ANDIJON KADASTR
1.47K subscribers
7.39K photos
862 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda #Andijon #xatlov #Asaka #Shahrixon #UzA

Асака ҳамда Шаҳрихон туманларидаги 10 минг 703 гектар ер майдонида жойлашган 112 минг 315 та турар-жой қайта хатловдан ўтказилмоқда.

®️UzA
#Kadastr #qaror_ijrosi #Davlat_kadastrlari_palatasi #Andijon_viloyati #Shahrixon #Asaka #xatlov

Andijon viloyatining 2 ta tumanida 500 nafardan ziyod muhandislar xatlov jarayonida ishtirok etmoqda.

🔰Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgust kungi 520-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Asaka hamda Shahrixon tumanlarida aholi xonadonlarini qayta xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

📊 Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi statistik ma'lumotga ko'ra 150 ta MFYlarda 10 703 gektar yer maydonida joylashgan 112 315 ta turar-joylar qayta xatlovdan o'tkazish rejalashtiligan.

📝 Joriy yilning 06 oktabr holatiga mavsum boshidan 5 796 gektar yer maydonida joylashgan 54 444 ta 69,8 % turar-joylar qayta xatlovdan o'tkazib chiqilidi.

Natijada,
- 271 gektar yer maydonida joylashgan 2 396 ta yangi qurilgan obyektlar;
- 236 gektar yer maydonida joylashgan 5 872 ta qo'shimcha qurilgan obyektlar aniqlandi.

🖥 31 593 ta 40 % turar-joylar elektron xaritaga tushurildi.
#xatlov #Asaka #Shahrixon

Hurmatli fuqarolar ko'chmas mulklaringizni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazing!

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgustdagi "Аndijon viloyatining Аsaka va Shahrixon tumanlarida koʼchmas mulk obyektlariga boʼlgan huquqlarni eʼtirof etish toʼgʼrisida"gi 520-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida boshqarma tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Аsaka va Shahrixon tumanlarida oʼtkazilayotgan xatlov natijalarida aniqlangan koʼchmas mulklarini oʼz vaqtida Davlat roʼyxatidan oʼtkazmaslik holatlari boʼyicha mulkdorlarga koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni oʼz vaqtida Davlat roʼyxatidan oʼtkazish boʼyicha ogoxlantirish xatlari berilmoqda.

Fuqarolarga koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni oʼz vaqtida Davlat roʼyxatidan oʼtkazmaganlik uchun Oʼzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeks”ning tegishli moddalariga maʼmuriy javobgarlik turlariga keskin o'zgartirishlar kirirtilganligi yuzasida huquqiy tushunchalar berib kelinmoqda.
◻️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati mas'ul vakillari tomonidan Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanida aholi turar joylarni yalpi xatlovdan o'tkazish borasida qator ishlar amalga oshirilgan.

▫️ Qayd etish kerakki, bugungacha umumiy 102 771ta ko‘chmas mulk ob’ektlari, hamda 141 MFYlari xatlovdan o‘tkazildi.

📊Ushbu ma'lumotda siz, xatlov ishlarining ayni kungacha bajarilgan xolatining tumanlar kesimidagi ko'rsatkichlari bilan tanishasiz.


#DavKadastrPalata #Andijon #Asaka #Shahrixon #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
◻️Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati mas'ul vakillari tomonidan Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanida aholi turar joylarni yalpi xatlovdan o'tkazish borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda.


📊Ushbu ma'lumotda siz, joriy yil 18 noyabrgacha holati bo'yicha qilingan ishlarning tumanlar kesimidagi ko'rsatkichlari bilan tanishasiz.


#DavKadastrPalata #Andijon #Asaka #Shahrixon #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
#Andijon #kadastr #yer_nazorati #Shahrixon

🏢 Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani inspektorlar tomonidan tumanning Sardor nomli massividagi ''Tolibjon omad rivoji" fermer xoʼjaligi rahbari oʼziga tegishli bogʼdorchilik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan 10,5 gektar yer maydonining 200 kv.m yer maydoniga xoʼjalik rahbari M.T tomonidan oʼzboshimchalik bilan qurilish qilib olinganligi aniqlandi.

📝 Аniqlangan holat yuzasidan fermer xoʼjaligi rahbariga oʼzboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlarni bartaraf etish boʼyicha agentlikning tuman boʼlimi tomonidan 275-sonli ogohlantirish xati berilib, oʼzboshimchalik bilan qurib olingan bino-inshootlar xoʼjalik rahbari hisobidan buzdirilishi taʼminlandi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #kadastr #yer_nazorati #Shahrixon

Shahrixon tumanida 800 kv.m yer maydonida noqonuniy tashkil qilingan baliq ko'li bartaraf etildi.

🏢 Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani inspektorlar tomonidan tumanning Toshtepa massividagi ''Jo'raxon aziz fayz" fermer xoʼjaligi rahbari oʼziga tegishli bogʼdorchilik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan 3,5 gektar yer maydonining 0,08 gektar yer maydoniga xoʼjalik rahbari J.S tomonidan oʼzboshimchalik bilan, ruxsatsiz baliq ko'li tashkil qilib olinganligi aniqlandi.

📝 Аniqlangan holat yuzasidan fermer xoʼjaligi rahbariga oʼzboshimchalik bilan tashkil qilib olingan baliq ko'li bartaraf etish hamda 0,08 gektar ekin yer maydonini o'z holatiga qaytarish boʼyicha agentlikning tuman boʼlimi tomonidan ogohlantirish xati berilib, oʼzboshimchalik bilan tashkil qilib olingan baliq ko'li xoʼjalik rahbari hisobidan buzdirilishi taʼminlandi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #kadastr #yer_nazorati #Shahrixon

Shahrixon tumanida yana bir holatda 140 kv.m yer maydonida joylashgan noqonuniy qurilmalar bartaraf etildi.

Shahrixon tumanida otkazilgan xatlov davomida tumanning Soxiobod MFY hududidan o'tgan avtomabil qatnov yoʼlining chekka qismiga fuqaro X.R tomonidan hech qanday hujjatlarsiz oʼzboshimchalik bilan 140 kv.metr yer maydoniga avtomobillar yuvish shoxobchasi qurib olganligi aniqlandi.

📝Holat yuzasidan agentlikning Shahrixon tumani boʼlimi tomonidan oʼzboshimchalik bilan qurilgan qurilmani oʼz hisobidan buzib bartaraf etilmasa qonunchilikda belgilangan javobgarliklar boʼyicha ogoxlantirish xati berildi hamda fuqaro tomonidan oʼzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar buzdirilishi taʼminlandi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok