilinguncha hech qanday qurilish ishlarini amalga oshirmagan, biroq yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qaror protest asosida bekor qilinganidan so‘ng bino qurilish ishlarini boshlagan. Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Shahrixon tumani bo‘limi tomonidan yer ajratish qarori bekor qilingandan so‘ng fuqaro S.Mga yer maydoniga qurilgan mavjud qurilmalarni o‘z hisobidan bartaraf etish hamda yer maydonini avvalgi holatga qaytarish bo‘yicha ogohlantirish berilgan. Shunga qaramasdan S.M qurilish ishlarini davom ettirgan va qo‘shimchasiga o‘zboshimchalik bilan yana 0,10 ga yer uchastkasini egallab olib, mazkur yer uchastkasida xam qurilish ishlarini amalga oshirgan.

▫️ Holat bir necha marotaba sudda ko’rib chiqilgan bo’lib, tuman hamda viloyat sudining qaroriga muvofiq mazkur yerni buzish hamda oldingi holatiga qaytarish belgilangan. Ammo fuqaro tomonidan Respublika Oliy sudiga kassatsiya shikoyati yo‘llangandan so’ng, Respublika Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati o‘zboshimchalik bilan egallangan 0,10 gektar yer maydonini tuman zaxirasiga qaytarish sharti bilan shikoyatni qisman qanoatlantirgan.

▫️Yana bir holatda Mullaboy mahallasi hududida yashovchi fuqaro X.Sga Savdo do‘koni buzilishi hisobiga tuman hokimining qaroriga asosan Qipchaqo‘rg‘on mahallasi hududidan yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun 400,0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan. Lekin fuqaro X.S xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli o‘rta taʼlim maktabi filiali hisobidagi yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan 228,0 kv.metr yer maydonini qo‘shimcha egallab, fundament qurib olganligi aniqlangan. Holat yuzasidan Bo‘ston tumanlararo sudiga davo ariza kiritilgan va sud tomonidan davo talabi to‘liq qanoatlantirilib o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 228,0 kv.metr yer maydoni maktab hududiga qaytarilgan.

▫️Shuningdek Shahrixon tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining harbiy xizmat chog‘ida halok bo‘lgan jangchining oilasiga uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berishini so‘rab qilgan murojaatiga asosan tuman hokimining qarori bilan fuqaro G‘.Mga 400,0 kv.metr yer maydoni uy-joy qurish uchun ajratib berilgan bo‘lib hozirda fuqaro tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

📶 Murojaatda keltirilgan yer maydonlarida Kadastr agentli hududiy bo‘limi tomonidan belgilan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan va aniqlangan holatlar yuzasidan vakolat doirasida barcha ishlar amalga oshirilganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filiali fuqarolar murojaatiga javob xatlari yubormayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoq orqali taʼkidlanayotgan fuqarolarning murojaati Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filialiga joriy yilning 22-aprel kuni kelib tushgan va shahar filiali mutaxassisi M.Axmedovga ijro uchun yo‘naltirilgan.

Murojaatni o‘rganish davomida qo‘shimcha hujjatlar talab etilganligi sababli mutaxassis tomonidan 3-may kuni (Murojaat kelgan kunning 12-kuni) murojaat muddatini uzaytirish yuzasidan shahar filiali bosh muhandisi nomiga bildirgi kiritgan.

Mutaxassisning bildirgisiga asosan murojaat muddati 5 kunga uzaytirilgan va 6-may kuni javob xati tayyorlanib 8-may kuni pochta tizimi orqali yuborilganligi maʼlum qilinadi.

O‘z navbatida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari hamda hududiy tuman shahar bo‘lim va filiallariga kelib tushgan har bir murojaat boshqarma rahbariyati tomonidan doimiy nazoratda ekanligini taʼkidlab o‘tmoqchimiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM