ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.39K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#Andijon #Asaka #kadastr #qaror_ijrosi

Andijon tumani muhandislari Asaka tumanidagi xatlov ishlarida ishtirok etishmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgust kungi 520-sonli qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha Asaka tumanining Аxtachi va Obod mahallalarida xatlov ishlarida ishtirok etayotgan Аndijon tumani mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan oʼlchov ishlari bilan tanishildi.

O'lchov ishlarini olib borayotgan muhandislar tomonidan qaror ijrosi to'liq ta'minlanishi, yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, Аndijon tumani boʼlim boshligʼi va filial rahbarlari tomonidan muhandislarga tegishli koʼrsatmalar va topshiriqlar berildi.

Xatlov ishlari davom etmoqda.

Telegram|Instagram|Twitter|Facebook| You tube | Tik Tok
#Kadastr #qaror_ijrosi #Davlat_kadastrlari_palatasi #Andijon_viloyati #Shahrixon #Asaka #xatlov

Andijon viloyatining 2 ta tumanida 500 nafardan ziyod muhandislar xatlov jarayonida ishtirok etmoqda.

🔰Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 13 avgust kungi 520-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Asaka hamda Shahrixon tumanlarida aholi xonadonlarini qayta xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

📊 Asaka hamda Shahrixon tumanlaridagi statistik ma'lumotga ko'ra 150 ta MFYlarda 10 703 gektar yer maydonida joylashgan 112 315 ta turar-joylar qayta xatlovdan o'tkazish rejalashtiligan.

📝 Joriy yilning 06 oktabr holatiga mavsum boshidan 5 796 gektar yer maydonida joylashgan 54 444 ta 69,8 % turar-joylar qayta xatlovdan o'tkazib chiqilidi.

Natijada,
- 271 gektar yer maydonida joylashgan 2 396 ta yangi qurilgan obyektlar;
- 236 gektar yer maydonida joylashgan 5 872 ta qo'shimcha qurilgan obyektlar aniqlandi.

🖥 31 593 ta 40 % turar-joylar elektron xaritaga tushurildi.
#Live #qaror_ijrosi #Yerelektron_AAT #amaliy_seminar

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ajratiladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi "Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 543-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining topshirig'iga asosan Davlat kadastrlari palatasi xodimlari bilan hamkorlikda “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib-chiqish va kelishish tartib-taomillari yuzasidan o'quv seminar bo'lib o'tmoqda.

Mazkur amaliy o'quv-seminarda viloyatdagi 20 ga yaqin tashkilotlarning dasturga mas'ul xodimlari ishtirok etishmoqda.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_ijrosi #Yerelektron_AAT #amaliy_seminar

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ajratiladi.

ANDIJON AXBOROTI | KADASTR. O‘QUV SEMINARI.
23.10.2021 YIL

https://t.iss.one/Andijon_TRK
#Andijon #kadastr #yer_nazotari #Qaror_ijrosi

Sud organlariga 93 holatdagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan davo arizalar kiritildi.

🏢Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining "Yer va kadastr nazorati" bo'limi tomonidan yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan:
📈Hisobot kuniga qadan viloyatda faoliyat olib borayotgan inspektorlar tomonidan 724 ta holatda 106,2 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Yuqoridagi maydonlarning 180 ta holatdagi 11,53 gektari joyida bartaraf etilishi ta'minlangan bo'lsa.

📝 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyun kungi PF-6243-sonli Farmoni ijrosi bo'yicha o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan 93 ta holatda tegishli sud organlariga davo arizalari kiritildi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #kadastr #yer_nazotari #Qaror_ijrosi

Sud organlariga noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan davo arizalar kiritilmoqda.

🏢Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasining "Yer va kadastr nazorati" bo'limi tomonidan yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan:
Joriy yilning o'tgan davr mobaynida viloyatda faoliyat olib borayotgan inspektorlar tomonidan 80 ta holatda 3,25 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Ushbu aniqlangan holatlarning 58 tasi ya'ni 2,47 gektari joyida bartaraf etilishi ta'minlangan bo'lsa.

📝 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyun kungi PF-6243-sonli Farmoni ijrosi bo'yicha o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan imoratlarni majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan 12 ta holatda tegishli sud organlariga davo arizalari kiritildi.

Telegram Instagram Twitter Facebook
#OAV_biz_haqimizda #gazeta #Nazorat_loyihasi #Qaror_ijrosi #Jalaquduq_tumani

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining Jalaquduq tuman bo'limi tomonidan yer nazorati sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosi yuzasidan Jalaquduq hayoti gazetasining 2022-yil 21-aprel kungi 11-sonida "Yer munosabatlarini tartibga solish bo'yicha xukumat qarorlar amalda" nomli maqola chop etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Twitter | Facebook
#Andijon #Kadastr #Seminar #Qaror_ijrosi

Qaror ijrosi yuzasidan Andijon viloyatida o'quv seminar tashkil etildi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat vakillari tomonidan Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida mas'ul tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda uchrashuv tashkil etildi.

💠 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning tartib qoidalari va ahamiyatli jihatlarini soha vakillariga yetkazish maqsadida tashkillashtirilgan yig‘ilish davomida soha vakillari amalga oshirilgan ishlar va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar haqida kelishib olindi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #Kadastr #Seminar #Qaror_ijrosi

Qaror ijrosi yuzasidan Andijon viloyatida o'quv seminar tashkil etildi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining mas'ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 200-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida boshqarmaning dasturga mas'ul tegishli idora xodimlari uchun o'quv seminar tashkil etildi.

💠 Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlari, tartib qoidalari va ahamiyali jihatlarini soha vakillariga yetkazish maqsadida tashkillashtirilgan yig‘ilish davomida soha vakillari amalga oshirilgan ishlar va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar haqida kelishib olindi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Qaror_ijrosi

Yer resurslarini talon-taroj bo'lishini oldini olish xar bir O'zbekiston Respublikasi fuqarosini burchidir.

Shu sababli barcha fuqarolardan yerlardan maqsadli va smarali foydalanishini so'rab qolamiz.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Andijon #xususiylashtirish #Qaror_ijrosi

Andijon viloyatida yer uchastkalarini xususiylashtirish yuzasidan 1394 ta murojaatlar kelib tushdi.

"Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 71-sonli qarori ijrosini ta'minlash masadida Andijon viloyatida jismoniy va yuridik shaxslariga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish yuzasidan 1394 ta murojaatlar kelib tushdi.

Quyidagi infografika orqali xususiylashtirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish holati haqida bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Qaror_ijrosi #Andijon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan 2022-yil 2-noyabr kuniga qadar Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa va Paxtobod tumanlarining ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash bo‘yicha o‘zgarmas nuqtalar bilan chegara chiziqlari qotirilib, burilish nuqtalarining koordinatalar katalogi hamda 1:10 000 masshtabdagi xaritalari tayyorlandi.

Batafsil: Respublika Aerogeodeziya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Live #Qaror_ijrosi

Инсон қадри ҳар нарсадан устун!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 25 октябрь кунги “2022-2023 йилларда маҳаллалар инфратузилмасини янада яхшилаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-408-сонли қарори қабул қилиниб, унга асосан вилоятдаги 473 та маҳаллаларда умумий қиймати 581 млрд сўмлик 527 та лойиҳаларни амалга ошириш белгиланган.

Шундан, Тараққиёт, Машъал ҳамда Бўстон маҳаллари учун қарийб 1 млрд сўм маблағ ажратилиб, жойларда Кадастр агентлиги вилояти бошқармаси бошлиғи, Халқ депуталари вилоят кенгаши депутатлари ҳамда Андижон шаҳар ҳокимлигининг тегишли мутасадди раҳбарлари маҳаллаларда истиқомат қилувчи фуқаролар иштирокида йиғилиш ўтказилди.

Ажратилган маблағ доирасида Тараққиёт МФЙнинг 200 метр қисмига лоток ётказиш, Машъал МФЙнинг чоррахасига светафор ўрнатиш ва пиёдалар ўтиш йўлакчаси чизиш ҳамда Бўстон МФЙнинг 1 000 метр қисмини асфалтлаш ишлари 2022 йилнинг якунига қадар якунланиши бўйича фуқароларга маълумотлар етказилди.

t.iss.one/andijonkadastr
#Live #qaror_ijrosi #Yangi_Andijon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 22-sentyabrdagi PQ-377-sonli qaroriga asosan Yangi Andijon shahrida tashkil etilgan Ipoteka markazi o‘z ishini boshladi.

Mazkur markazda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida uy-joy uchun subsidiya olish, turar-joy xarid qilishda ishtirok etadigan viloyatdagi barcha tashkilotlar uchun joylar ajratildi. Shuningdek, fuqarolarni kadastr sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish uchun 💫Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining 1 nafar malakali mutaxassisi biriktirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM