ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
859 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Bilamiz kadastr xujjatlari tayyorlangandan so‘ng bir nushasi kadastr filialida qoladi. Shu kadastr xujjatlari tashkilotning arxivida saqlanadimi yoki Davlat arxivlariga topshiriladimi.

😄 Javob: Ko‘chmas mulk obyektlariga shaklallantirilgan kadastr hujjatining arxiv nusxasi kadastr organining arxivida doimiy salanadi va bu hujjatlar Davlat arxivlariga topshirilmaydi.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Meni yashab kelayotgan uyimga kadastr raqami berilmagan ekan yangi kadastr raqami olish uchun qayerga murojaat qilishimiz kerak.

😄 Javob: Agar Siz yashab kelayotgan uy-joyingizga kadastr kod raqami berilmagan bo‘lsa u holda manzil kod raqami olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali orqali elektron buyurtma berishingiz kerak bo’ladi.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Assalomu alaykum, men sizlarni kanalingizda yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha berayotgan maʼlumotlaringizdan keyin qiziqib qoldim men xam uyimning yer maydonini xususiylashtirmoqchiman. Lekin bir savol bor yer maydonini xususiylashtirish menga nima afzallik beradi. Javob uchun oldindan rahmat.

😄 Javob: Agar sizga tegishli bo‘lgan hovli-joy foydalanishida bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirib olsangiz, u holda mazkur yer uchastkasi Sizga mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi va bu yer uchastkasini istagingiz asosida oldi-sotdi qilishingiz yoki garovga qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Men yashab kelayotgan uyimni kadastr hujjatlarini tayyorlatayotgan edim hozir bino-inshootlardan tashqari yer uchastkasini xam davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak deyishmoqda shu to‘g‘rimi.

😄 Javob: Albatta, muayyan yer uchastkasidagi bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan avval shu bino-inshoot joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining 28.11.2022-yildagi O‘RQ-803-sonli Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qonunning 11-moddasida - binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganiga qadar amalga oshirilmasligi belgilab qo‘yilganligi sababli, mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avval yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etiladi.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Men sizlarni kanalingizda o‘qib qoldim ko‘p yillik dov-daraxtlarga xam kadastr pasporti shakllantirish mumkin ekan. Buni tartibi qanday.

😄 Javob: Vazirlar Mahkamasining 22.06.2021-yildagi 389-sonli qaroriga asosida ko‘p yillik dov-daraxtlarga xam kadastr pasportini shakllantirilishi mumkin.

Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan ko‘p yillik daraxtlarga ko‘chmas mulkning bir turi sifatida kadastr yig‘majildi tayyorlanadi va natijalari bo‘yicha kadastr pasporti berilishi, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsati bilan o‘z mablag‘lari hisobiga ekilgan va ularning mulki bo‘lgan ko‘p yillik daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kadastr yig‘majildi tarkibiga kiritilishi belgilangan.

Yakka tartibdagi uy-joyda, dehqon xo‘jaligi hamda jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarida o‘stirilgan ko‘p yillik daraxtlarga kadastr yig‘majildi tayyorlanmasligi qayd etilgan.

Ko‘p yillik daraxtlarning kadastr ma’lumotlari yer uchastkasining kadastr ma’lumotlari bilan birgalikda ko‘rsatilishi, kichraytirilgan reja xaritasidagi shartli belgilarda ko‘p yillik daraxtlar egallagan yerlar chegarasi koordinata burilish nuqtalari katalogida aks etishi belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Men yashab kelayotgan uy-joyimni kadastr hujjatlari yo‘qolib qolgan edi, hujjatlarimni nusxasini olishim uchun hozirda matbuotga e'lon berish shartmi.

😄 Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamanga asosan kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasportini olish uchun matbuotda e'lon berish talab etilmasligi belgilangan.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi.

😄 Javob: Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi. Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi asosida joylashtiriladi.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu alaykum meni savolim bor edi. Fuqaro nomidagi noturar bino-inshoat va yerni turarga o‘zgartishtirish mumkinmi tartibi qanday. Misol uchun 20 sotix noturarni.

Javob: Bu bo‘yicha Vazirlar mahkamasining 20.04.2022-yildagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament talablari asosida hududiy qurilish bo‘limlarining xulosalari asosida turar-joy obyektini noturar-joyga yoki aksincha toifaga o‘tkazish mumkin.

Bunda bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazilayotgan obyekt foydalanishida bo‘lgan yer maydoniga bo‘lgan huquq ham davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📤 Savol: Men yashash xonadonimni kadastr hujjutlarini tayyorlatmoqchi bo‘lib Davlat xizmatlari markaziga borgandim kadastr pasporti shakillantirish uchun uy-joyni loyiha hujjatlari bo‘lishi kerakligini aytishdi, loyiha xujjatlari ham kadastr bo'limlari tomonidan tayyorlanadimi?

😄 Javob: Yo‘q, loyiha hujjatlari kadastr organlari tomonidan tayyorlanmaydi va bu xizmat uchun kadastr organlariga murojaat etilmaydi. Belgilangan loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish xususiy loyiha firmalari tomonidan amalga oshiriladi.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Men yashab turgan uyimni marhum otamni nomiga kadastr qildirdim egalikni tiklatib notarius orqali uy-joyni vasiyatnoma asosida o'z nomimga o‘tkazdim. Endi o'z nomimga boshqatdan kadastr qildiramanmi?

😄 Javob: Vasiyatnoma asosida Sizga o‘tgan uy-joyga muqaddam kadastr hujjati shakllantirilgan bo‘lsa hamda uy-joylarni holatida o‘zgarishlar (buzilgan yoki yangi qurilgan imoratlar) bo‘lmagan bo‘lsa o‘z nomingizga kadastr hujjati bepul rasmiylashtirib beriladi.

Bu jarayonda uy-joy Sizni nomingizga o‘tganligi uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirasiz.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu alaykum men auksiondan 30 yilga 15 sotix yer maydoni sotib oldim dehqon xo‘jaligi yuritish uchun shu yer maydonining bir qismiga qurilish qilsam bo‘ladimi.

Javob: Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart ekinliga belgilangan.

▶️ Andijonkadastr_bot 👇 yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu alaykum yaxshimisizlar hokimiyatdan 2019 yilda obodonlashtirish, gul va manzarali daraxtlar ekish uchun 10 sotix yer maydoni ajratilgan edi Hokim qarori o‘zimni nomimga chiqqan. Shu joyni Turar joy yoki ishlab chiqarish uchun kadastr hujjati tayyorlatish imkoniyati bormi?

Javob: Afsuski, imkoni yo‘q yaʼni yer uchastkasi ajratilgandan boshqa maqsadlarda foydalanish ham yer qonun buzilish holatini yuzaga keltiradi va bu o‘z navbatida javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Andijonkadastr_bot yordamida kadastr sohasidagi savollaringizga mutaxassislarimizdan javoblar olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol bering javob beramiz!

✉️ Savol: Bizni uyimiz kadastr qilganimdan so‘ng yana yoniga qo‘shimcha qurilishlar qilingan. Bu holatda kadastr hujjatlarimga qo‘shimcha kiritamanmi.

😄 Javob: Bu holarda Sizda mavjud bo‘lgan kadastr pasportiga o‘zgartirish kiritib, yangilab beriladi. Kadastr xizmatlariga to‘lanadigan belgilangan xizmat haqqi faqat qo‘shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo‘lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM