ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.4K photos
864 videos
6 files
4.9K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#nazorat #Andijon

⭐️ Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatda yer nazotari sohasida amalga oshirilgan ishlar va ko'rilgan chorlar bo'yicha ma'lumot.

📃 Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Prokratura #Yer_nazorati

Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.

Bugan ⭐️Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i F.Berdikulov hamda 🇺🇿viloyat prokuraturasi masʼul xodimi A.Shokirovlar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo'lib o'tdi.

Yig‘ilishda viloyatda yer nazorati sohasida hamkorlikda olib borilayotgan ishlar tahlili hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-fevral kungi "Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar" to‘g‘risidagi 73-sonli qarori ijrosini taʼminlash shuningdek, Ipakchilik maqsadlarida foydalanilayotgan yer maydonlarida nazorat tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

Savol: Assalomu alaykum. Oddiy quruq yerni ya‘ni chekni ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazish keremi yoki avval kadastr hujjatini tayyorlab, keyin o‘tkazish kerakmi.

Javob: Fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yoki boshqa maqsadlarda vakolatli davlat organlarning hujjatlar asosida ajratib berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar albatta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. Bunda, mazkur yer maydoniga huquq belgilovchi hujjatni va shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari markazi orqali “Yer kadastr pasporti”ni shakllantirish uchun elektron buyurtma berishingiz kerak bo‘ladi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #kadastr

Sanoat zonalaridan ajratilgan yer maydonlarida belgilangan maqsadlarda foydalanish yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Joriy yilning 6-aprel kuni 🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi mas'ullari hamda 🇺🇿 Tabiat resurslari vazirligi Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Andijon tumani "Hakan" sanoat hududida faoliyat yuritib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 🌟 Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tadbirkorlarning o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarini o‘z vaqtida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari hamda ajratilgan yer maydonlaridan maqsadli foydalangan holda yer qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari  bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 🇺🇿 Tabiat resurslari vazirligi Andijon viloyat boshqarmasi masʼullari tomonidan tadbirkorlarni faoliyat yo'nalishlari bo‘yicha texnik shartlarga amal qilish va ekologik meʼyor talablariga rioya qilishi hamda atrof-muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan xumdonlari faoliyatini to‘xtatish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram   📸Instagram 💬Facebook      📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #unece #xalqaro_uchrashuv

🇺🇳 BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining (UNECE) Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhi (WPLA) byurosi kotibiyati taklifiga binoan, joriy yilning 4–5-aprel sanasida 👍Kadastr agentligi direktori F. Pulatov boshchiligidagi delegatsiya Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhning 13-sessiyasida ishtirok etdi.

➡️Sessiya – UNECEga aʼzo davlatlarda hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar, yer boshqaruvi va kadastr idoralari strategiyalari, UNECE mintaqasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar himoyalanishi, yer boshqaruvida xavfsizlik va geofazoviy maʼlumotlar yo‘nalishidagi tajribalar bilan tanishish, yer va ko‘chmas mulk boshqaruvi siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlandi.

🗣 Sessiyaning xalqaro tajriba almashish blokida:

Bolqon davlatlari va O‘zbekistonda huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan bino va inshootlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tajriba almashildi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yer va ko‘chmas mulk munosabatlari borasidagi islohotlar, qonuniy asoslar bilan tanishtirildi.

yer boshqaruvida raqamli transformatsiya va maʼlumotlar xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi.

‼️Maʼlumot uchun: UNECE WPLA tadqiqotlariga ko‘ra rivojlanayotgan dunyoda shahar aholisining qariyb 33 foizi noqonuniy qurilishga mansub aholi punktlarida istiqomat qiladi va UNECEga aʼzo 20 ta mamlakatda ushbu ko‘rsatkich 50 million aholi soniga teng.

Shuningdek, tashrif doirasida BMTning Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruh, O‘rmonlar, yer va uy-joy bo‘limi, Xalqaro geodezistlar federatsiyasi vakillari, Yevropa va MDH davlatlarining yer, geodeziya, kadastr va qurilish sohalari bo‘yicha masʼul idora rahbarlari, akademik davra vakillari bilan o‘zaro muloqot va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amir #Temur

Buyuk sarkarda, Davlat arbobi Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi.

Amir Temur - 1336 yilning 9 aprel kuni Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida (Qashqadaryo viloyati hududi) tug‘ilgan.

Amir Temur o‘rta asrlarning yirik davlat arbobi, buyuk sarkardasi, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, fan va madaniyat homiysi. Uning toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barquldir.

Amir Temurni anglash o‘zimizni anglash, ulug‘ ajdodimizni ulug‘lash esa chuqur ildizlarimiz, madaniyatimiz va kuch-qudratimiz asosida buyuk kelajagimiz va ishonchimizni mustahkamlash demakdir.

Kuch adolatda, degan ezgu g‘oya Amir Temur saltanatining barcha hududlarida ma’naviy-axloqiy shiorga aylandi.

Mubolag‘asiz aytish mumkinki, buyuk bobomiz – Sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘zbek xalqi, balki adolatli yashab kelayotgan insoniyat qalbidan chuqur joy olgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Ayrim hollarda kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi.

🔘Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

✍️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #amaliyot

⭐️ Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Ma'muriy amaliyot sohasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot.

📃 Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv #jahon_banki #world_bank

🟢 Ayni damda ⭐️Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudov va 🌍Jahon bankining “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Rozanna Nitti boshchiligida missiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

➡️ Uchrashuv kun tartibidan:

🌟 Agentlik faoliyati;
🌍 Yer va ko‘chmas mulk munosabatlari sohasidagi qonunchilik asoslari;
🇺🇿 O‘zbekistonda yer va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish holati
📝 Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati muhokamasi o‘rin olgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM