ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.4K photos
863 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#yer_nazorati

Аndijonda 3,1 gektar yer maydonlari uy-joy qurish uchun noqonuniy egallab olinganligi aniqlandi.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi va uning tuman shahar bo‘limlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida 2023-yilning o‘tgan 3 oyi davomida 173 ta holatda 34,4 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Yuqoridagi yer maydonlarining egallab olish sabablari tahlil qilinganda:

🏠 32 ta holatda 3,1 gektar Uy-joy qurish uchun;

🏛 71 ta holatda 1,4 gektar Noturar-joy qurish uchun;

🌳 48 ta holatda 2,7 gektar Ko‘p yillik daraxtzor barpo etish uchun;

🐟 3 ta holatda 25,4 gektar Baliq hovuz qilish uchun;

🫥 19 ta holatda 1,8 gektar Boshqa maqsadlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi maʼlum bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #malaka_oshirish #ijro_nazorati

Malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyoj bugungi kun talabi.

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul xodimlari uchun belgilangan reja grafikka asosan Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida xodimlar malakasi oshirilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashishni ta’lim dargohidan boshlash kerak.

Andijon tumanidagi 26- umumtaʼlim maktabida 🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmalaridan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari G‘.Odilov va A.Mamadjanovlar barchani muborak Ramazon oyi bilan tabriklab, ularga yaxshi tilaklar bildirdi. Shundan so‘ng mas’ullar boshqarmalarda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan ishlar, aniqlangan holatlar, xodimlarga ko‘rilayotgan choralar, korrupsiyaviy xavf xatarlarni aniqlash va kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirib o‘tdi.

Shuningdek, bu yo‘nalishda aholi vakillari bilan ham hamkorlikda ishlar olib borilayotgani, boshqarmalarda ishonch telefonlari tashkil qilingani, agarda kadastr xodimlarini xatti-harakatlarida qonun buzilish holatlari sezilsa, ular tomonidan sodir etilayotgan korrupsion harakatlar haqida xabar berishlari mumkinligini aytib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu aleykum bitta savolim bor edi men chet eldaman uqiyman bitta uchastkаni meni nomimga online o'tqizsak bo'ladimi elektron bir shaklda?

Javob: Agar Siz chet elda bo‘lsangiz o‘sha davlatdan “Ishonchnoma” rasmiylashtirgan va mazkur “Ishonchnoma” Davlatimizning “Konsullik bo‘limi” orqali tasdiqlangan bo‘lsa “Ishonchnoma”da ko‘rsatilgan shaxs orqali o‘tkazib olishingiz mumkin buladi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kadastr Аgentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalari ijtimoiy tarmoqlarda “Obunachilarimizdan taxrirsiz” sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

O‘rganishda murojaatda keltirilgan yer maydoni Oltinko‘l tumani Maqsad MFYda joylashgan bo‘lib yuqoridagi qurilish ishlarini shu hududda yashovchi fuqaro N.O. tomonidan amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

Yer maydoniga tegishli huquqiy hujjatlar o‘rganilganda fuqaro N.Oga Oltinko‘l tuman hokimining 23.07.2010-yil kungi №424-k-sonli qaroriga asosan “Avtobekat va minimarket” qurish uchun 50 kv.m yer maydoni ajratilgan. Fuqaro N.O. tomonidan 2010-yilda 20 kv.mga mini-market hamda 30 kv.m o‘lchamda avtobekat qurilgan.

Murojaatda keltirilgan yangi qurilishlar esa N.O tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan qurilayotganligi maʼlum bo‘ldi.
Shu joyni o‘zida Kadastr agentligi tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilishi boshlangan bino inshootlar o‘z ixtiyori bilan bartaraf etishi bo‘yicha tushuntirish hamda yozma ko‘rsatma berildi.

O‘z o‘rnida fuqaro tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zboshimchalik bilan qurilishi boshlangan bino inshootlar ixtiyoriy bartaraf etmagan taqdirda, majburiy bartaraf etish bo‘yicha sud organlariga davo arizasi kiritilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси саноат ва технологиялар вазири Мустафо Варанк бошчилигидаги делегация билан ўтказган учрашув кун тартибидан амалий ҳамкорликни кенгайтириш, кооперация лойиҳаларини қўллаб-қувватлаш ва илгари суриш, инновациялар ва илғор технологияларни жорий қилиш масалалари ҳамда Ўзбекистон-Туркия кенг кўламли стратегик шериклик муносабатларини мустаҳкамлашнинг бошқа жиҳатлари ўрин олди.

Вопросы расширения практического взаимодействия, поддержки и продвижения проектов кооперации, внедрения инноваций и передовых технологий, а также другие аспекты дальнейшего углубления узбекско-турецких отношений всеобъемлющего стратегического партнерства вошли в повестку дня встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с делегацией Турецкой Республики во главе с министром промышленности и технологий Мустафой Варанком.

#Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#bilib_oling

🟦🟦🟦🟦
Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

Topgan-tutganini yigʼib, oʼzaro ishonch shartnomasi asosida uy-joy sotib olish niyatingiz bor.
Erta-indin notarius idoralariga oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilinsa-yu, obyektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, yana ovoragarchiliklar boshlanadi.

Bularning barchasi boʼlmasligi ham mumkin!

Shartnoma tuzishdan avval my.gov.uz orqali koʼchmas mulkka nisbatan taqiq bor-yoʼqligini aniqlashtiring.

Shuningdek,
umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yoʼqligini ham tekshiring.

❗️Va albatta oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va toʼlovlarni qonun doirasida amalga oshiring.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Andijon #Kadastr

Korrupsiya
– taraqqiyot kushandasi,

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari.

Agarda siz kadastr sohasidagi korrupsiоn holatlarga guvoh boʼlsangiz, kadastr xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo'yib pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmalarining Komplaens-nazorat (Ichki nazorat) xizmatlariga murojaat qilishingiz so'raladi.

🌟Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi G'olibsher Odilov;
☎️ (74) 224-20-25 (ichki 105) @andkorrupsiyakadastrbot
📞 +99897 999-38-86

💫Davlat kadastrlari palatasi Аndijon viloyati boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Anvarjon Mamadjanov;

☎️ (74) 224-20-25 (ichki 105) @andkorrupsiyakadastrbot
📞 +99890 529-70-01

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐 Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live🔴 #Ma_rifiy_soat #kadastr_boshqarmasi #Andijon_viloyati

⭐️Kadastr agentli hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi хodimlari ishtirokida 🦅Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlangan "Siyosiy-ma'rifiy" o'quv soatida ishtirok etmoqda.

⚜️Mazkur ma'rifiy soatda 🦅Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali yetakchi inspektori Qosimov Donyorbek ishtirok etib, bugungi siyosiy-ma'rifiy soat kun tartibiga qo'yilgan yo'nalishlar bo'yicha o'zini fikr mulohazalarini bildirib o'tdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM