ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

- foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

- tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari);

- xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;

- qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari — maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;

- ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;

- davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Advokat ma’lumotlariga qo‘shimcha tuzatish▪️

▶️ Bugun, ijtimoiy tarmoqlar orqali advokat Davron Tadjiev tomonidan Uyni kadastri bo‘lmasa – qanday yo‘l tutish kerak - mazmunidagi savolga tayyorlangan videosyujetdagi ma’lumotga biroz tuzatish kiritishni lozim topdik.

Zero, aniq yo‘naltirilmagan ma’lumotlar tufayli fuqarolarda sarsongarchilik yuzaga kelmoqda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_ma_lumot

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

⚜️Qonunchilikka ko‘ra, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat orderi tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali auksion g‘olibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.

🌟 Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda malumot yuboriladi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

📞Operator yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani olgandan so‘ng uni avtomatik ravishda g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_ma_lumot

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-1(prim) -moddasiga asosan;

🧊 Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi uchun:

⭕️Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari;

⭕️ Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Ma'umot uchun bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori 
(BHM 330 000 so'm)

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_ma_lumot

O‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etisa, javobgarlikdan ozod etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy Javobgarlik To‘g‘risidagi Kodeksining 60-moddasi 2-qismiga asosan:

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish,

🟢 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari;

🟢 Mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish jinoiy javobgarlikka olib keladi.

📖 Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 229-1-moddasiga asosan;

⚡️ Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʼlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa;

💠 Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʼrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sugʼoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʼzboshimchalik bilan egallab olish;

💠 Bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

⚡️ Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan,
agar u oʼzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʼttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda oʼzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʼllanilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

⚜️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha

Agar auksion g‘olibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, unga ko‘chirmani olgan kundan boshlab buyurtmachi bilan yozma shaklda shartnoma imzolash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.

⚖️ Bunda, auksion g‘olibi tomonidan shartnoma imzolanmasa va/yoki shartnoma imzolangandan so‘ng to‘lash rad etilsa (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa) auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma, mulk huquqi uchun rasmiylashtirilgan davlat orderi o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi hamda bu haqida buyurtmachi o‘zining “YERELEKTRON” AATdagi kabineti orqali Davlat kadastrlar palatasini ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani bekor qilishi to‘g‘risida hamda operatorni yer uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha xabardor qiladi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hujjatsiz yerga 3 baravar stavkada soliq hisoblash to‘xtatiladi▪️

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14-iyundagi "Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada, rag'batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi timonidan ortiqcha xarajatlarga yo'l qo'ymaslik hamda qo'shimcha ish o'rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-192-son qaroriga ko'ra:

➡️ 2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer soligʻining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi toʻxtatiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

➡️ Qonunchilikka ko'ra, quyidagilar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

▫️ taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
▫️ hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
▫️ ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
▫️ ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
▫️ qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.

◼️Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab 10 kun mobaynida shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_ma_lumot

⭐️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bugungi kunda dolzarb bo‘lgan ustuvor vazifalar va topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yil 22-iyun kuni huquqiy targ‘ibot yo‘nalishidagi navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda ⭐️ Kadastr agentligi tomonidan qabul qilingan yangi buyruqlar va nizomlar haqida so‘z bordi.

Jumladan,

🟢 Kadastr agentligi direktorining 06.06.2023 yildagi Kadastr agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to‘g‘risidagi 140-19-sonli buyrug‘i;

🟢 Kadastr agentligi direktorining 13.06.2023 yildagi Agentlik tuzilmasida kiruvchi barcha tashkilotlarda xizmat tekshiruvi o‘tkazish va o‘rganish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 147-09-sonli buyrug‘i;

🟢 Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar;

🟢 Kadastr agentligi direktorining 19.06.2023 yildagi Ayoli ulug‘langan yurt tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 157-03-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan 🌟Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berib o‘tishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

💠 Bino va inshootning hajmi va maydonini o‘zgartirmasdan turib ko‘cha (ko‘chalar)dan ko‘rinadigan old va yon fasadlar (fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismi)dagi arxitekturaviy elementlarning rangi, konfiguratsiyasi va o‘lchamlari o‘zgartirilishiga tatbiq etiladi.

🫥 Bino va inshootning, yakka tartibdagi uy-joyning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish bo‘yicha agar bino va inshoot, yakka tartibdagi uy-joy magistral ko‘chalar, xalqaro, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘ylab joylashgan hollarda fasad maydonining 25 foizidan ortiq qismidan qat’i nazar kelishish talab etiladi.

🧊 Yakka tartibdagi uy-joylar, tumanlarning ma’muriy markazi bo‘lmagan shaharchalarda, qishloq aholi punktlari (qishloq va ovullar)da hamda aholi punktlari tashqarisida joylashgan bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish uchun kelishish talab etilmaydi.

◼️ Bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgandan so‘ng obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat hisobidan yuridik yordam

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi 16.06.2023 yil 848-son Qonuniga sharh

📃 Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
- kam ta’minlangan shaxslar;
- ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar;
- o‘z huquqlari buzilgan;
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

▶️ Batafsil mazkur videoda👆

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xonalar qanday raqamlanadi ?

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi 1010-son qaroriga ko'ra alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.

◼️Agar loyihada raqamlash belgilanmagan bo‘lsa yoki u bo‘lmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yo‘lidan eng chekka kirish yo‘ligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi.

🗓 Bitta qavat doirasida, kirish yo‘li bo‘lgan taqdirda esa — kirish yo‘li qavati doirasida chapdan o‘ngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yo‘lakning chap tomonidan va juft raqamlar yo‘lakning o‘ng tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘p darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati bo‘yicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan bo‘lsa, shunday raqamlanadi.

◼️ Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM