ANDIJON KADASTR
1.43K subscribers
7.52K photos
878 videos
6 files
4.99K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#sayohat #Kosonsoy

⚜️ Ichki turizmni rivojlantirish hamda xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun imkoniyat yaratib berish maqsadida xayrli tashabbusga qo'l urildi. Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari tizimida mehnat qiluvchi xotin-qizlar uchun Namangan viloyatinining Kosonsoy tumanida joylashgan so'lim go'shalarning biriga sayohat uyushtirildi. Dastlab, xodimlar hudud bilan yaqindan tanishib, tabiat go'zalliklaridan bahramand bo'ldi. Shundan so'ng, tushlik dasturxoni yozildi.

⚜️ Hudud tabiati go'zal bo'lgani bois esdalik suratlarga tushish uchun qulay joylar ko'p. Kadastr xodimlari ushbu imkoniyatdan unumli foydalandi. Yoqimli xotiralarini kamera obyektiviga muhrlab qo'yildi.

Shu bilan sayohatning dastlabki kuni yakunlandi.

@andijonkadastr
#sayohat #ichki_turizm #Xorazm_Buxoro_Samarqand

⚜️ O'zbekiston – boy madaniy merosga ega mamlakat. Butun dunyodan yuz minglab turistlarni jalb qiladigan shaharlarimiz bor.

🔰 Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari tizimida mehnat qiluvchi xodimlar sayohatga yuborildi. Safar davomida ular Samarqand, Buxoro hamda Xiva shaharlaridagi tarixiy qadamjolarni borib ko'radi. Tizimdagi 50 nafar "kadastrchi" hamda ularning yaqinlaridan iborat guruh Andijon temir yo'l vokzali orqali Xorazm viloyatiga kuzatib qo'yildi.

@andijonkadastr
#sayohat #ichki_turizm #Xiva

Kadastr xodimlari Xiva shahridagi qadimiy hisoblangan Paxlavon Maxmud, Uch avliyolar, Ichan qal'a hamda Xiva xonligini tosh hovli saroyi kabi tarixiy obidalarni ziyorat qilishdi. Kelgusi manzil Urganch shahri.

Bizlarni kuzatishda davom eting.

@andijonkadastr
#sayohat #Xorazm

Xorazm viloyatining go'zal va qadimiy obidalariga boy bo'lgan Xiva hamda Urgench shaharlariga uyushtirilgan sayohat o'z yakuniga yetdi. Kelgusi manzil Buxoro.

Bizlarni kuzatishda davom eting.

@andijonkadastr
#sayohat #Buhara

Andijon viloyati kadastr xodimlari Xorazm viloyatidagi sayohatni yakunlab, kunning ikkinchi yarmida Buhoro viloyatiga yetib keldi. Dastlabki manzil buyuk alloma Bahovuddin Naqishbandi ziyoratgohiga tashrif uyushtirildi. Sayohat ikki kun davom etadi. Bizlarni kuzatishda davom eting.

@andijonkadastr