ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.67K photos
892 videos
6 files
5.09K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
April 24, 2022
April 28, 2022
May 19, 2022
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
June 15, 2022
October 14, 2022
#Qaror_ijrosi #Andijon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan 2022-yil 2-noyabr kuniga qadar Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa va Paxtobod tumanlarining ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash bo‘yicha o‘zgarmas nuqtalar bilan chegara chiziqlari qotirilib, burilish nuqtalarining koordinatalar katalogi hamda 1:10 000 masshtabdagi xaritalari tayyorlandi.

Batafsil: Respublika Aerogeodeziya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
November 4, 2022
November 6, 2022
#qaror

🗓2022-yil 30-noyabrda Vazirlar Mahkamasining 685-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan:

💬Amalda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish bosqichlari qisqartirilib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha sarflangan vaqt endilikda 16 va 22 ish kunigacha qisqartirildi;

💬Yerlarni hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda, master-reja asosida auksionga chiqarish orqali jarayonlarni tezlashtirish ko‘zda tutildi;

💬Yerlarni bosh rejada nazarda tutilgan lotlarga muvofiq, sodda tartibda tadbirkorlarga berish amaliyoti joriy etildi.

📑Aholi o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi yillik yer solig‘ining 20 baravari miqdorida edi.

Endilikda bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilandi.
December 9, 2022
#qaror #auksion #imtiyoz

Hukumat qarori (122–son, 23.03.2023 y.) bilan Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼiy nazar, BHMning 100 baravarigacha (30 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Bunda xarajatlar ushbu miqdordan yuqori bo‘lgan hollarda BHMning 100 baravarigacha (30 mln so‘mgacha) bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak:

➡️ oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi;

➡️ yer uchastkasi oxirgi 3 oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston hududida bo‘lishi;

➡️ nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ning birida turgan bo‘lishi.

Imtiyozli toifadagi shaxs auksion orqali yer uchastkasi sotib olgandan boshlab 3 oy ichida o‘z hududidagi tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga murojaat qilishi lozim (ushbu muddatdan kechikib berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi).

Mablag‘ ajratish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingandan so‘ng 5 ish kunida imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasida ko‘rsatilgan bank plastik hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 27, 2023
#Live #qaror_ijrosi #Yangi_Andijon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 22-sentyabrdagi PQ-377-sonli qaroriga asosan Yangi Andijon shahrida tashkil etilgan Ipoteka markazi o‘z ishini boshladi.

Mazkur markazda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida uy-joy uchun subsidiya olish, turar-joy xarid qilishda ishtirok etadigan viloyatdagi barcha tashkilotlar uchun joylar ajratildi. Shuningdek, fuqarolarni kadastr sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish uchun 💫Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining 1 nafar malakali mutaxassisi biriktirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 3, 2023
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 28, 2023